Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida taʼlim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-209-son)
01.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Arxitektura va qurilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonlarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, ilm-fan va amaliyotning oʻzaro uygʻunligini barqaror taʼminlash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni joriy qilish, zamonaviy qurilishning yangi yoʻnalishlari uchun ilmiy yechimlarni ishlab chiqish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida erishiladigan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
(a) dual taʼlim shaklini toʻliq joriy qilish orqali taʼlim jarayonlarining amaliyot bilan integratsiyasini taʼminlash;
(b) 2029-yilda dunyoning nufuzli Quacquarelli Symonds (QS) va Times Higher Education (THE) tashkilotlari reytinglarida sohalar boʻyicha birinchi 1000 talik roʻyxatdagi oliy taʼlim tashkilotlari qatoriga kirish;
(v) oʻquv va boshqaruv jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;
(g) ilmiy salohiyatni eksport qilish doirasida 2028-yil yakuniga qadar Universitet brendini shakllantirib, xorijiy davlatlardan kamida 1 000 nafar talabani jalb qilish;
(d) 2026/2027 oʻquv yiliga qadar taʼlim jarayonlarini tashkil etish, laboratoriyalarni jihozlash va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun kamida 10 million dollar miqdorida investitsiyalar jalb qilish.
II. Universitetda taʼlim berish jarayonlarini takomillashtirish.
2. 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Toshkent arxitektura-qurilish universitetida (keyingi oʻrinlarda — Universitet) oʻqitishning dual taʼlim shakli joriy etilsin.
Belgilansinki, dual taʼlim dasturi kredit-modul tamoyili asosida bakalavriat bosqichining:
(a) birinchi kurs talabalari uchun — taʼlim dasturlarining 60 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 40 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida;
(b) ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi kurs talabalari uchun — taʼlim dasturlarining 40 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 60 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida oʻtkaziladi.
3. Universitetga qurilish sanoati korxonalarida kafedralar filiallarini tashkil etish va taʼlim dasturlarining nazariy qismini ishlab chiqarish jarayoni orqali oʻqitishga ruxsat etilsin. Bunda:
(a) talabalarga dars berish uchun amaliyotda faoliyat yuritayotgan tegishli yoʻnalishlardagi tajribali mutaxassislar Universitet kafedralari va ularning filiallariga jalb qilinadi;
(b) tegishli qurilish sanoati korxonalari faoliyatidagi dolzarb masalalarga oid talabalarning kurs loyihalari, bitiruv malakaviy ishlari va diplom loyihalari, magistrant va doktorantlarning dissertatsiyalari ushbu tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilinadi;
(v) Universitet kafedralarining professor-oʻqituvchilari oʻquv reja va dasturlarini qurilish sanoati korxonalari mutaxassislari bilan birgalikda doimiy takomillashtirib boradi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytinglarida arxitektura, qurilish va muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha har oyda kamida 30 nafar talaba (izlanuvchi) yoki oʻquvchi amaliyot oʻtashi boʻyicha koʻrsatkich kiritiladi hamda buning uchun tashkilotlarga qoʻshimcha 0,5 ball beriladi;
(b) amaliyot oʻtayotgan talaba, oʻquvchi va izlanuvchilar maʼlumotlari tegishli taʼlim tashkiloti tomonidan “Shaffof qurilish” va “HEMIS” axborot tizimlarining integratsiyasi doirasida yetkaziladi.
5. 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab oʻquv yili rejalashtirilishi jarayonida tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar va laboratoriya ishlarining kamida 25 foizini xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan oʻtkazish nazarda tutilishi belgilansin.
6. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab tajriba-sinov tariqasida “maktab — texnikum (litsey) — universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyilsin. Belgilansinki, tajriba-sinov amaliyoti doirasida:
(a) Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumtaʼlim maktablari Universitetga biriktiriladi va Universitet:
(i) har oyda bir marotaba 7 — 9-sinf oʻquvchilarini ularning qiziqishlari doirasida geometriya, chizmachilik, fizika fanlarining arxitektura, dizayn, muhandislik va sunʼiy intellektga oid mavzularini Universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashgʻulot sifatida oʻqitadi va shu orqali ularni tegishli texnikumlarga tayyorlash choralari koʻriladi;
(ii) oʻquvchilarning Universitet laboratoriyalariga xavfsiz borib kelishlarini taʼminlaydi;
(b) Universitet huzuridagi akademik litsey va texnikumlar oʻquvchilari Universitet kafedralariga biriktirilib:
(i) ular uchun har oyda kamida bir marotaba Universitet laboratoriyalarida amaliy mashgʻulotlar olib boriladi;
(ii) Universitetga kirish imtihonlari fanlari boʻyicha qoʻshimcha onlayn mashgʻulotlar tashkil etiladi.
III. Universitet faoliyatini raqamlashtirish
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Universitetning oʻquv va boshqaruv jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilansinki, birinchi bosqichda 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
(a) Universitetda taʼlim jarayonlarini raqamlashtirish doirasida:
(i) sunʼiy intellekt texnologiyalari orqali oʻquv jarayonlari va amaliy mashgʻulotlar tahlili olib boriladi, aniqlangan koʻrsatkichlar asosida dars jarayonlari sifatini oshirish choralari koʻriladi;
(ii) talabalar va magistrantlar ishtirokida taʼlim dasturlari sifati va ularni oʻqitish uslubi boʻyicha onlayn soʻrovnomalar oʻtkazilib, takliflar asosida doimiy takomillashtirib boriladi;
(iii) talabalar va magistrantlarning taʼlim jarayonlarida ishtirok etishini onlayn kuzatish va qayd qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
(iv) kafedralar, fakultetlar va laboratoriyalar uchun belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish tahlili yuritiladi va ular shu asosda avtomatik baholanadi;
(b) Universitetda boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish doirasida:
(i) qogʻoz shaklidagi hujjatlar almashinuvi toʻliq bekor qilinib, elektron shaklda amalga oshiriladi;
(ii) Universitet balansida mavjud barcha mol-mulkning yagona onlayn-elektron roʻyxati yuritiladi;
(iii) xodimlar va professor-oʻqituvchilar belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishishi tahlili hamda ular asosida ish haqi tayinlanishi inson omilisiz amalga oshiriladi;
(iv) sarflanayotgan mablagʻlar tegishli yil uchun tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiqligi hamda xarajatlar dinamikasi elektron nazorat qilinadi.
