2025-yilda davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (420-son)
08.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2024-yil 26-avgustdagi PF-124-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2025-yilda davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida ustuvor ravishda inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda taʼlim, tibbiyot, ekologiya, qurilish, transport, kommunal xoʻjaligi, bandlik, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va boshqa sohalarning eng dolzarb muammolari yechimiga qaratilgan ijtimoiy sheriklikni yoʻlga qoʻyish;
tegishli soha va tarmoqlarda mavjud muammolarning taʼsirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish;
jamiyat hayotining eng dolzarb sohalarida jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.
2. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Dasturda belgilangan vazifalarning ijrosi oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-iyul,
420-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-iyuldagi 420-son qaroriga ILOVA
2025-yilda davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarini ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish
DASTURI
T/rChora-tadbir nomiMaqsadAmalga oshirish mexanizmiMoliyalashtirish manbasiIjro muddatiMasʼul ijrochilar1.Fuqarolik jamiyati institutlari uchun sayyor qabullar tashkil etish.Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida mavjud muammolarni hal etishga koʻmaklashish.1. Har bir hududda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida yuz berayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan sayyor qabullar tashkil etish.2. Sayyor qabul natijalari yuzasidan fuqarolik jamiyati institutlaridagi mavjud muammolarni hal etishga koʻmaklashish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.Hisob-kitoblarga koʻraDoimiyVazirlik va idoralar,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari2.Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishga koʻmaklashish.Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan aholini tanishtirish.1. Faoliyati davomida loyihalarni samarali amalga oshirgan va sohada yutuqlarga erishgan fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini tanlab olish.2. Sohaga oid dolzarb mavzularda tok-shou va teleradiodasturlar tayyorlash, maqolalar chop etish hamda ommalashtirish.Hisob-kitoblarga koʻraHar chorakdaAxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,Milliy axborot agentligi,Milliy teleradio-kompaniya(kelishuv asosida)3.Vazirlik va idoralar tomonidan oʻz faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoki fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga daxldor boʻlgan masalalar yuzasidan jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish.Aholini jamiyat manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan xabardorligini oshirish.1. Jamoatchilik eshituviga kiritilayotgan masalalar, eshituvni oʻtkazish muddati va tartibini ishlab chiqish.2. Jamoatchilik eshituvini oʻtkazish muddati haqida rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilish.3. Jamoatchilik eshituvini oʻtkazish.Hisob-kitoblarga koʻraDoimiyVazirlik va idoralar,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari4.Maktablarda taʼlim jarayoniga elektron taʼlim resurslarini (platformalarini) joriy etishni rivojlantirish.Taʼlimga interaktiv elektron platformalarni joriy etish orqali taʼlim sifatini oshirish hamda oʻquvchilarning taʼlim olishga boʻlgan qiziqishini oshirish.1. Oʻquvchilarga oʻzbek, rus va ingliz tillarini xalqaro standartlar boʻyicha oʻqitish metodikasini ishlab chiqish.2. Oʻquvchilarga oʻzbek, rus va ingliz tillarini interaktiv usulda oʻrganish imkoniyatini beruvchi elektron taʼlim resurslarini ishlab chiqish.Hisob-kitoblarga koʻra2025-yil iyul-avgustMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi5.Oilalarda tazyiq va zoʻravonlik holatlarini oldini olish maqsadida sotsiologik tadqiqot olib borish.Oilalarda tazyiq va zoʻravonlik holatlarini oldini olish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.1. Tazyiq va zoʻravonlik holati eng koʻp qayd etilgan hududlarda xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatini keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni aholi oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazish orqali aniqlash.2. Ijtimoiy soʻrov natijalarini tahlil qilish.3. Oilalarda tazyiq va zoʻravonlik holatlarini oldini olish yuzasidan umumlashgan hisobot tayyorlash, aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan2025-yil iyul-avgustOila va xotin-qizlar qoʻmitasi6.Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, shuningdek, probatsiya nazoratidagi voyaga yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish.Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, shuningdek, probatsiya nazoratidagi voyaga yetmaganlarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik yordam koʻrsatish.1. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, shuningdek, probatsiya nazoratidagi voyaga yetmaganlarni aniqlab, ularning ehtiyojlarini oʻrganish.Hisob-kitoblarga koʻra2025-yil avgustIchki ishlar vazirligi2. Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish boʻyicha dastur ishlab chiqish va voyaga yetmaganlarni oʻqitish.3. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan voyaga yetmaganlarga bepul huquqiy va psixologik xizmatlar koʻrsatish.Rejaga asosan7.Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh huquqshunos” koʻrik-tanlovini tashkil etish.Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilarini huquqshunoslik kasbiga qiziqtirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish.1. “Yosh huquqshunos” koʻrik tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish.Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan2025-yil avgustAdliya vazirligi2. Toʻrt bosqichli (taʼlim muassasasi, tuman/shahar, hududiy hamda respublika) “Yosh huquqshunos” koʻrik tanlovini tashkil etish.Rejaga asosan8.Yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ongi va madaniyatini rivojlantirish maqsadida ekologik oromgoh tashkil etish.Yoshlarning ekologik sohadagi bilim va koʻnikmalarini oshirish, ekologiya sohasida yuzaga kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashabbusli yoshlarni saralab olish.2. Ekologik oromgoh tashkil etish va oromgohga yoshlarni jalb etish.3. Yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish maqsadida seminar-trening tashkil etish.Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan2025-yil avgustYoshlar ishlari agentligi9.Oʻzbekiston hududida kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishining ekologik xavfsizlik masalalarini oʻrganish.Aholi oʻrtasida kichik quvvatli elektr stansiyasi qurilishining muhimligi va xavfsizligini aholiga tushuntirish.Ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda aholi oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazish orqali targʻibot ishlarini amalga oshirish.Hisob-kitoblarga koʻra2025-yil avgustVazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi10.Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni kengaytirishga qaratilgan tadqiqot tashkil etish.Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlashning mexanizmlarini va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish.Sohaga oid xalqaro standartlar va xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va takliflar ishlab chiqish.Davlat idoralari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga oid nufuzli xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash masalalarini oʻrganish.1. Ochiqlik va shaffoflikka oid xalqaro standartlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar hamda ekspertlar tavsiyalarini oʻrganish va Oʻzbekiston qonunchiligiga implementatsiya qilish masalasini oʻrganish.2. Ochiqlik va shaffoflikka oid nufuzli xalqaro reytinglarda hamda mamlakatlarda korrupsiya darajasini baholashga qaratilgan nufuzli reytinglarning ochiqlik va shaffoflikka oid qismida (subindikator, subfaktorlarda) Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish.Hisob-kitoblarga koʻra2025-yil sentabrKorrupsiyaga qarshi kurashish agentligi(kelishuv asosida)11.Jurnalist va blogerlarni sifatli jurnalistika talablariga javob beradigan zamonaviy mediakontentlarni yaratish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni oshirish.Jurnalist va blogerlar oʻrtasida media savodxonlikni oshirish, ularning axborotlar bilan ishlashda faktlarni aniqlash koʻnikmalarini rivojlantirish.1. Jurnalist va blogerlar uchun aholini sifatli va ishonchli axborot bilan taʼminlash boʻyicha seminar-trening tashkil etish.2. Jurnalistlarning kasbiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik bazasi bilan tanishtirish.Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan2025-yil sentabrAxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi(kelishuv asosida)12.Respublikaning turistik jozibadorligini xorijiy davlatlarga targʻib qilish maqsadida media kontentlar yaratish.Xorijiy davlatlar fuqarolariga Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilishda qulayliklar yaratish va turistlar ichki oqimini kengaytirish.1. Dunyo miqyosida mamlakatimizning turizm salohiyatini targʻib qilish boʻyicha qisqa metrajli video-kontentlar tayyorlash.2. Video-kontentlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va keng ommalashtirish.3. “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” chellenji ostida mamlakatimizning turistik markazlarini aholi bilan tanishtirish.Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan2025-yil sentabrTurizm qoʻmitasi13.Nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirish.Yoshlar oʻrtasida oilaviy ajrimlarni oldini olish va oilalar mustahkamligini taʼminlash.1. Yoshlarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy turmush psixologiyasi, reproduktiv salomatlik asoslari, iqtisod va oila budjeti, ota-onalik ijobiy koʻnikmalari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar, er-xotinning huquq va majburiyatlari, bolalar tarbiyasi mavzulari boʻyicha bepul maxsus oʻquv dasturlari orqali oʻqitish.2. Oʻquv dasturlarini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan yoshlarga maxsus sertifikatlar taqdim etish.Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan2025-yil oktabrAdliya vazirligi14.Tugʻma nogironlikning oldini olish, shuningdek, tugʻma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash yuzasidan aholi xabardorligini oshirish.Aholi orasida tugʻma va irsiy kasalliklarga chalinish xavfini oldini olish.1. Tugʻma nogironlikning oldini olish, shuningdek, tugʻma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash yuzasidan aholi xabardorligini oshirish maqsadida targʻibot tadbirlari tashkil etish.2. Tugʻma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishda birlamchi profilaktik chora-tadbirlar haqida aholi foydalanishi uchun qoʻllanmalar tayyorlash va tarqatish.3. Irsiy kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha taʼsirchan choralar ishlab chiqish.4. Nogironligi boʻlgan ayollarga reproduktiv salomatlik xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaxshilash.Budjetdan tashqari mablagʻlar, Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, Davlat dasturlarida keltirilgan mablagʻlar hisobidan2025-yil oktabrSogʻliqni saqlash vazirligi15.Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun bepul tibbiy koʻrik aksiyasini oʻtkazish.Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish.1. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun malakali shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish aksiyasini tashkillashtirish.2. Aksiya doirasida bolalar alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning muammolarini hal etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.Budjetdan tashqari mablagʻlar, Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, Davlat dasturlarida keltirilgan mablagʻlar hisobidan2025-yil oktabrSogʻliqni saqlash vazirligi16.“E-learning” platformasi uchun ochiq maʼlumotlar bilan ishlash va jurnalistik surishtiruvlarni olib borish boʻyicha interaktiv onlayn kurslar ishlab chiqish.Jurnalist va blogerlar, shuningdek, faol fuqarolar uchun ochiq maʼlumotlar bilan ishlash va jurnalistik surishtiruvlar oʻtkazish salohiyatini kuchaytirish.Ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillarining vazirlik va idoralar bilan ishlash, axborot olish va undan foydalanish huquqini tushuntirishga qaratilgan onlayn kurslar ishlab chiqish.“E-learning” platformasiga joylashtirish uchun ochiq maʼlumotlar bilan ishlash va jurnalistik surishtiruvlarni olib borish boʻyicha oʻquv modulini ishlab chiqish.Hisob-kitoblarga koʻra2025-yil noyabrKorrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi(kelishuv asosida)17.Xotin-qizlarni agrobiznesga jalb etish va moliyaviy savodxonligi hamda salohiyatini oshirish.Xotin-qizlarning qishloq xoʻjaligi sohasidagi kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.1. Xotin-qizlarni agrobiznes, qishloq xoʻjaligida biznesni rejalashtirish, moliyalashtirish, marketing va brendlashga doir bilimlarini yuksaltirish maqsadida oʻquv seminari tashkil etish.2. Oʻquv seminarlarini muvaffaqiyatli tamomlagan va qishloq xoʻjaligida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan tinglovchilarga zarur moddiy-texnik baza yaratilishiga koʻmaklashish.Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan2025-yil noyabrOila va xotin-qizlar qoʻmitasi18.Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashning innovatsion usullarini joriy etish.Ichimlik suvi tanqis boʻlgan hududlarda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashOlis va chekka hududlardagi ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan aholi punktlarini davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida ichimlik suvi bilan taʼminlash.Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan2025-yil noyabrQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi19.Olis va chekka hududlardagi maktablarni xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha innovatsion texnologiyalar bilan taʼminlash.Olis va chekka hududlardagi maktablarda taʼlim olayotgan oʻquvchilarini xorijiy tillarni oʻrganishlariga koʻmaklashish.1. Olis va chekka hududlardagi maktablarda xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha innovatsion texnologiyalar asosida jihozlangan alohida xona tashkil etish.2. Oʻquvchilarni xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha ilgʻor adabiyotlar bilan taʼminlash.Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan2025-yil noyabrMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi20.Qurilish sohasini tartibga soluvchi amaldagi qurilish (shaharsozlik) norma va qoidalari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli baho berish maqsadida ular mamlakatimizda arxitektura va qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga mos kelishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazish.Qurilish sohasi rivojlanishi hamda zamonaviy standartlar, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qisqa muddatda joriy etishga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammo va kamchiliklarni aniqlash.1. Qurilish sohasi rivojlanishi hamda zamonaviy standartlar, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qisqa muddatda joriy etishga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammo va kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida oʻrganish oʻtkazish.2. Oʻrganish natijalari yuzasidan tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash va qurilish sohasidagi mavjud muammolar yechimiga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqish.Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan2025-yil noyabrQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi21.“Fuqarolik jamiyati institutlari haftaligi” doirasida vazirlik va idoralarning jamoatchilik kengashlari raislari Forumini tashkil etish.Jamoatchilik kengashlari raislarining faoliyati bilan tanishish.1 Forum dasturi va konsepsiyasini ishlab chiqish.2. Forumni tashkillashtirish. Hisob-kitoblarga koʻra2025-yil dekabrYuksalish umummilliy harakati(kelishuv asosida)22.Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari, jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarni IT-texnologiyalar sohasi boʻyicha boshlangʻich boʻgʻindagi mutaxassislar sifatida tayyorlash.Zamonaviy IT — texnologiyalar sohasi boʻyicha boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kurslari faoliyatini tashkil etish.Samarqand va Andijon viloyati “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida zamonaviy IT — texnologiyalar sohasi boʻyicha boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kurslari faoliyatini tashkil etish.Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi2025-yil davomidaIjtimoiy himoya milliy agentligi(kelishuv asosida)23.Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida yashovchilarning vaqtini mazmunli oʻtkazish.Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida yashovchilarning vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, foydali mashgʻulotlar bilan shugʻullanishlari uchun koʻmaklashish, ularni ijtimoiylashtirish.1. Respublika hududlarida “Nuroniylar maskani”da keksa va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun bosqichma-bosqich ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgaraklarini tashkil qilish.2. Volontyorlar tomonidan keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va foydali mashgʻulotlar bilan shugʻullanishlarini tashkillashtirish.Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi2025-yil davomidaIjtimoiy himoya milliy agentligi(kelishuv asosida)24.“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillar boʻyicha video-darsliklar, oromgoh, master-klasslar, debatlar, intervyular, imtihonlar, podkastlar tashkil etish.Mazkur loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad — xorijiy tillarni bepul, sodda va kreativ usulda oʻrgatish.1. Loyihalarni amalga oshirish rejasi, jadvali va dasturlarini ishlab chiqish.2. Loyiha jamoalarini shakllantirish.3. Loyihalarni amalga oshirish.Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan2025-yil davomidaYoshlar ishlari agentligi
