28-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida (O‘RQ-1073-son) · Sana: 07.07.2025 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
issiqxona gazlari chiqarilishining davlat hisobini va kadastrini yuritish tartibini ushbu Qonun 6-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
issiqxona gazlari chiqarilishining va uglerod birliklarining reyestrlarini shakllantirish hamda yuritish tartibini ushbu Qonun 6-moddasi birinchi qismining oʻninchi xatboshisi va 14-moddasining ikkinchi qismi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
tartibga solinadigan tashkilotlar tomonidan issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibini, mazkur hisobotlarning shakllarini, shuningdek hisobotlarni vakolatli davlat organi tomonidan tekshirish tartibini ushbu Qonun 6-moddasi birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
issiqxona gazlarining chiqarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni verifikatsiyadan oʻtkazish tartibini ushbu Qonun 11-moddasining yettinchi qismi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlari uchun issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirishning maqsadli koʻrsatkichlarini ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida belgilasin;
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni tartibga solinadigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritish mezonlarini ushbu Qonun 23-moddasining birinchi qismi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
operator tomonidan uglerod birliklarining reyestrida operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga doir namunaviy shartnoma shaklini va bunday xizmatlarni koʻrsatganlik uchun toʻlovni aniqlash tartibini ushbu Qonun 14-moddasining oltinchi qismi talablarini hisobga olgan holda, ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
