2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida (PQ-221-son)
08.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish orqali nufuzli xalqaro sport musobaqalari, shu jumladan, 2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlarida (keyingi oʻrinlarda — Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari) sportchilarimizning har tomonlama muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar va ustuvor vazifalar
1. Quyidagilar Oʻzbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlashning asosiy maqsadlari va ustuvor vazifalari etib belgilansin:
(a) olimpiya va paralimpiya sport turlarini ularning amaldagi natijalaridan kelib chiqib, toifalarga ajratgan holda (ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan) qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni belgilash orqali differensial yondashuv asosida rivojlantirish;
(b) sportning ustuvor toifadagi boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, ogʻir atletika turlari boʻyicha medallar sonini oshirish;
(v) sportning istiqbolli toifadagi yunon-rum, ayollar kurashi, kamondan otish, qilichbozlik, oʻq otish, yengil atletika, velosport, eshkak eshish, suzish va sinxron suzish kabi 18 ta turi boʻyicha litsenziyalarni koʻpaytirish hamda medallar uchun kurashish;
(g) sportning rivojlanayotgan toifadagi triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy besh kurash kabi 21 ta turi boʻyicha litsenziyalarni qoʻlga kiritish;
(d) jamoaviy sport turlari, ot sporti, murakkab texnik sport turlarini rivojlantirish orqali natijador sport turlari geografiyasini kengaytirish;
(e) xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va ular faoliyatida Oʻzbekiston sport hamjamiyati vakillari ishtirokini kengaytirish.
II. Tashkiliy chora-tadbirlar
2. Ushbu qaror bilan belgilangan maqsad va ustuvor vazifalarga erishish uchun quyidagilar tasdiqlansin:
(a) 2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
(b) 2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish hamda milliy terma jamoa aʼzolarining kontingenti boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
(v) 2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash uchun Sport vazirligi, Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari, sport federatsiyalari (uyushmalari)ga biriktiriladigan sport bazalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
(g) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 4-ilovaga muvofiq;
(d) olimpiya harakatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil qilish maqsadida Sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining hududlarga biriktiriladigan masʼullari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq.
3. Belgilansinki, mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq biriktirilayotgan sport bazalaridan sport federatsiyalari (uyushmalari)ning belgilangan tartibda foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar (elektr energiyasi, gaz, suv, taʼmirlash ishlari) yaratiladi. Bunda ushbu sport bazalarida zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan bogʻliq xarajatlar sport bazalarini balansda saqlovchilarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
III. Nufuzli xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish
4. Nufuzli xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishda olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
(a) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida erishgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi;
(b) ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari roʻyxati har toʻrt yilda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan kalendar yilning yakuniga qadar qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari tashabbusi bilan milliy terma jamoalar uchun ilgʻor xorijiy davlatlar terma jamoalari bilan tashkil etiladigan qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida chet ellik sportchi va trenerlarning ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlar tashabbuskorlar hamda tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari)ning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
(b) Respublika komissiyasiga milliy terma jamoalarni tayyorlash uchun jalb etiladigan Oʻzbekistonda tugʻilgan yoki Oʻzbekiston fuqaroligiga ega va ilgʻor xorij tajribasini oʻzlashtirgan yuqori malakali trenerlar, sport mutaxassislari va tibbiyot xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini tegishliligiga koʻra Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalariga ajratilgan mablagʻlar doirasida belgilash huquqi beriladi;
(v) zaruratga koʻra, milliy terma jamoalarning 2026-yilda Aichi va Nagoya shaharlarida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XX yozgi Osiyo va V yozgi Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarligi va ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlar Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik maqsadlariga ajratiladigan Davlat budjeti va homiylik mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
IV. Nodavlat jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi “Yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-443-son qaroriga muvofiq jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritish tartibi joriy etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) Reyestrga kiritilgan nodavlat jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining sportchilariga barcha rasmiy sport musobaqalarida tegishli nodavlat jismoniy tarbiya-sport tashkiloti nomidan ishtirok etish huquqi beriladi hamda yaxshi natija koʻrsatgan sportchilar terma jamoalarga qabul qilinishi mumkin boʻladi;
(b) Reyestrga kiritilgan nodavlat jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashda:
