“Mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0048-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (14-son)
18.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 359]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0048-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga (hisob raqami 181, 2023-yil 26-iyun) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-iyun,
14-son
Kelishildi:
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2025-yil 12-iyun
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2025-yil 19-may
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 18-iyundagi 14-son qaroriga ILOVA
“Mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0048-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qaror nomi va 1-banddan “, bolalar shaharchalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Ilovada:
a) nomidan “, bolalar shaharchalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) mehribonlik uylari, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida (bundan buyon matnda muassasalar deb yuritiladi) tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish, yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi hamda ovqatdan zaharlanishlarning oldini olishga qaratilgan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.”;
v) 1-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) quyidagi mazmundagi 41 — 45-bandlar bilan toʻldirilsin:
“41. Muassasalarda mazkur sanitariya qoidalarining 31-ilovasi 1-jadvalida keltirilgan 14 kunlik namunaviy mavsumiy taomnomalar asosida taomlar tayyorlanishi lozim.
42. Bir oy davomida sarflangan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha miqdori belgilangan kunlik meʼyorlarga mos boʻlishi kerak.
Bunda, tibbiyot xodimi tomonidan mahsulotlarning kunlik oʻrtacha sarfi va ularning energetik qiymati har 14 kunda hisoblab borilishi lozim.
43. Muassasalarda ovqatlantirish 4-5 mahalni tashkil etishi lozim.
Taomlarning umumiy hajmi mazkur sanitariya qoidalarining 31-ilovasi 2-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
44. Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (yordamchi) maktablarda 2 mahal ovqatlantirishni tashkil etish zarur.
Bunda, tushlik va ikkinchi tushlikni inobatga olgan holda kunlik belgilangan normaning 50 % (tushlik — 35%, ikkinchi tushlik — 15%) taʼminlanishi kerak.
45. Har bir tarbiyalanuvchining yoshiga qarab taomlar hajmi mazkur sanitariya qoidalarining 31-ilovasi 3-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
d) quyidagi mazmundagi 211-band bilan toʻldirilsin:
“211. Muassasalarga olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablarga (0054-23-son SanQvaN) (hisob raqami 181, 2023-yil 26-iyun) muvofiq saqlanishi lozim.”;
e) quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
“221. Tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish boʻyicha brakeraj jurnali mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasi 3-jadvaliga, tayyor taomlar sifatini tekshirish boʻyicha brakeraj jurnali esa 4-jadvaliga muvofiq yuritilishi lozim.”;
j) 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini tashkil etishda quyidagi oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
markirovkasiz, ishlab chiqaruvchisi koʻrsatilmagan, amal qilish muddati oʻtgan va (yoki) sifatsizlik alomatlariga ega mahsulotlar;
veterinariya nazoratidan oʻtmagan qishloq xoʻjaligi hayvonlari va parrandalar goʻshti, baliq;
kalla-pocha mahsulotlari (buyrak, yurak, jigar, oʻpka, yelin, kalla goʻshtidan tayyorlangan rulet, goʻshtning bezli qismlari, diafragma);
barcha yovvoyi hayvonlarning goʻshti;
ichi tozalanmagan parranda goʻshti;
2 va 3-toifaga kiruvchi goʻsht, parranda;
xolodes;
dudlangan gastronomik mahsulotlar va kolbasa, sosiska, sardelka;
charvi yogʻi, dumba yogʻi, margarin va boshqa gidrogenizatsiyalangan yogʻlar;
yogʻlilik darajasi 82,5% dan kam boʻlgan sariyogʻ (sigir sutidan tayyorlangan);
oʻsimlik yogʻiga sut qoʻshilgan mahsulotlar (spred);
tvorog mahsulotiga smetana, shokolad, murabbo yoki oʻsimlik moyi qoʻshilib tayyorlangan muzqaymoq;
qimiz, etanol miqdori 0,5% dan yuqori boʻlgan sutli ichimliklar;
pasterizatsiya qilinmagan sutdan tayyorlangan tvorog, termik ishlov berilmagan tvorog va smetana;
yogʻ miqdori 2,5% dan kam yoki 3,5% dan yuqori boʻlgan sterilizatsiyalangan sut va sutli ichimliklar, qatiq mahsulotlari;
oshxona va uy sharoitida tayyorlangan sut va sut mahsulotlari;
suvda suzuvchi parrandalarning goʻshti va tuxumlari (salmonellyoz xavfi sababli);
