2025-2026-yillarda sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (425-son)
10.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tuzilmasidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi negizida “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
a) 2025-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi hamda ularning ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
b) 2025-2026-yillarda vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
a) mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan ustuvor loyihalar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Bunda ushbu ustuvor loyihalarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan axborot tizimlari va dasturiy taʼminotlarni kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash, ulardan foydalanish hamda boshqa moliyaviy masalalar manfaatdor vazirlik va idoralarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
b) Markazga mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi hamda ularning ishtirokidagi tashkilotlar oʻrtasida tanlov oʻtkazishga ruxsat beriladi;
v) ushbu qarorga 2-ilovada belgilangan vazirlik va idoralar har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga ustuvor loyihalar amalga oshirilishi yuzasidan tegishli axborot kiritib boradi.
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun 2026-yil 1-iyunga qadar sunʼiy intellekt texnologiyalarini amalga oshirish boʻyicha parallel hisoblash, mashinaviy oʻqitish va boshqa loyihalar uchun zarur boʻlgan grafik ishlov berish bloklarini (GPU) oʻz ichiga olgan yuqori samarali hisoblash klasteri hamda katta maʼlumotlar bazasi server qurilmalari xarid qilinishini taʼminlasin.
Bunda ushbu server qurilmalarini xarid qilish Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi inobatga olinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-iyul,
425-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-son qaroriga 1-ILOVA
2025-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi hamda ularning ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar
ROʻYXATI
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilarI. Sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoati sohalari1.Sunʼiy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlarini tahlil va prognoz qilish uchun dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi2. Tizimni sinov tariqasida “Farmatsevtik mahsulotlar xavfsizligi markazi” DMda ishga tushirish.2027-yil fevral3. Tizimni toʻliq ishga tushirish.2027-yil iyul2.Klinik qarorlar qabul qilishni avtomatlashtirish va qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy yordam sifatini oshirishga moʻljallangan sunʼiy intellektga asoslangan raqamli tibbiy yordamchi dasturiy taʼminotini ishlab chiqish (TOP-3 tashxis).1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi2. Tizimni sinov tariqasida Olmazor tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda “Shox saroy” xususiy klinikasida* ishga tushirish.2026-yil oktabr3. Tizimni toʻliq ishga tushirish.2026-yil dekabr3.DMED Yagona tibbiy axborot tizimiga integratsiyalashgan, tibbiy koʻrik jarayonini avtomatik ravishda bayonlashtirish uchun nutqni aniqlash texnologiyalaridan (STT) foydalangan holda ovozli yordamchi dasturiy taʼminotni (modulini) ishlab chiqish.1. Tizimning loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi2. Tizimni sinov tariqasida Yunusobod tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda “Koʻksaroy” diagnostika markazi xususiy klinikasida* ishga tushirish.2026-yil yanvar3. Tizimni toʻliq ishga tushirish.2026-yil mart4.Koʻkrak qafasidagi tugunlar, oʻsmalar, yalligʻlanish jarayonlari va boshqa patologik oʻzgarishlarni ehtimoliy aniqlash maqsadida sunʼiy intellekt yordamida kompyuter tomografiyasi va rentgen tasvirlarini tahlil qiladigan dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi2. Tizimni sinov tariqasida Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda “Fedorovich” xususiy klinikasida* ishga tushirish.2026-yil oktabr3. Tizimni toʻliq ishga tushirish.2026-yil dekabr5.Mammografiya tadqiqotlari asosida koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash boʻyicha sunʼiy intellekt texnologiyasini joriy etish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi2. Tizimni sinov tariqasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda “Darmon Servis” xususiy klinikasida* ishga tushirish.2026-yil oktabr3. Tizimni toʻliq ishga tushirish.2026-yil dekabrII. Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash sohalari6.Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali qishloq xoʻjaligi ekinlari (bugʻdoy va paxta)ning hosildorligini prognoz qilish boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Loyihani amalga oshirish.2026-yil noyabr Raqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar7.Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash va qurilish ishlarini barvaqt aniqlash boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihani amalga oshirish.1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Loyihani amalga oshirish.2026-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar 8.Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yaylovlarning yashillik holatini monitoring qilish va baholash boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish. 1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Loyihani amalga oshirish.2026-yil noyabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar9.Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali elektr uzatish tarmoqlarining holatini (sim, ustun va sunʼiy intellekt imkoniyatidan kelib chiqib boshqalar) monitoring qilish boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Loyihani amalga oshirish.2026-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar10.Kosmik monitoringda sunʼiy intellekt hamda geoaxborot tizimlarini qoʻllash orqali mavjud quyosh panellarining oʻrnatmalarini va oʻrnatish uchun yuqori samaradorlikka ega joylarni aniqlash boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.2. Loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Loyihani amalga oshirish.2026-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralarIII. Transport, logistika va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohalari11.Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali temir yoʻl holatini monitoring qilish boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Loyihani amalga oshirish.2026-yil iyulRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar12.Toshkent shahridagi temir yoʻl vokzallariga kirish qismiga fuqarolarni identifikatsiya qilish borasida sunʼiy intellektga asoslangan “UzFace” tizimini tajriba-sinov tariqasida ishga tushurish.1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Transport vazirligi2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr3. Loyihani amalga oshirish.2026-yil mart13.Aerokosmik monitoringda sunʼiy intellektni qoʻllash orqali avtomobil yoʻllarida asfalt qoplamalari holatini aniqlash va monitoring qilish boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.2. Loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Loyihani amalga oshirish.2026-yil iyunRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar14.Kosmik suratlarning oʻlchami aniqligini yaxshilash uchun sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Loyihani amalga oshirish.2026-yil martRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar15.Sunʼiy intellekt yordamida jamoat transporti hamda ogʻir yuk mashinasini boshqarish jarayonida haydovchining harakatini kuzatib borishda mobil aloqa vositasidan foydalanish, mudrash va uxlab qolish kabi xavfli vaziyatlardan ogohlantirish tizimini yaratish.1. Mahalliy va xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Transport vazirligi2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr3. Tizimni ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish.2026-yil aprel16.Sinov tariqasida kompyuter nigohi orqali shaxsni identifikatsiya qilgan holda kichik qoidabuzarliklarni (chekish holatlari, piyodalar belgilanmagan yoʻl qatnov qismidan oʻtish) aniqlash.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,Milliy gvardiya2. Loyiha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr3. Axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil iyul17.Kompyuter nigohi orqali samokatlarda xavfsizlik talablariga zid holda harakatlanish holatlarini avtomatik tarzda aniqlashni yoʻlga qoʻyish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil fevral3. Axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil sentabr18.Fuqarolar uchun huquqiy yordam koʻrsatish modulini ishlab chiqish hamda sunʼiy intellekt yordamida sud xarajatlarini hisoblash imkoniyatini yaratish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil oktabr3. Tizimni sinov tariqasida ishga tushirish.2026-yil may19.Sud qarorlari loyihalarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturini ishlab chiqish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil oktabr3. Tizimni sinov tariqasida ishga tushirish.2026-yil iyun20.Fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasini yaratish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil sentabr3. Tizimni sinov tariqasida ishga tushirish.2026-yil mart21.Videokuzatuv kameralari va kompyuter nigohi texnologiyasi yordamida maishiy chiqindilarni tashlash holatlarini aniqlash boʻyicha “UzFace” tizimini takomillashtirish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,Ichki ishlar vazirligi2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr3. Axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.2026-yil sentabr22.Kompyuter nigohi yordamida insonning kiyimi, soch rangi qoʻlidagi buyumlar boʻyicha filtrlash hamda insonni obyekt sifatida aniqlash tizimini yaratish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,Ichki ishlar vazirligi2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr3. Axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.2026-yil avgustIV. Ekologiya, sanoat, xizmat koʻrsatish va boshqa sohalar23.Sunʼiy intellekt yordamida davlat xaridlarida qonunga zid holatlarni aniqlash va ularning oldini olish uchun dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil fevral3. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqish va ishga tushirish.2026-yil noyabr24.Budjet tashkilotlarining davlat xarajatlarini amalga oshirish jarayonida barcha yetkazib beruvchilarning bank hisobraqamlarini avtomat ravishda tekshirish imkoniyatini yaratish.1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Markaziy bank axborot tizimlari oʻrtasida bank hisobraqamlari toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi boʻyicha texnik yoʻriqnoma ishlab chiqish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Texnik yoʻriqnomani belgilangan tartibda tasdiqlash.2025-yil oktabr3. Budjet tashkilotlarining davlat xaridlari jarayonida bank hisobraqamlarini inson omilisiz tekshirish imkoniyatini sinovdan oʻtkazish va ishga tushirish.2026-yil dekabr25.Radiolokatsion kosmik suratlarni sunʼiy intellekt orqali qayta ishlash natijasida noruda foydali qazilma konlarida oʻzgarishlarni aniqlash boʻyicha tanlangan hududlarda tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish.1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni toʻplash.2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Loyihani amalga oshirish.2026-yil avgust Raqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar26.Oʻzbek tilida soʻzlovchilarni ajratgan holda (diarizatsiya), majlislarni bayonlashtirish tizimini ishlab chiqish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Tizimni sinov tariqasida ishga tushirish.2026-yil fevral27.Sunʼiy intellekt texnologiyasiga asoslangan “Oʻzbek tili korpusi” uchun maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish.1. Xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil fevral3. Zarur maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish.2026-yil may4. Sinov tariqasida ochiq modellar asosida milliy modelni ishlab chiqish hamda toʻplangan maʼlumotlar asosida oʻqitish.2026-yil noyabr28.Surdo tarjima mexanizmiga ega mobil ilovani ishlab chiqish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish.2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Dasturiy mahsulotni sinov tariqasida ishga tushirish.2026-yil noyabr29.Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun binolar, inshootlardagi inklyuzivlik talablariga muvofiqlikni avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish uchun apparat-dasturiy kompleksning texnik namunasini yaratish va panduslarning qiyalik burchagi, kengligi, balandligi va qoplamasi holatini aniqlash boʻyicha ixtisoslashgan robotlashtirilgan mashinalarni xarid qilish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda dastlabki maʼlumotlarni tahlil qilish.2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr3. Modelni ishlab chiqish va oʻqitish, sinov tariqasida ishga tushirish.2026-yil dekabr30.Tarixiy maʼlumotlar asosida sunʼiy intellekt texnologiyasini qoʻllagan holda ob-havoni oldindan prognoz qilish tizimini joriy qilish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.2025-yil dekabr3. Tizimni ishga tushirish.2026-yil fevral31.Foydalanuvchilarga maslahat yordamini koʻrsatish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ovozli va matnli “Chat-botni” joriy etish.1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish.2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr3. Chat-botni ishlab chiqish.2026-yil aprel32.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ommabop xizmatlarni koʻrsatish jarayonida foydalanuvchi tomonidan yuklangan hujjatning talablarga muvofiqligini tekshirish va ushbu hujjatdagi maʼlumotlar asosida zarur maydonlarni avtomatik toʻldirish imkonini beruvchi xizmatni ishlab chiqish. 1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.2026-yil avgust33.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali kontakt markazini avtomatlashtirish tizimini sunʼiy intellekt asosidagi ovozli robotlardan foydalangan holda joriy etish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.2026-yil dekabr34.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini boshqarish xizmati (ovoz yordamida maydonlarni avtomatik toʻldirish) joriy etish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.2026-yil avgust35.Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda pm.gov.uz va murojaat.gov.uz portallari orqali tushgan murojaatlarni qabul qilish va ishlash tizimini ishlab chiqish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish hamda loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Tizimni ishlab chiqish.2026-yil oktabr3. Tizimni sinov tariqasida ishga tushirish.2026-yil dekabr36.Oʻquvchilar tomonidan fanlar oʻzlashtirilishini tahlil qilish hamda bilim va koʻnikmalarni yaxshilash uchun oʻquv materiallarini tanlab berishga moʻljallangan sunʼiy intellekt asosidagi oʻqituvchi yordamchisini ishlab chiqish.1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil noyabr3. Tizimni ishlab chiqish.2026-yil dekabr37.Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shu jumladan, sunʼiy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi dasturchilarni sunʼiy intellektni joriy etish va qoʻllash boʻyicha malaka oshirish kurslari va treninglarga, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlarga jalb etish.1. Malaka oshirish kurslari uchun oʻquv dasturlari va materiallarini yaratish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Malaka oshirish kurslari jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil sentabr3. Ixtisoslashgan yoʻnalishlar boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish.2025-yil oktabr38.Ilmiy va amaliy sohalarda samarali va aniq tadqiqotlarni amalga oshirish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida mustaqil harakatlanish, maʼlumotlarni tahlil qilish va laboratoriya uskunalari bilan oʻzaro integratsiya imkoniyatiga ega boʻlgan 20 turdagi robotlashtirilgan qurilmalarni xarid qilish.1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish.2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.3. 20 turdagi robotlashtirilgan qurilmalarni xarid qilish.2025-2026-yillarRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar39.Davlat idoralarining 100 nafar xodimining sunʼiy intellekt boʻyicha xorijiy onlayn kurslarda malakasini oshirish. 1. Malaka oshirish kurslari uchun xorijiy onlayn kurslar roʻyxatini shakllantirish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Malaka oshirish kurslar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil noyabr3. Davlat idoralarining 100 nafar xodimlarining bosqichma-bosqich malaka oshirish onlayn kurslarini tashkil etish.2026-yil dekabr40.Kubernetes va Run:AI bazasidagi platformalarni boshqarish va tarmoqlarni loyihalashtirish boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish.1. Kubernetes va Run:AI bazasidagi malaka oshirish kurslari roʻyxatini shakllantirish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Bosqichma-bosqich malaka oshirish onlayn kurslarini tashkil etish.2025-yil dekabr41.Jamoat xavfsizligini taʼminlash va odamlar toʻplanadigan joylarni monitoring qilish hamda jinoyatlarni aniqlash uchun kompyuter nigohidan foydalanib video-identifikatsiya tizimini joriy etish.1. Mahalliy va xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil fevral3. Axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil oktabr42.Ijtimoiy soha obyektlarida xizmat koʻrsatish vaqti, navbat vaqti va masʼul xodim ish joyida mavjudligini baholash tizimini ishlab chiqish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil dekabr43.Sunʼiy intellekt yordamida Idoralararo hujjat aylanish tizimida vazifalarni avtomatik ravishda tayinlash va kuzatib borish, kechikishlarni aniqlash va yaqinlashib kelayotgan muddatlarni eslatib turish funksiyasini joriy etish.1. Loyihani tadqiq etish va xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr3. Axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil noyabr44.Idoralararo hujjat aylanish tizimida sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda foydalanuvchilarga hujjatlarni izlash boʻyicha “Chat-bot” texnik yordam xizmatini joriy etish.1. Loyihani tadqiq etish va xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr3. Axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil iyul45.Sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda idoralararo hujjat aylanish tizimida kiruvchi hujjatlarning oʻzbek tilida matnni tanib olish (OCR), kiruvchi hujjatlarni tasniflash hamda roʻyxatga olish va hujjatlar boʻyicha Rahbarlarga ustxatlarni (fishka loyihalarini) shakllantirish modulni joriy etish.1. Loyihani tadqiq etish va xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil yanvar3. Axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil mart46.Samaradorlik.uz avtomatlashtirilgan axborot tizimida tashkilot va idoralar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari modulidagi KPI koʻrsatkichlarini tasdiqlangan hisobotlar oʻrtasida tahlil qilishda sunʼiy intellekt texnologiyasini qoʻllash.1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.3. Sunʼiy intellekt texnologiyasi asosidagi modelni ishlab chiqish.2025-yil dekabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi47.Idoralararo hujjat aylanish tizimida sunʼiy intellekt texnologiyasini qoʻllagan holda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni mazmuni boʻyicha tanib olish va ijrochilarning avvalgi javoblari asosida avtomatik tarzda murojaatlarga javoblarni shakllantirish modulini joriy etish.1. Loyihani tadqiq etish va xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr3. Axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil iyun48.Sunʼiy intellektga asoslangan moslashuvchan interpolyatsiya usuli yordamida raqamlashtirilgan tasvirlarni qayta ishlash va sifatini yaxshilash web-platformasini ishlab chiqish.1. Loyihaoldi hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil qilish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil oktabr3. Sunʼiy intellektga asoslangan moslashuvchan interpolyatsiya usulini ishlab chiqish.2026-yil mart4. Tasvirlarni qayta ishlash va sifatini yaxshilash sunʼiy intellekt modelini oʻqitish.2026-yil iyun49.Oʻzbekistonning sunʼiy intellekt sohasidagi xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha tahlil oʻtkazish.1. Xalqaro tashkilotlarning ekspertlarini jalb qilish va ular tomonidan joriy holatni tahlil qilish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Tahlil natijalari boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil dekabr50.Sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universitetlarida