(i) davlat sport-taʼlim tashkilotlarining sport inshootlaridan tadbirlardan boʻsh vaqtlarda reja-jadval asosida begʻaraz asosda foydalanadi;
(ii) yoshlarning qamrov darajasidan kelib chiqib, Sport vazirligiga rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar, Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan begʻaraz asosda sport jihozlari va inventarlari bilan taʼminlanadi;
(v) sportchilarni tayyorlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi barcha darajadagi jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari uchun sportchi tayyorlash boʻyicha minimal talab va shartlar bosqichma-bosqich belgilanadi;
(g) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nodavlat jismoniy tarbiya-sport tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
V. Olimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilari zaxirasini kengaytirish
8. Belgilansinki:
(a) 2025-yildan boshlab:
(i) Olimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilari zaxirasini kengaytirishga yoʻnaltirilgan iqtidorli sportchilarni eng quyi boʻgʻindan boshlab saralash va ularni professional tayyorlash uchun bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalari shaklida oʻtkazib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
(ii) “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarida tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, yoshlarni sport bilan doimiy shugʻullantirish xizmatini koʻrsatadigan jismoniy va yuridik shaxslarning sport tayyorgarligiga ega boʻlgan sportchilari ishtirok etishiga ruxsat beriladi;
(iii) “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarining respublika final (uchinchi) bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida oʻtkaziladi;
(iv) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari mazkur musobaqalarning birinchi va ikkinchi bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish hamda gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirish uchun masʼul hisoblanadi;
(v) “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarini, qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar har yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari doirasida moliyalashtiriladi;
(b) “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarining respublika final bosqichida saralangan sportchilar ularning xohishidan kelib chiqib, quyidagi sport-taʼlim tashkilotlariga milliy terma jamoalarga zaxira sifatida tayyorlash uchun yoʻnaltirib boriladi:
(i) birinchi va ikkinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchilar — Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (keyingi oʻrinda — Markaz)ga;
(ii) uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan sportchilar — hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga.
Bunda doimiy ravishda birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchilar oʻrtasida qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va nazorat bellashuvlari oʻtkazib boriladi;
(v) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
(i) Markazda oʻqish jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi, yaʼni birinchi bosqichda 8 — 11-sinflar uchun Olimpiya va Paralimpiya maktabi, ikkinchi bosqichda 1-2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kolleji faoliyat koʻrsatadi;
(ii) Olimpiya shaharchasi sport inshootlari Markazga mustaqil va Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi bilan qoʻshma oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazib borish uchun tadbirlardan boʻsh vaqtlarda begʻaraz asosda biriktiriladi;
(iii) Markaz tomonidan oʻquvchi-sportchilarni tayyorlash uchun jalb etiladigan trenerlar, shuningdek, milliy terma jamoalar trenerlari bilan mehnat shartnomalari muayyan muddatga tuziladi va ular tayyorlagan oʻquvchi-sportchilar erishadigan natijalardan kelib chiqib, shartnoma muddatini uzaytirish yoki bekor qilish masalasi hal etiladi;
(g) 2026-yildan boshlab:
(i) Markaz faoliyatini moliyalashtirish respublika budjetiga oʻtkaziladi;
(ii) Markaz oʻquvchi-sportchilari kontingenti 800 nafarga yetkaziladi;
(iii) Markazning Olimpiya va Paralimpiya kolleji oʻquvchi-sportchilariga Sport vazirligining stipendiyasi uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida oylik stipendiya taʼsis etiladi;
(d) Olimpiya oʻyinlari va ushbu musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha jahon chempionatlari gʻolib va sovrindorlari oliy harbiy (ixtisoslashtirilgan) taʼlim muassasalariga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi;
(e) olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga terma jamoalar sportchilarini ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida tayyorlash uchun, zaruratga koʻra, har yili Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalariga Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun ajratiladigan Davlat budjeti va homiylik mablagʻlari hisobidan chet ellik sport mutaxassislari jalb etib boriladi.
9. Trenerlarning yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlashdagi xizmatlari uchun ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda oliy sport va sport turlari boʻyicha mahorat maktablariga qabul qilingan oʻquvchi-sportchi tomonidan qoʻlga kiritilgan sport natijalari uchun belgilanadigan ustamaning 10 foiz qismini uni sport maktabida tayyorlagan trenerga toʻlab borish tartibi joriy etilsin.
VI. Olimpiya sport turlariga tayyorlashning ixtisoslashtirilgan milliy vertikal-integratsiyalashgan tizimi
10. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
(a) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlinmalarini tashkil etish;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarini Olimpiya harakatini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi maxsus vakili hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari etib belgilash.
