5-modda. Qisqartirilgan issiqxona gazlariga egalik qilish
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida (O‘RQ-1073-son) · Sana: 07.07.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan toʻliq tasarruf etiladi.
Yuridik shaxsning, yakka tartibdagi tadbirkorning yoki jismoniy shaxsning xalqaro uglerod birliklari bozorida ishtirok etishi va mamlakat hududida olingan uglerod birliklari savdosi bilan shugʻullanishi, chet davlatlar bilan tuzilgan kelishuvlar doirasida oʻsha davlatlarning rezident-kompaniyalariga uglerod birliklarini oʻtkazishi issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash va ularning savdosi boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilganidan keyin amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsning, yakka tartibdagi tadbirkorning yoki jismoniy shaxsning xalqaro uglerod birliklari bozorida ishtirok etishi va mamlakat hududida olingan uglerod birliklari savdosini amalga oshirishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