laboratoriyalar tashkil etish.1. Tadqiqot laboratoriyalarining texnik parametrlarini tasdiqlash.2025-yil iyulRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Texnik parametrlarga muvofiq zarur uskuna va jihozlarni xarid qilish.2025-yil noyabr3. Tadqiqot laboratoriyalari uchun ajratilgan bino va inshoot yoki maxsus xonalarni jihozlash.2025-yil dekabr51.Sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 5 ta laboratoriyalar tashkil etish.1. Tadqiqot laboratoriyalarining texnik parametrlarini tasdiqlash.2. Texnik parametrlarga muvofiq zarur uskuna va jihozlarni xarid qilish.3. Tadqiqot laboratoriyalari uchun ajratilgan bino va inshoot yoki maxsus xonalarni taʼmirlash hamda jihozlash.4. Quyidagi muassasalarda sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha laboratoriyalar tashkil etish:Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti;Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti;Toshkent iqtisodiyot universiteti;Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti;Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.2025-2026-yillarRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar52.Andijon davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa oliy taʼlim muassasalarida sunʼiy intellekt laboratoriyalarini tashkil etish.1. Tadqiqot laboratoriyalarining texnik parametrlarini tasdiqlash.2025-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Texnik parametrlarga muvofiq zarur uskuna va jihozlarni xarid qilish.2026-yil iyul3. Tadqiqot laboratoriyalari uchun ajratilgan bino va inshoot yoki maxsus xonalarni taʼmirlash hamda jihozlash.2026-yil dekabr53.Jamoatchilik fikrini kompleks tahlil qilishga qaratilgan, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlarni (his-tuygʻular, umumiy kontekst, asosiy mavzular va faol shaxslar) qayta ishlash funksiyalarini oʻz ichiga olgan dolzarb ijtimoiy masalalar boʻyicha jamoatchilik noroziligi darajasini monitoring qilish imkonini beruvchi sunʼiy intellekt asosidagi platformani ishlab chiqish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil noyabr3. Platformani ishlab chiqish.2026-yil avgust54.Sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida videomateriallarni avtomatlashtirilgan tahlil qilish tizimini yaratish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr3. Axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil sentabr55.Bank sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shubhali toʻlovlarni tahlil qilish tizimini yaratish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil mart3. Axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil noyabr56.Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda koʻngilochar hamda savdo obyektlarida tashrif buyuruvchilar faolligi va sonini monitoring qilish va tahlil qilish tizimini yaratish.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil mart3. Axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil noyabr57.“Bir million oʻzbek sunʼiy intellekt foydalanuvchisi” loyihasini oʻz ichiga olgan “AIStudy.uz” platformasini ishlab chiqish.1. Platformani ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil iyulRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil sentabr3. Platformani ishlab chiqish.2025-yil oktabr58.Chekish, yongʻin va tutun omillarini aniqlash tizimini yaratish hamda ushbu omillar bilan bogʻliq asosiy obyektlarni segmentlash va tasniflash uchun kompyuter nigohi texnologiyasini qoʻllash.1. Tizimni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy tajribani oʻrganish.2025-yil avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Loyiha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil oktabr3. Axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil avgustV. Sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar59.Normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzbek tilidagi matn maʼlumotlarini tasniflash va tematik izlab topish algoritmlarini ishlab chiqish.1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va boshqa manbalar asosida sunʼiy intellekt modelini ishlab chiqish va oʻqitish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish.2026-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Oʻzbek tilidagi normativ-huquqiy hujjatlarni indekslash, tasniflash va tematik izlab topish uchun axborot-qidiruv tizimini ishlab chiqish.2026-yil dekabr60.Miokard infarkti bilan ogʻrigan bemorlarni reabilitatsiya qilish dasturlarini har bir bemorga dinamik moslashtirish uchun chuqur oʻrganish modeli va algoritmlarini ishlab chiqish.1. Oʻtkir koronar sindrom va yurak-qon tomir kasalliklarining boshqa asoratlari bilan ogʻrigan bemorlar toʻgʻrisida mashinaviy oʻrganishga moʻljallangan tibbiy maʼlumotlar toʻplamlarini shakllantirish;2026-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Uy sharoitida kardiologik reabilitatsiya va yurak-qon tomir kasalliklarining ikkilamchi profilaktikasini qoʻllab-quvvatlash uchun teletibbiyot tizimini yaratish.2026-yil dekabr61.Statistika hisobotlarining sifatini nazorat qilish uchun samarali mashinaviy oʻrganish usullarini tadqiq qilish.1. Statistika hisoboti va kuzatuvlar maʼlumotlarining toʻgʻriligi va yaxlitligini tekshirish