11. Belgilansinki:
(a) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalari faoliyati uchun zarur boʻlgan 2,5 tadan shtat birliklari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
(b) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi hududiy boʻlinmalari mos ravishda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga begʻaraz asosda joylashtiriladi;
(v) Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari rahbarlik qiladigan hududiy kengashlar tashkil etiladi.
VII. Imtiyozlar
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-5281-son qaroriga muvofiq milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislari uchun har oylik stipendiyalar, bir martalik toʻlanadigan pul mukofotlari, qimmatbaho sovgʻalar va boshqa yordam koʻrinishida olinadigan toʻlovlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmasligi hamda ularga ijtimoiy soliq hisoblanmasligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga maqsadli tayyorgarlik koʻrish doirasida ushbu toʻlovlar boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq summasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sport vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda Davlat budjetidan qoplab beriladi.
13. Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha xorijdan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari, jihozlari, uskunalari, sunʼiy sport maydonlari va ularning yordamchi uskunalari (shu jumladan, maxsus mashgʻulot trenajyorlari, zamonaviy ilmiy texnologiya vositalari), maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy biologik va farmakologik preparatlar 2029-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojini toʻlashdan ozod etilsin.
VIII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
14. Sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi:
(a) bir oy muddatda iqtidorli sportchilarni eng quyi boʻgʻindan boshlab saralash va ularni professional tayyorlash boʻyicha uch bosqichli “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini tasdiqlash boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilsin;
(b) Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda hududiy kengashlarning faoliyat yuritishi tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
15. Milliy antidoping agentligi Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yildan boshlab milliy terma jamoalar sportchilarini dopingga qarshi kurashish masalalari yuzasidan uzluksiz qoʻllab-quvvatlash va maslahat berish xizmatini koʻrsatuvchi aloqa platformasi faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga milliy terma jamoa sportchilarining sifatli tayyorgarlik koʻrishini taʼminlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi puxta ishlangan hududiy tayyorgarlik dasturlarini tasdiqlasin:
(a) milliy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilash;
b) musobaqalarga tayyorgarlik koʻrayotgan hududiy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa sport mutaxassislarining respublika va xalqaro sport tadbirlari hamda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida uzluksiz ishtirokini taʼminlash;
v) olimpiya sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, ularni hududdagi yirik tashkilotlarga biriktirish.
17. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy tayyorgarlik dasturlari toʻlaqonli amalga oshirilishi hamda Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlashga shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
18. Respublika komissiyasi:
(a) ikki oy muddatda:
(i) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga sport turlari boʻyicha litsenziyalarni qoʻlga kiritishning maqsadli koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — maqsadli koʻrsatkichlar)ni tasdiqlasin;
(ii) sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbarlariga tegishli sport turi boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga masʼul ekanini koʻrsatib oʻtsin va litsenziyalarni qoʻlga kiritish boʻyicha majburiyatlarni belgilab bersin;
(iii) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida sport federatsiyalari (uyushmalari)ga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda maqsadli koʻrsatkichlardagi dasturlarda qatnashish va litsenziyalarni qoʻlga kiritish boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ga vazirlik va idoralar rahbarlarini biriktirsin;
(iv) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrish uchun zarur boʻladigan budjet, budjetdan tashqari, shuningdek, homiylik mablagʻlari miqdorini tasdiqlasin;
(v) maqsadli koʻrsatkichlarga erishmagan va qoniqarsiz natijalarni koʻrsatgan, ajratilgan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanmagan va boshqa salbiy holatlarga yoʻl qoʻygan sport federatsiyalari (uyushmalari) boshqaruvini tubdan qayta koʻrib chiqsin;
(vi) Respublika komissiyasining kengaytirilgan birinchi yigʻilishini oʻtkazsin. Bunda mazkur qarorning mazmun-mohiyati, sportga davlat tomonidan berilayotgan eʼtibor, vazifalarni soʻzsiz bajarish zarurligi, qoniqarsiz natija koʻrsatgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishi koʻrsatib oʻtilsin;
(b) uch oy muddatda istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarni xalqaro nufuzli musobaqalarga samarali tayyorlashni tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Milliy olimpiya hamda paralimpiya qoʻmitalari huzurida tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) va boshqa masʼul tashkilotlar vakillari hamda chet ellik mutaxassislardan iborat tarkibda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi shtablar faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
(v) Dasturda nazarda tutilgan hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlar oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda Dasturga muvofiq amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarning ijrosini tizimli ravishda muhokama qilish va kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etib borish choralarini koʻrsin.
