16-modda. Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasida texnik jihatdan tartibga solish
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida (O‘RQ-1073-son) · Sana: 07.07.2025 · Amalda
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash, shu jumladan “yashil” loyihalarni amalga oshirish va uglerod izini aniqlash sohasidagi standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Milliy standartlashtirish tizimi issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash, shu jumladan “yashil” loyihalarni amalga oshirish va uglerod izini aniqlash sohasidagi yagona talablarni belgilaydi.
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash, shu jumladan “yashil” loyihalarni amalga oshirish chogʻida xalqaro standartlar qoʻllanilishi mumkin.
Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash sohasidagi barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi monitoring, hisobot va verifikatsiya tizimlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