usullarini tadqiq qilish.2026-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Maʼmuriy maʼlumotlardan foydalanib, statistika hisobotlari sifatini intellektual tahlil qilish va yaxlitligini tekshirishning avtomatlashtirish axborot tizimini ishlab chiqish.2026-yil dekabr62.Atmosfera, yerosti suvlari va sugʻoriladigan tuproqlarning ekologik holatini monitoring va prognoz qilish uchun nochiziqli matematik modellar va sonli algoritmlarni ishlab chiqish.Atmosferada zararli antropogen chiqindilarning tarqalishi, suyuqlik filtratsiyasi va unumdor tuproq qatlamida mineral tuzlarning tarqalish jarayonlari bilan bogʻliq bashoratlash va qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash dasturiy taʼminotini yaratish.2026-yil dekabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar63.Arxiv hujjatlarining matnini tanib olish va metamaʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni ishlab chiqish.1. Arxiv hujjatlarining matnini (bosma, qoʻlyozma) tanib olish (OCR) ishlanmalarini tadqiq etish.2026-yil oktabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Arxiv hujjatlarining matnidan tegishli metamaʼlumotlarni ajratib olish dasturiy vositalarini ishlab chiqish.2026-yil dekabr64.Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy oʻquv muassasalari professor-oʻqituvchilari malakasini oshirish, oʻqitishning zamonaviy uslublariga eʼtibor qaratish, oʻquv jarayonini raqamlashtirish va ilgʻor ilmiy yondashuvlarni joriy etish.1. Malaka oshirish kurslari uchun oʻquv dasturlari va materiallarini yaratish.2025-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Malaka oshirish kurslari jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil oktabr3. Ixtisoslashgan yoʻnalishlar boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish.2026-yil yanvar
Izoh: “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
* Sogʻliqni saqlash sohasidagi loyihalarni joriy etish belgilangan davlat va xususiy tashkilotlarga oʻzgartirish kiritish mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-son qaroriga 2-ILOVA
2025-2026-yillarda vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar
ROʻYXATI
Izoh: Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 425-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori bilan tasdiqlangan Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi “b” kichik bandining yigirma beshinchi xatboshisidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari” soʻzlari “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyundagi 409-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi”, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori bilan “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) tashkil etilganligi va ularning asosiy vazifalari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
b) 2-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” soʻzlari “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan, normativ-huquqiy bazani shakllantirish, xalqaro standartlar va metodologiyalarni joriy etish boʻyicha yagona texnologik yondashuvni taʼminlash;
maʼlumotlarni qayta ishlash uchun texnologik infratuzilmani rivojlantirish hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ustuvor loyihalarni amalga oshirish;
sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish hamda ularning tashqi bozorlarga chiqishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
sunʼiy intellekt sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish, aholini sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan amaliy foydalanishga keng oʻrgatish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda ilmiy salohiyatni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish”;
v) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari” soʻzlari “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi;
xoʻjalik shartnomalari doirasida koʻrsatilgan xizmatlar hamda loyihalarni amalga oshirishdan tushgan mablagʻlar;
zarur texnik infratuzilmani taqdim etish evaziga shartnomaviy asosda startap-loyihalardagi oʻz ulushlarini sotishdan tushgan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar”;
d) quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Belgilab qoʻyilsinki, 2030-yil 1-yanvardan boshlab “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi oʻzi koʻrsatgan xizmatlar doirasidagi tushumlar hisobidan bosqichma-bosqich mustaqil moliyalashtirishga oʻtadi”;
e) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Markazlar quyidagi manzildagi binolarda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin:
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi Toshkent shahrining, Mirzo Ulugʻbek tumani I. Moʻminova koʻchasidagi 4-uy;
“Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi Toshkent shahrining Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasidagi 114A-uy.
Bunda, binolarni saqlash boʻyicha joriy xarajatlar foydalanuvchilar tomonidan qoplanadi”;
j) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasining
TUZILMASI
Izoh. Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni (yordamchi personal xodimlardan tashqari) — 50 nafar.
Yordamchi personal xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi”.
