Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (3258-4-son)
14.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3258-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 8-iyundagi 122-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3258, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3258/1057-son) bilan tasdiqlangan Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-iyun,
9-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 27-iyundagi 9-son buyrugʻiga ILOVA
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Quyidagi mazmundagi 173 — 175-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
