Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3635-son)
01.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025 yil 1-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3635]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 28-fevraldagi 130-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 29-may,
202-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2025-yil 20-may
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2025-yil 17-may
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 29-maydagi 202-son buyrugʻiga ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom kasbiy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifasini berish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
malaka toifasi — attestatsiya natijalariga koʻra berilgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining nazariy bilimi, amaliy koʻnikmalari, kasbiy malakasini tasdiqlovchi hamda ularni ragʻbatlantirish uchun asos boʻladigan toifa;
malaka toifasi berilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) — ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga malaka toifasi berilganligini tasdiqlovchi hujjat.
2. Nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻz xohishiga koʻra mazkur Nizom talablariga muvofiq navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishi mumkin.
Nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda ularning malaka toifasi tushirilmaydi.
3. Attestatsiyani tashkil etish jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
2-bob. Attestatsiyaning maqsadi va vazifalari
4. Attestatsiyani oʻtkazishdan maqsad ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini kasbiy standartlar hamda ularning har bir lavozim va kasb boʻyicha malaka toifasiga qoʻyiladigan talablar asosida baholash va ularning kasbiy oʻsishini ragʻbatlantirishdan iborat.
5. Attestatsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini mutaxassisligi yoki ixtisosligi boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazish;
ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining oʻz sohasini bilishi, faoliyati samaradorligi, pedagogik mahorati, psixologik tayyorgarligini oʻrganish va xolisona baho berish hamda ularni ragʻbatlantirish;
ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish;
kasbiy taʼlim tashkilotlarini yuqori bilim saviyasiga ega boʻlgan, tajribali ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bilan toʻldirish.
3-bob. Attestatsiyani tashkil etish va attestatsiyadan oʻtish uchun hujjat topshirish
6. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari har besh yilda bir marta malaka toifasini berish boʻyicha navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan va ishga yangi qabul qilingan yoki taʼlim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mutaxassisligi boʻyicha uch yil pedagogik ish stajiga ega boʻlgandan soʻng majburiy attestatsiyaga jalb qilinadi. Majburiy attestatsiyaga jalb qilingunga qadar ularda malaka toifasiga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustasi toifasi beriladi.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishi mumkin.
Bunda, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan taʼlim ustalarining malaka toifasi tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi.
Navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga koʻra amaldagi malaka toifasi oshirilgan, saqlangan yoki tushirilgan, shuningdek, navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra amaldagi malaka toifasi oshirilgan yoki saqlangan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari navbatdagi majburiy attestatsiyaga besh yildan soʻng jalb etiladi.
7. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari majburiy attestatsiyaga oʻz muddatida jalb etilishi uchun taʼlim ustalari faoliyat koʻrsatayotgan kasbiy taʼlim tashkiloti rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
8. Quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:
fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari;
pedagogik faoliyat boʻyicha uch yildan kam boʻlgan ish stajiga ega ishlab chiqarish taʼlimi ustalari;
homilador ayollar, ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;
uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni oʻtayotgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan bir pogʻona oshirilgan vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida;
respublika va chet el davlatlariga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, ular chet elda boʻlgan davrda. Ushbu ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malaka toifalari navbatdagi tashkil etiladigan malaka sinovlarigacha saqlanadi;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish oʻrinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq mazkur bandda koʻrsatilmagan boshqa ishlab chiqarish taʼlimi ustalari ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinishi mumkin.
9. Quyidagi ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan bir pogʻonaga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari;
“Ustoz” milliy mukofoti gʻoliblari;
Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalari;
respublika miqyosidagi koʻrik-tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari.
10. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga birinchi va ikkinchi malaka toifalari besh yil muddatga beriladi.
11. Attestatsiyada qatnashib, malaka toifasiga ega boʻlgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga amaldagi malaka toifasi boʻyicha ish haqi toʻlanadi.
Bunda, ish haqini toʻlash, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malaka sertifikatini amal qilish muddati davrida amalga oshiriladi.
12. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining rahbarlari:
navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish muddati tugashidan olti oy oldin ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilishi;
ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirishi hamda attestatsiyadan oʻtish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholashni tashkil etishi lozim.
13. Attestatsiyaga doir tashkiliy masalalar Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
14. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari asosiy ish joyi boʻyicha attestatsiyaga jalb etiladi. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan va asosiy ish joyi boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shugʻullanmaydigan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlaridan oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilishi mumkin.
15. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malaka toifalari boshqa taʼlim tashkilotlariga ishga oʻtganda saqlab qolinadi.
16. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oliy yoki oʻrta maxsus (kasbiy taʼlim) maʼlumot olganligi, norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish (“Recognition of Prior Learning”) diplom yoki sertifikatlar shuningdek qayta tayyorlash kursidan oʻtganligi haqidagi diplomida koʻrsatilgan mutaxassisligi yoki ixtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.
17. Attestatsiyadan oʻtish uchun ishlab chiqarish taʼlimi ustalari har yili 1-avgustdan 1-oktabrga qadar bevosita pedagog.edu.uz elektron axborot tizimidan (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladilar.
Attestatsiyadan oʻtish yoki toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtmasdan malaka toifasini bir pogʻonaga oshirish uchun murojaat qilgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mustaqil ravishda axborot tizimi orqali ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq soʻrovnomalarni elektron tarzda toʻldiradi.
Soʻrovnomalarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ishlab chiqarish taʼlimi ustasining taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma);
qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma.
Zaruratga koʻra, maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida, ishlab chiqarish taʼlimi ustasidan quyidagi qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin:
ishlab chiqarish taʼlimi ustasining familiyasi yoki ismi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
ishlab chiqarish taʼlimi ustasining malaka toifasi bir pogʻonaga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatlar.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalaridan ushbu bandda koʻrsatilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga ishlab chiqarish taʼlimi ustasi masʼul hisoblanadi.
18. Hujjatlar toʻliq taqdim etilganda Agentlik tomonidan hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida axborot tizimi orqali ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xabarnoma yuboriladi. Shuningdek, ishlab chiqarish taʼlimi ustasi tomonidan axborot tizimiga kiritilgan telefon raqamga avtomatik tarzda SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ushbu xabarnomada ishlab chiqarish taʼlimi ustasining attestatsiyaga jalb qilish sanalari, jalb qilinadigan yoʻnalishi, shaxsiy maʼlumotlari aks ettiriladi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan elektron yoki bosma ravishda taqdim etilganda, attestatsiya jarayoniga kirish uchun ruxsatnoma sifatida foydalaniladi.
19. Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda ishlab chiqarish taʼlimi ustaning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash Agentlikda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. Mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, tegishli vakolatli tashkilotlarga soʻrovnoma yuboriladi.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar Agentlik tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
20. Agentlik tomonidan quyidagi holatlarda hujjatlarni qabul qilishda rad etilishi mumkin:
ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani maʼlum boʻlib qolganligi;
soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi.
Mazkur bandda koʻrsatilgan asoslardan boshqa holatlar boʻyicha hujjatlarni qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
21. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi attestatsiyadan oʻtkazishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqli (navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish holatlari bundan mustasno).
22. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiya oʻtkazish reja grafigi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
4-bob. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish
23. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi hamda ikkita bosqich boʻyicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.
Bunda:
birinchi bosqichda — ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi baholanadi (20 ballik);
ikkinchi bosqichda — ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining nazariy va amaliy koʻnikmalari baholanadi (80 ballik).
24. Birinchi bosqichda ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq baholanadi.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi har bir attestatsiya uchun alohida baholanadi. Bunda oldingi attestatsiya jarayonida baholash obyekti boʻlgan koʻrsatkichlar keyingi attestatsiyaning pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash bosqichida hisobga olinmaydi.
25. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotnomaga kiritilib, kasbiy taʼlim tashkiloti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda, Agentlikka topshirish uchun ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga taqdim etiladi.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnomada necha ball koʻrsatilganidan qatʼiy nazar, attestatsiyaning keyingi bosqichida ishtirok etadi.
Pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma attestatsiyadan oʻtish uchun hujjat topshirish boshlangan sanaga qadar koʻpi bilan toʻrt oy muddat ichida berilgan boʻlishi lozim.
26. Ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining kasbiy standartlari hamda lavozim va kasb boʻyicha malakasiga qoʻyiladigan talablar mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq baholanadi.
27. Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining mutaxassisligi va ixtisosligiga mos ravishda tuzilgan topshiriqlar asosida nazariy va amaliy mashgʻulotlar shaklida oʻtkaziladi.
Nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladigan kasbiy taʼlim tashkilotlari Agentlik tomonidan Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) va hududiy boshqarmalar takliflariga asosan belgilanadi.
Bunda, hududiy boshqarmalar taʼlim tashkilotlarida amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilishiga masʼul hisoblanadi.
28. Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlagan attestatsiya komissiyalari (bundan buyon matnda attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Attestatsiya komissiyalari tarkibi Institut tomonidan kamida besh nafar aʼzodan, shu jumladan, attestatsiya komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari va kotibidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Attestatsiyada komissiya raisi ishtirok etmagan taqdirda, raislik vazifasini uning oʻrinbosari bajaradi.
Attestatsiyadan oʻtayotgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining sonidan kelib chiqib attestatsiya komissiyasi tarkibiga qoʻshimcha mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
29. Attestatsiya ikkinchi bosqichining nazariy va amaliy mashgʻulot topshiriqlari Institut tomonidan tuziladi.
30. Attestatsiyani topshirish jarayonida ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga quyidagilar taqiqlanadi:
qonunchilik hujjatlari, yoʻriqnoma materiallar, maxsus adabiyotlar hamda shpargalkalardan foydalanish;
uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
boshqa ishtirokchilar bilan muloqot qilish;
boshqalar bilan suhbatlashish;
ishlab chiqarish taʼlimi ustasining oʻrniga boshqa shaxs kirishi;
attestatsiya oʻtkazish joyidan sababsiz tashqariga chiqish.
31. Attestatsiya komissiyasi:
ishlab chiqish taʼlimi ustalarini nazariy va amaliy koʻnikmalarini mazkur Nizomning 5-ilovasidagi baholash mezonlariga muvofiq baholaydi;
nazariy va amaliy mashgʻulot natijalarini baholashda adolatli, shaffof hamda xolis boʻladi;
mazkur Nizomni 30-bandi talablarini buzgan ishlab chiqish taʼlimi ustalarini attestatsiya jarayonlaridan chetlashtiradi;
imtihon vaqtida ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini vaqt meʼyorlariga amal qilishini taʼminlaydi.
32. Attestatsiya komissiyasi xulosasi komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, haqiqiy hisoblanadi.
33. Nazariy va amaliy mashgʻulotda ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga 1 ta topshiriq beriladi.
Topshiriqqa tayyorgarlik koʻrish, uning nazariy qismiga javob berish hamda amaliy qismini bajarish uchun jami 30 daqiqa ajratiladi.
34. Attestatsiya komissiyasi ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini nazariy va amaliy mashgʻulotni bajarishidan oldin topshiriq mazmuni, texnik shartlar, baholash mezonlari, ajratilgan vaqt meʼyori hamda texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiradi. Shuningdek, attestatsiya jarayoni videokuzatuv orqali qayd etib boriladi.
35. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari attestatsiyaning ikkinchi bosqichi natijasi bilan tanishtiriladi hamda tanishganligini tasdiqlash uchun qaydnomaga imzo qoʻyadi.
36. Agentlik va Institutning xodimlari, attestatsiya komissiyasi aʼzolari hamda attestatsiya topshiruvchi ishlab chiqarish taʼlimi ustalaridan boshqa shaxslar attestatsiyaning ikkinchi bosqichiga kiritilmaydi.
37. Ikkita bosqich natijalariga koʻra:
1) birinchi malaka toifali taʼlim ustalari:
70 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, birinchi malaka toifasi saqlangan;
70 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, ikkinchi malaka toifasiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bundan mustasno);
2) ikkinchi malaka taʼlim ustalari:
70 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, birinchi malaka toifasi berilgan;
69 balldan 60 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, ikkinchi malaka toifasi saqlangan;
60 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, malaka toifasiz ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan ishlab chiqarish taʼlimi ustasi bundan mustasno);
3) malaka toifasiz ishlab chiqarish taʼlimi ustasi:
60 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, ikkinchi malaka toifasi berilgan;
55 balldan 59 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, malaka toifasiz taʼlim ustasi lavozimi saqlangan;
55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, malaka toifasiz ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan ishlab chiqarish taʼlimi ustasi bundan mustasno) hisoblanadi.
38. Malaka toifasiz ishlab chiqarish taʼlimi ustasi navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan malaka toifasiz ishlab chiqarish taʼlimi ustasini navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan ikki marta jalb etadi. Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinadi.
39. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
40. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi bir pogʻona tushiriladi.
41. Institut attestatsiya yakunlanganidan soʻng oʻn ish kunida Agentlikka attestatsiya natijalari boʻyicha yakuniy hisobot taqdim etadi.
42. Attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugagan va navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod etilmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga malaka toifasiz ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimi boʻyicha haq toʻlanadi.
43. Attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugab, malaka toifasiz ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimi boʻyicha haq toʻlanayotgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari navbatdagi majburiy attestatsiyaga oxirgi olgan malaka toifasi boʻyicha jalb qilinadi.