19. Sport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, hududlarga tashriflar bayonlari, Hukumat qarorlari hamda boshqa hujjatlarda Sport vazirligiga berilgan topshiriqlarga muvofiq yangidan qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va kapital taʼmirlanishi belgilangan, biroq bugunga qadar davlat dasturlariga kiritilmagan sport obyektlarini keyingi yillardagi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasiga kiritib borish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
20. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari, sport federatsiyalari (uyushmalari)ga zarur mablagʻlar oʻrnatilgan tartibda 2025-yildan boshlab Davlat budjetidan ajratib borilishini taʼminlasin. Bunda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi hamda qonunchilik talablariga rioya qilinishi belgilangan tartibda nazorat qilib boriladi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari O.M. Umarov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
23. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-iyul,
PQ-221-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga 1-ILOVA
2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash
DASTURI
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmlariAmalga oshirish muddatlariMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilar1.Olimpiya va paralimpiya sport turlarini ularning amaldagi natijalaridan kelib chiqib, toifalarga ajratgan holda qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni belgilash orqali ularni differensial yondashuv asosida rivojlantirish.1. Sport turlarini ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratish hamda qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni belgilash.2. Ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari roʻyxatini Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlaridagi natijalardan kelib chiqib, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan har kalendar yilining yakuniga qadar qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.Har toʻrt yilda-Sport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi(M. Tashxodjayev),sport federatsiyalari(uyushmalari)2.Milliy terma jamoalarni xalqaro nufuzli musobaqalarga samarali tayyorlashni tashkil qilish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi ishchi shtablar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy olimpiya hamda paralimpiya qoʻmitalari huzurida doimiy faoliyat yurituvchi ishchi shtablarni tashkil qilish.2. Ishchi shtablar tarkibiga tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) va boshqa masʼul tashkilotlar vakillari hamda xorijiy mutaxassislarni kiritish.2025-yil sentabr-Respublika komissiyasi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi(M. Tashxodjayev)3.Olimpiya sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Olimpiya sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalarini tashkil qilish.2025-yil sentabrIjrochilar va homiylar mablagʻlariSport federatsiyalari (uyushmalari),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov)2. Sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrish.2025-yil dekabrMahalliy budjet mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari3. Sport federatsiyalari (uyushmalari) hududiy boʻlinmalarini hududiy yirik tashkilotlarga biriktirish. -4.Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarning tarkiblarini shakllantirish.1. Milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkiblari hamda trener, shifokor va boshqa sport mutaxassislari tarkibini tasdiqlash.2025 — 2028-yillar davomida-Sport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi(M. Tashxodjayev),sport federatsiyalari(uyushmalari)2. Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston sport delegatsiyasi tarkibini shakllantirish.2028-yil iyul3. Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston sport delegatsiyasi tarkibini shakllantirish.2028-yil sentabr5.Olimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilari zaxirasini kengaytirish maqsadida iqtidorli sportchilarni eng quyi boʻgʻindan boshlab saralash va ularni professional tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.1. Olimpiya sport turlari boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalari shaklida oʻtkazib borish.2. “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarining mintaqaviy va hududiy (birinchi va ikkinchi) bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish hamda gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirib borish.2025-yildan boshlab doimiySport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari doirasidagi mablagʻlar, ijrochilar va homiylar mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri, viloyatlar va tuman (shahar) hokimliklari,Sport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),sport federatsiyalari(uyushmalari)3. “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarining respublika final (uchinchi) bosqichini Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida oʻtkazish.4. “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarining respublika final bosqichida saralangan sportchilarni quyidagi sport taʼlim muassasalariga milliy terma jamoalarning zaxirasi sifatida tayyorlash uchun yoʻnaltirib borish:birinchi va ikkinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchilar — Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga;uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan sportchilar — hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga.5. “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarida saralangan ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchilar oʻrtasida qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini hamda nazorat bellashuvlarini oʻtkazib borish.Sport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),sport federatsiyalari(uyushmalari)6. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda oliy sport va sport turlari boʻyicha mahorat maktablariga qabul qilingan oʻquvchi-sportchi tomonidan qoʻlga kiritilgan sport natijalari uchun belgilanadigan ustamaning 10 foiz qismini uni sport maktabida tayyorlagan trenerga toʻlab borishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil noyabr-Sport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi(M. Tashxodjayev)7. Sport vazirligi tizimidagi 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil iyun Sport vazirligi(A. Ikramov)6.Nodavlat jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shu jumladan, xususiy sport klublari faoliyatini tartibga solish va yanada rivojlantirish.1. Nodavlat jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shu jumladan, xususiy sport klublari faoliyatini tartibga solish. Bunda quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari reyestrini shakllantirish, yuritish va reyestrdan chiqarish;jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari faoliyati uchun sportchi tayyorlash boʻyicha minimal talab va shartlarni belgilash.2025-yil noyabr-Sport vazirligi(A. Ikramov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi(X. Umarova)2. Har 10 ta mahallada kamida 1 ta zamonaviy xususiy sport klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil dekabrIjrochilar va homiylar mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari7.Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq milliy terma jamoalarning kompleks va xalqaro nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishi hamda ushbu musobaqalarda ishtirok etishini tashkil etish.1. Milliy terma jamoalar uchun aniq maqsad va natijadorlikka yoʻnaltirilgan respublika va xorijda uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish.2. Kompleks va xalqaro nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik koʻradigan va ishtirok etadigan milliy terma jamoalarni doimiy tarzda maxsus sport ekipirovkalari va sport inventarlari bilan taʼminlab borish.3. Kompleks va xalqaro nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishni tashkil etish hamda milliy terma jamoalarning ushbu musobaqalarda ishtirokini taʼminlash.2025 — 2028-yillar davomidaDavlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, ijrochilar va homiylar mablagʻlariSport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi(M. Tashxodjayev),sport federatsiyalari(uyushmalari)8.2026-yil Aichi va Nagoya shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish va milliy terma jamoalarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash.1. Milliy terma jamoalar uchun uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish hamda ularning ushbu musobaqalarda ishtirok etishini taʼminlash.2. Milliy terma jamoalarni doimiy tarzda maxsus sport ekipirovkalari va sport inventarlari bilan taʼminlab borish.3. Milliy terma jamoalarning Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash.2025-2026-yillar davomidaDavlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, ijrochilar va homiylar mablagʻlariSport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi(M. Tashxodjayev),sport federatsiyalari(uyushmalari)4. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi tuzilmasida kurash milliy sportini rivojlantirish boʻyicha boʻlim faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil iyul Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov)5. Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.2025-yil oktabr-Sport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi(M. Tashxodjayev)9.Sportning eshkak eshish turlari boʻyicha boʻlib oʻtadigan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va sport musobaqalari davrida sportchilarning xavfsizligini taʼminlashni tashkil qilish.1. Oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va sport musobaqalarini oʻtkazishdan oldin Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmalariga talabnoma yuborish.Doimiy-Oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va sport musobaqalari tashkilotchilari2. Oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va sport musobaqalari tashkilotchilarining talabnomalariga asosan sportchilarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.Favqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Qudratxoʻjayev)10.Sportning eshkak eshish turlari boʻyicha sport bazalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.1. Suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani Tuyaboʻgʻiz qoʻrgʻonida joylashgan eshkak eshish sport bazasini mustahkamlash.2. Sportning eshkak eshish turlari boʻyicha oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari va musobaqalarni oʻtkazib borishda masofalarni belgilash va jarayonlarni kuzatib borish imkoniyatlariga ega boʻlgan elektron kompleks tizimni Toshkent dengiziga oʻrnatish uchun xarid qilish va Suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi balansiga oʻtkazib berish.2025-2026-yillar davomidaOʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga Davlat budjetidan 2025-yilda qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarOʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Sport vazirligi(A. Ikramov)3. Suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining “Qaldirgʻoch” sport bazasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida rekonstruksiya qilish (zarur bino-inshootlarni qurish).4. Suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabining Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qoronkoʻl qishlogʻida joylashgan eshkak eshish sport bazasi hududida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zarur bino va inshootlarni qurish.2027-2028-yillar davomidaTashabbuskorlar mablagʻlariSport vazirligi(A. Ikramov)11.Qashqadaryo viloyatida sport bilan shugʻullanish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratish va sport infratuzilmasini kengaytirish.Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Islom Karimov koʻchasi 2/82-uy manzilida joylashgan sport zali, maʼmuriy bino, garaj va yordamchi binolarini Qarshi shahri sport maktabi hamda Dehqonobod tumani “Beshbuloq” MFY Abu-Rayxon Beruniy koʻchasi 3-uy manzilida joylashgan sport majmuasini Dehqonobod tumani sport maktabiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish.2025-yil avgust-Davlat aktivlarini boshqarish agentligi(A. Ortikov),Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Sport vazirligi(A. Ikramov)12.Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining moddiy-texnika bazasini, shu jumladan, sport infratuzilmasini yaxshilash.1. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining kamondan otish sport bazalarini bosqichma-bosqich zarur sport jihozlari va inventarlari bilan taʼminlash.2025-2026-yillar davomidaIjrochilar va homiylar mablagʻlariSport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov)2. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida bosqichma-bosqich 10 m masofaga oʻq otish sport bazalarini tashkil etish hamda ularni zamonaviy sport anjomlari va inventarlari bilan jihozlash.2026-yil yakuniga qadar3. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududida homiylik mablagʻlari hisobiga barpo etilgan kamondan otish sport turi yozgi maydonining 2 qavatli binosini instrumental texnik tekshiruvdan oʻtkazish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kadastr va boshqa tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish hamda binoni Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz oʻtkazib berish.2025-yil sentabrRespublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mablagʻlariIqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi(F. Pulatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Sh. Xidoyatov),Sport vazirligi(A. Ikramov)4. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining ogʻir atletikaga ixtisoslashtirilgan sport zalini qurish-taʼmirlash ishlarini yakuniga yetkazish.2026-yil dekabrOʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga Davlat budjetidan 2025-yilda qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarSport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Toshkent shahri hokimligi(Sh. Umurzakov)13.Davlat sport-taʼlim muassasalari tennis kortlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.1. Davlat sport-taʼlim muassasalarining tennis kortlarini xatlovdan oʻtkazish.2025-yil dekabr-Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov)2. Xatlov natijalariga koʻra taʼmirtalab tennis kortlarini bosqichma-bosqich kapital taʼmirlash choralarini koʻrish.2025 — 2027-yillar davomidaIjrochilar va homiylar mablagʻlari14.“JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasining sport infratuzilmasini yaxshilash, shu jumladan, mavjud sport inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda yangi bino-inshootlarni (boks va voleybol zallari, sohil voleyboli maydoni, yotoqxona va boshqalar) barpo etish.1. Yangidan bino-inshootlarni barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2. Loyiha-smeta hujjatlariga asosan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlash.2025-yil oktabrIjtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Ichki ishlar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlarIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov)3. Loyiha-smeta hujjatlariga asosan yangidan bino-inshootlarni barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish.4. Futbol boʻyicha mashgʻulotlar maydonini mukammal taʼmirlash.5. “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasining voleybol sport inshootlarini Oʻzbekiston voleybol federatsiyasiga begʻaraz asosda biriktirish.2025-2026-yillar davomida15.Milliy terma jamoalar tayyorgarlik jarayoniga zamonaviy ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, ularni tibbiy-farmokologik jihatdan taʼminlashni tashkil qilish.1. Milliy terma jamoalar sportchilarini musobaqalarga tayyorlash va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari jarayonlarini raqamlashtirish.2. Milliy terma jamoalar sportchilarining xalqaro sport musobaqalarda ishtirokini taʼminlash boʻyicha mahalliy va xorijiy mutaxassislarni (sport mutaxassislari, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqalar) jalb qilib borish.2025 — 2028-yillar davomidaIjrochilar va homiylar mablagʻlariSport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi(M. Tashxodjayev),sport federatsiyalari (uyushmalari)3. Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil noyabr-Sport vazirligi(A. Ikramov)16.Milliy terma jamoalarni nufuzli sport musobaqalariga tayyorlashda sportchi, trener, hakam va boshqa mutaxassislar malakasini tizimli oshirib borishni yoʻlga qoʻyish.1. Mahalliy va xorijiy sport mutaxassislari ishtirokida sport-taʼlim muassasalari va hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari) trenerlari uchun joylarda reja-grafik asosida seminarlar tashkil etib borish.2. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bazasida reja-grafik asosida milliy terma jamoalar trenerlarining malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etish.3. Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻzbekistonlik xalqaro toifadagi hakamlarning xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan seminarlar va xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini taʼminlab borish.4. Milliy terma jamoalar sport shifokorlari, psixologlari va diyetologlarining rivojlangan xorijiy davlatlarda malakasini oshirib borishini tashkil qilish.2025 — 2028-yillar davomidaIjrochilar va homiylar mablagʻlariSport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi(M. Tashxodjayev),sport federatsiyalari(uyushmalari)5. Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish boʻyicha quyidagilarni koʻzda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar mahkamasiga kiritish:boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlar jadvali hamda xodimlar mehnatiga haq toʻlash tartibini tasdiqlash;talabalarni qabul qilish, attestatsiyadan oʻtkazish va ularning oʻqishini koʻchirish tartibini belgilash;professor-oʻqituvchilar tarkibining talabalarga nisbatini, shuningdek, talaba-sportchilar uchun sutkalik oziq-ovqat normalarini tasdiqlash;Akademiya magistraturasiga oʻqishga qabul qilish, shuningdek, tayanch doktorantura va doktorantura institutlari hamda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlash.2026/2027 oʻquv yiliga qadar-Sport vazirligi(A. Ikramov)17.Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan milliy terma jamoalar sportchilarining ijtimoiy-maishiy va moddiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib borish.1. Sportchilarning yashash va tayyorgarlik koʻrish joylaridagi shart-sharoitlarni monitoring qilib borish.2. Sportchilarning ijtimoiy-maishiy va moddiy taʼminotini tizimli ravishda yaxshilab borish choralarini koʻrish.3. Sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va sport musobaqalarida uzluksiz ishtirok etib borishiga moliyaviy koʻmaklashish.2025 — 2028-yillar davomidaMahalliy budjet mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Sport vazirligi(A. Ikramov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi(M. Tashxodjayev)18.Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan milliy terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkibi sportchilarini tibbiy-farmakologik jihatdan taʼminlash.1. Milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibi sportchilarini bir yilda ikki marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.2. Milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibi sportchilarini mobil ekspress-laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazib borishni tashkil qilish. 2025 — 2028-yillar davomidaDavlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, ijrochilar va homiylar mablagʻlariOʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov),Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi(M. Tashxodjayev),Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov),Sport vazirligi(A. Ikramov)19.Milliy terma jamoalar aʼzolarini dopingga qarshi kurashish jihatdan qoʻllab-quvvatlash.1. Milliy terma jamoalar sportchilari haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan “ADAMS” tizimiga sportchilar tomonidan maʼlumotlar kiritilishiga koʻmaklashish.2. Milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va tibbiyot xodimlari uchun dopingga qarshi kurashish boʻyicha reja-grafik asosida seminarlar tashkil qilib borish.3. Milliy terma jamoalar tibbiyot xodimlariga sportda doping qoʻllanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish boʻyicha nazoratni amalga oshirish borasida uslubiy yordam koʻrsatish.2025-2028-yillar davomidaDavlat budjeti mablagʻlariMilliy antidoping agentligi(A. Sadikov)4. Milliy antidoping agentligi tomonidan biologik namunalarni toʻplash va tadqiqotlar (doping-testlar) oʻtkazish boʻyicha maxsus moslamalar hamda boshqa tovar va xizmatlarni xarid qilish tender va tanlov savdolarini oʻtkazmasdan, maxsus axborot portalida tegishli axborotlarni joylashtirmasdan hamda xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri import shartnomalari orqali amalga oshirilishini koʻzda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.2025-yil dekabr20.Milliy terma jamoalar sportchilarini dopingga qarshi kurashish masalalari yuzasidan uzluksiz qoʻllab-quvvatlashni tashkil qilish.1. Milliy terma jamoalar sportchilarini dopingga qarshi kurashish masalalari yuzasidan uzluksiz qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aloqa platformasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2026-yildan boshlabIjrochilar va homiylar mablagʻlariMilliy antidoping agentligi(A. Sadikov),Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi(O. Umarov)2. Platforma faoliyatini tashkil etish uchun autsorsing asosida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotni tanlab olish va shartnoma tuzish.2025-yil noyabr3. Platformaning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.Doimiy, 2026-yildan boshlab21.Milliy terma jamoalar sportchilarini dopingga qarshi kurashish yuzasidan doimiy nazorat qilib borish.1. Milliy terma jamoalar sportchilari oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va sport musobaqalari jarayonida taqiqlangan moddalarni isteʼmol qilmasligi boʻyicha profilaktika tadbirlarini oʻtkazib borish.2. Milliy terma jamoalar sportchilari tomonidan dopingga qarshi kurashish qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirib borish.2025 — 2028-yillar davomidaIjrochilar va homiylar mablagʻlariMilliy antidoping agentligi(A. Sadikov)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga 2-ILOVA
2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish hamda milliy terma jamoa aʼzolarining kontingenti boʻyicha
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Izohlar:
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasiga ushbu maqsadli koʻrsatkichlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
2026-yilda Aichi va Nagoya shaharlarida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XX yozgi Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan noolimpiya sport turlarining musobaqa dasturlaridan kelib chiqqan holda har bir dastur boʻyicha uchta jamoagacha kontingentga ruxsat beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga 2a-ILOVA
2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XVIII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish hamda milliy terma jamoa aʼzolarining kontingenti boʻyicha
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Izohlar:
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasiga ushbu maqsadli koʻrsatkichlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Paralimpiya oʻyinlariga belgilangan kontingent sonidan tashqari Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi talablari asosida boshqa yosh toifalari kesimida qoʻshimcha ellik foizgacha zaxira tarkibning tayyorgarlik koʻrishiga ruxsat beriladi.