poʻstlogʻi ifloslangan, yorilgan yoki salmonellyoz aniqlangan xoʻjaliklardan keltirilgan tuxumlar;
uy sharoitida tayyorlangan barcha turdagi konservalar;
germetikligi buzilgan, idishi ezilgan, shishgan (bombaj), qopqogʻi zanglagan yoki yorligʻi boʻlmagan konservalangan mahsulotlar;
ombor zararkunandalari yoki mayda chiqindilar bilan zararlangan yormalar, dukkaklilar, un, makaron mahsulotlari, quruq mevalar;
pestitsid, nitrat miqdori va ogʻir metallar laboratoriyada tekshirilmagan, mogʻorlagan yoki buzilgan meva hamda sabzavotlar;
uyda tayyorlangan yoki ota-onalar va homiylar tomonidan keltirilgan, sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan mahsulotlar (bayram va tugʻilgan kunlar uchun);
kremli qandolat mahsulotlari (pirojniy va tortlar), kremlar;
har qanday qoʻziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;
gazli ichimliklar, sunʼiy rang, lazzat yoki hid beruvchi moddalari boʻlgan taom va ichimliklar;
yogʻda qovurilgan mahsulotlar (chips, fri);
mayonez, murch, xantal, xren, sirka, qahva;
quruq konsentrat asosida tayyorlangan birinchi va ikkinchi taomlar, garnirlar;
bir kun oldingi yoki qoldiq ovqatlar;
sovuq suyuq taomlar;
boʻlinmagan yoki maydalangan tuxum bilan tayyorlangan makaron;
yogʻda qovurilgan tuxum;
tuxum barak.”;
z) 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Sovuq va issiq taʼsirida ishlov berish vaqtida mahsulot va taomlarning ogʻirlik yoʻqotilish normalari mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasi 1-jadvaliga, kartoshka, sabzi, lavlagiga ishlov berilganda ogʻirlik yoʻqotilish normalari 2-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.”;
i) 1 va 2-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
k) 3-ilovaning ilova belgisidan “, bolalar shaharchalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
l) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 31-ilova bilan toʻldirilsin;
m) 4 va 5-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 4 va 5-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0048-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0048-23-son SanQvaN) 1-ILOVA
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun kundalik oziq-ovqat mahsulotlari
NORMALARI
Izoh. Mahsulotlarning kimyoviy tarkibi (oqsil, yogʻ, uglevod va kkal) chiqitsiz hajmiga nisbatan hisoblanishi lozim. Taomnoma tuzilganida kaloriya hisobi ±10% ga farq qilishiga yoʻl qoʻyiladi.”.
Mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0048-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0048-23-son SanQvaN) 2-ILOVA
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun kundalik oziq-ovqat mahsulotlari
NORMALARI
Izoh. Mahsulotlarning kimyoviy tarkibi (oqsil, yogʻ, uglevod va kkal) chiqitsiz hajmiga nisbatan hisoblanadi. Taomnoma tuzilganida kaloriya hisobi ±10% ga farq qilishiga yoʻl qoʻyiladi.”.
Mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0048-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0048-23-son SanQvaN) 31-ILOVA
Muassasalar uchun 14 kunlik namunaviy mavsumiy taomnomalar
Izoh: *Muassasalarning kun tartibidan kelib chiqib, ovqatlanish turi belgilanadi. Jumladan, zarurat tugʻilgan hollarda “ikkinchi tushlik” oʻrniga “ikkinchi nonushta” tashkil etilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Taomlarning umumiy minimal hajmi (grammda)
Har bir tarbiyalanuvchilar yoshiga qarab taomlar hajmi (grammda)
Mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0048-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0048-23-son SanQvaN) 4-ILOVA
Sovuq va issiq taʼsirida ishlov berilganda mahsulot va taomlarning ogʻirlik yoʻqotilish
NORMALARI
Izohlar:
* Taom tayyorlash jarayonida lahm (file) goʻsht ishlatilganida 2 ustunidagi xomashyoga ishlov berishdagi yoʻqotish foizi qoʻllanilmaydi.
** Kartoshka, sabzi, lavlagi ishlov berishdagi yoʻqotilish ushbu ilovaning 2-jadvaliga asosan hisoblanadi.
*** Barcha turdagi baliq mahsulotlarini (shu jumladan muzlatilgan) berish faqat sentabr oyidan aprel oyining oxirigacha amalga oshirilishi lozim.
May, iyun, iyul va avgust oylarida baliq berilishi taqiqlanadi.
Kartoshka, sabzi, lavlagiga ishlov berilganda ogʻirlik yoʻqotilish
NORMALARI
Tayyor taomlarni nazorat qilish brakeraj jurnali
Tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini nazoratga olish brakeraj jurnali
Mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0048-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ILOVA
“Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0048-23-son SanQvaN) 5-ILOVA