44. Attestatsiya jarayonlari yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda Agentlik direktorining buyrugʻi bilan attestatsiya natijalariga koʻra birinchi va ikkinchi malaka toifalari berilgan hamda toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan malaka toifalari bir pogʻonaga oshiriladigan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining roʻyxati tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan roʻyxatga asosan ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga mazkur Nizomga 6 va 7-ilovalariga muvofiq shakldagi QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari axborot tizimida joylashgan shaxsiy kabinetiga kirish orqali elektron shakldagi sertifikatni yuklab olishi mumkin.
5-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish
45. Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan taʼlim ustalari natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin. Ariza (shikoyat) roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda koʻrib chiqiladi. Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.
46. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya boshlangandan keyin oʻn kun ichida Agentlik direktorining buyrugʻiga koʻra yetti kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Agentlik direktorining oʻrinbosari (komissiya raisi), sohaga masʼul tarkibiy boʻlinmasi rahbari (komissiya raisi oʻrinbosari), Agentlik xodimlari (bir nafari — komissiya kotibi), kasaba uyushmasi vakili hamda xodimlaridan iborat boʻladi.
Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi apellyatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqda belgilanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Attestatsiya komissiyasi tarkibidan aʼzo kiritilmaydi. Apellyatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish uchun jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
47. Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega boʻladi. Murojaat etuvchi ishlab chiqarish taʼlimi ustalari apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati koʻrib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.
48. Apellyatsiya komissiyasi ishlab chiqarish taʼlimi ustasining attestatsiya jarayonlariga oid murojaatini koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
ishlab chiqarish taʼlimi ustasining toʻgʻri baholanganligi, nazariy va amaliy mashgʻulot topshiriqlarida xato va kamchiliklar, shuningdek, sinovlarni oʻtkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, attestatsiya natijalarini oʻzgartirishsiz qoldirish;
ishlab chiqarish taʼlimi ustasining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi notoʻgʻri baholanganligi, nazariy va amaliy mashgʻulot topshiriqlarida xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, attestatsiya natijalarini oʻzgartirish;
attestatsiya oʻtkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, nazariy va amaliy mashgʻulot topshiriqlarining qaytadan topshirilishini tashkil etish.
6-bob. Yakuniy qoidalar
49. Attestatsiya komissiyasi yoki apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ishlab chiqarish taʼlimi ustasini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha
SOʻROVNOMA
____________________ ____________________ (sanasi) (raqami) I. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi haqida maʼlumot: 1. Familiyasi: 2. Ismi: 3. Otasining ismi: 4. Jinsi: 5. Biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami): 6. Kasbiy taʼlim tashkiloti joylashgan tuman (shahar): 7. Kasbiy taʼlim tashkiloti nomi yoki raqami: 8. Kasbiy taʼlim tashkiloti turi: 9. Kasbiy taʼlim tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli (davlat, nodavlat): 10. Attestatsiya turi (navbatdagi, navbatdan tashqari): 11. Attestatsiyadan oʻtayotgan oʻquv amaliyoti (fani): 12. Attestatsiyadan oʻtadigan tili: 13. Amaldagi malaka toifasi toʻgʻrisida maʼlumot (sertifikat seriyasi, raqami va berilgan vaqti): 14. Yashash joyi: 15. Telefon raqami: 16. Elektron pochta manzili (e-mail): II. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar: 1. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasining taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma); 2. Qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa); 3. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtmasdan bir pogʻona oshirilgan malaka toifasi sertifikatini olish uchun
SOʻROVNOMA
____________________ ____________________ (sanasi) (raqami) I. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi haqida maʼlumot: 1. Familiyasi: 2. Ismi: 3. Otasining ismi: 4. Jinsi: 5. Biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami): 6. Kasbiy taʼlim tashkiloti joylashgan tuman (shahar): 7. Kasbiy taʼlim tashkiloti nomi yoki raqami: 8. Kasbiy taʼlim tashkiloti turi: 9. Kasbiy taʼlim tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli (davlat, nodavlat): 10. Toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtmasdan bir pogʻona oshirilgan malaka toifasi sertifikatini olishga asos 11. Sertifikat olinadigan oʻquv amaliyoti (fani) nomi: 12. Yashash joyi: 13. Telefon raqami: 14. Elektron pochta manzili (e-mail): II. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar: 1. Ishlab chiqarish taʼlimi ustasining taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma); 2. Qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa); 3. Toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtmasdan bir pogʻona oshirilgan malaka toifasi sertifikatini olish uchun asos boʻladigan hujjatlar.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini
BAHOLASH MEZONLARI