2026-yilda Aichi va Nagoya shaharlarida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan yozgi V Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan noolimpiya sport turlarining musobaqa dasturlaridan kelib chiqqan holda har bir dastur boʻyicha uchta jamoagacha kontingentga ruxsat beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga 3-ILOVA
2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash uchun Sport vazirligi, Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari, sport federatsiyalari (uyushmalari)ga biriktiriladigan sport bazalari
ROʻYXATI
Izoh: Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasining qaroriga asosan ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga 4-ILOVA
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
Izohlar:
Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Respublika komissiyasi barcha Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlashni tashkil qilish boʻyicha doimiy faoliyat yuritadi.
Mazkur qaror qabul qilingunga qadar boʻlgan davr uchun Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi funksiyalari 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga 5-ILOVA
Olimpiya harakatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil qilish maqsadida Sport vazirligi va Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasining hududlarga biriktiriladigan masʼullari
ROʻYXATI
Izoh: hududlarga biriktirilgan masʼullar boshqa ishga oʻtgan taqdirda, tegishli hududlar ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslarga biriktiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5114-son qarorida:
11 — 13-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
141-bandning toʻrtinchi xatboshisi va 3-ilovaning 2-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5148-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Belgilansinki, mazkur qaror bilan belgilangan sport sinovlarini oʻtkazish, gʻoliblarni va sport sinovlarini oʻtkazishda faol ishtirok etgan hamkor tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlantirish bilan bogʻliq har yilgi xarajatlar Davlat budjeti parametrlarida Sport vazirligi uchun koʻzda tutiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Davlat sport-taʼlim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-268-son qaroriga 4-ilovaning izoh qismi chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-423-son qarorining 14-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari (yosh toifalari) boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish miqdorlari quyidagi mazmundagi 121 — 124-bandlar bilan toʻldirilsin:
“121. Kurash milliy sport turi boʻyicha jahon chempionatlari gʻoliblari va sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 5 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 2 500 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 1 250 AQSH dollari.
122. Kurash milliy sport turi boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 2 500 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 1 250 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 625 AQSH dollari.
123. Kurash milliy sport turi boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatlari gʻoliblari va sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 1 000 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 500 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 250 AQSH dollari.
124. Kurash milliy sport turi boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
oltin medal uchun — 750 AQSH dollari;
kumush medal uchun — 375 AQSH dollari;
bronza medal uchun — 180 AQSH dollari”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda sportchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qarorida:
a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyati hokimliklarining:
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini yangicha tartibda yoʻlga qoʻyish;
2027-yildan boshlab Nukus, Andijon, Buxoro va Samarqand shaharlarida Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining mintaqaviy filiallari (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy filiallar) faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin”;
b) 11-bandning birinchi xatboshisidagi “Markaz va uning mintaqaviy filiallari” soʻzlari “sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazlari va mintaqaviy filiallar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 12-bandda:
birinchi xatboshidagi “Markazning mintaqaviy filiallari” soʻzlari “Mintaqaviy filiallar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sport vaziri A.I. Ikramovga Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo hamda boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalariga sportchilarni kompleks tayyorlashga ajratilgan budjet mablagʻlarining bir qismini sportchilarga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmatlarni koʻrsatish uchun Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi va uning mintaqaviy filiallariga hamda Markazga maqsadli yoʻnaltirish huquqi berilsin”;
g) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari 2026-yil yakuniga qadar:
Sport vazirligi bilan birgalikda Nukus, Andijon, Buxoro va Samarqand shaharlaridagi davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan binolarni xatlovdan oʻtkazsin hamda ularga mintaqaviy filiallarni tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin;
mintaqaviy filiallarning faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ularni Sport vazirligi tomonidan taqdim etiladigan roʻyxat boʻyicha zarur jihozlar hamda tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin”.