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan
MAʼLUMOTNOMA
____________________________________________________________________________________________________(respublika, viloyat, tuman (shahar) nomi)________________________________________________ ____________________________________ fani oʻqituvchisi__________ (taʼlim tashkilotining nomi va raqami) _____________________ (yoʻnalish nomi)_______________________________________________________ning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi_______________________ (F.I.O.)_________________________________________________________________________________ ball bilan baholandi._______________Gʻ_________ (toʻplangan ball raqam va soʻz bilan)Mazkur maʼlumotnoma 20______ yil _______ ___________________________________dagi___________________________ raqamli sertifikat asosida _________________________________________________ (sertifikat seriyasi va raqami) ________________________________________ (malaka toifasi nomi)malaka toifasiga ega ishlab chiqarish taʼlimi ustasiga 20____ yil ____ ______________ oylarida oʻtkaziladigan ________________________________________________ attestatsiyada ishtirok etish uchun berildi.________________________ (attestatsiya turi)Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi 20____ yil ____ ____________da navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazilgan.Asos: ______________________________________________________________________________________________(pedagogik (kuzatuv) kengashining qarori yoki jalb qilingan_____________________________________________________________________________________________________tashkilot xulosasi)Kasbiy taʼlim tashkiloti rahbari: __ ____________ __________ __________________________________________________________________ (imzo) ______________________ (rahbarning F.I.O.)M.Oʻ.Roʻyxatdan oʻtkazish raqami: _____________________________Berilgan sanasi: _____________________________________________________________________ (kun, oy, yil)
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini nazariy bilimlarini
BAHOLASH MEZONLARI
Izoh: Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini nazariy bilimlarini baholashda maksimal 20 ball beriladi.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini amaliy koʻnikmalarini
BAHOLASH MEZONLARI
Izoh:
* Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini amaliy koʻnikmalarini baholashda maksimal 60 ball beriladi.
** Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida inson hayoti yoki sogʻligiga xavf soladigan xatolikka yoʻl qoʻysa attestatsiya jarayonidan chetlantiriladi.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning
DAVLAT NAMUNASI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi __________________________________________________________________(sertifikatni bergan Agentlikning nomi) ISHLAB CHIQARISH TAʼLIMI USTASINING ATTESTATSSIYADAN OʻTGANLIGI TOʻGʻRISIDASERTIFIKAT Sertifikat seriyasi Sertifikat raqami Ishlab chiqarish taʼlimi ustasi toʻgʻrisida maʼlumot: Shaxsiy kodi: Familiyasi Ismi Otasining ismi Tugʻilgan vaqti Ish joyi Tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoxud ixtisoslik nomi________________________________________________________________________________________ Attestatsiya natijasida toʻplangan ball: Birinchi bosqich boʻyicha bilim darajasini baholash natijasi Ikkinchi bosqich boʻyicha bilim darajasini baholash natijasi Jami toʻplangan ball________________________________________________________________________________________ Attestatsiya natijasida berilgan malaka toifasi________________________________________________________________________________________ Berilgan sana Amal qilish muddati Sertifikatni imzolagan shaxs QR-kod
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Ishlab chiqarish taʼlimi ustasining toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtmasdan bir pogʻona oshirilgan malaka toifasi sertifikatining
DAVLAT NAMUNASI
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi__________________________________________________________________(sertifikatni bergan Agentlikning nomi)ISHLAB CHIQARISH TAʼLIMI USTASIGA TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI ATTESTATSSIYADAN OʻTMASDAN BIR POGʻONA OSHIRILGAN MALAKA TOIFASI TOʻGʻRISIDASERTIFIKATSertifikat seriyasiSertifikat raqamiIshlab chiqarish taʼlimi ustasi toʻgʻrisida maʼlumot:Shaxsiy kodi:FamiliyasiIsmiOtasining ismiTugʻilgan vaqtiIsh joyiTayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi,mutaxassislik yoxud ixtisoslik nomi_______________________________________________________________________________________Toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtmasdan bir pogʻona oshirilgan malaka toifasini berish uchun asos(mazkur Nizomning 9-banddagi holatlaridan biri koʻrsatiladi)Toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtmasdan berilgan malaka toifasi_______________________________________________________________________________________Berilgan sanaAmal qilish muddatiSertifikatni imzolagan shaxsQR-kod