IV. Ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga integratsiya qilish
8. Qurilish sohasida yangi ilmiy ishlanma va innovatsiyalarni sinovdan oʻtkazib, amaliyotga kiritishning mutlaqo yangi tartibini joriy qilish maqsadida 2025-yil 1-sentabrdan boshlab “Universitet — laboratoriya — korxona — vazirlik” ekotizimi (keyingi oʻrinlarda — Ekotizim) joriy etilsin. Ekotizim doirasida har yili:
(a) Universitet:
(i) hamkorlik qilayotgan qurilish sanoati korxonalaridan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha buyurtmalar qabul qilinishini;
(ii) talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi 20 ta gʻoya” tanlovini eʼlon qilib, saralab olinishini;
(iii) gʻolib loyihalar boʻyicha laboratoriyalarda tadqiqotlar oʻtkazilishini, uning natijalari Universitet Ilmiy-texnik kengashida muhokamadan oʻtkazilib, buyurtmachi qurilish sanoati korxonalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
(b) Universitet va Savdo-sanoat palatasi ilmiy tadqiqot natijalari gʻoya mualliflari va professor-oʻqituvchilar ishtirokida qurilish sanoati korxonalari va obyektlarida sinab koʻrilishini taʼminlaydi;
(v) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan ilmiy tadqiqot natijalari boʻyicha qurilish sohasidagi normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
(g) Savdo-sanoat palatasi amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar mualliflarini Savdo-sanoat palatasi Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari miqdorida moliyaviy ragʻbatlantiradi.
9. Belgilansinki, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
(a) davlat oliy taʼlim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yoʻnalishidagi barcha laboratoriyalari faoliyati Universitet tomonidan “UniLab” platformasi orqali Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻmagida muvofiqlashtirib boriladi;
(b) hamkorlik va buyurtmalar doirasida kelib tushayotgan loyihalar Universitet tomonidan laboratoriyalar oʻrtasida ularning ilmiy salohiyati va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, taqsimlanadi.
10. Universitet tuzilmasida amaldagi shtat birliklari doirasida Universitet rektori rahbarligida faoliyat yurituvchi Hududlarning arxitektura va shaharsozlik qiyofasini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(a) “Aqlli va xavfsiz shahar” modelini yaratish;
(b) jamoat parklari va koʻchalarning dizayn kodlarini ishlab chiqish hamda joriy etish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
(v) qurilish maydonlarini tartibga solish, aholi uchun noqulayliklar yaratuvchi salbiy omillarni bartaraf etish yechimlarini ishlab chiqish;
(g) aholi orasida qurilish madaniyatini shakllantirish, yakka tartibdagi uy-joylarni tartibli qurish boʻyicha zamonaviy yondashuvlarni targʻib qilish;
(d) yangi qurilayotgan binolar maydonlarini oʻlchash va xonalarini loyihalashning ilgʻor metodikalarini ishlab chiqish;
(e) qurilish jarayonlari davomiyligini sifatni taʼminlagan holda qisqartirish boʻyicha ilmiy yechimlarni tayyorlash;
(j) jamoat binolari va koʻp kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini loyihalashtirish;
(z) madaniy meros obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va restavratsiya qilish rejalarini ishlab chiqish;
(i) hududlardagi quruvchilar va muhandis-konstruktorlar uchun onlayn konsultatsiyalar hamda malaka oshirish kurslarini oʻtkazish.
Belgilansinki, Markaz oʻz faoliyatini tuman va shaharlar hokimliklari bilan, shu jumladan, xoʻjalik shartnomalari asosida bevosita hamkorlikda olib borib, har chorakda yangi loyihalarni taqdim etadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Markaz faoliyatini mahalliy hokimliklar bilan birgalikda tashkil etishda Universitetga amaliy yordam koʻrsatib borsin.
11. Universitetning Markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish doirasida quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
(a) professor-oʻqituvchilar va izlanuvchilarni tuman (shaharlar)ga biriktirish hamda reja-grafikka asosan tegishli hududlarda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
(b) oʻrganishlar yakuniga koʻra, mahalliy hokimliklar bilan hududlarda binolar, jamoat parklari va koʻchalarning milliy arxitektura qiyofasini yaratish boʻyicha modellarni ishlab chiqish;
(v) professor-oʻqituvchilarga oylik ish haqini belgilash doirasida ustamalarga hududlardan jalb qilingan har bir loyiha uchun qoʻshimcha samaradorlik koʻrsatkichini kiritish, izlanuvchilarni moliyaviy ragʻbatlantirish.
V. Nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish
12. Universitet va Germaniya Federativ Respublikasining Bauxaus-Veymar universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik doirasida:
(a) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Universitetning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari hamda doktorantlarining almashinuv dasturlari boʻyicha Bauxaus universitetida tahsil olishiga;
(b) almashinuv dasturi boʻyicha talabalar hamda doktorantlar safar xarajatlarini Universitetga ajratilayotgan xorijiy grant mablagʻlari hisobidan qoplashga ruxsat etilsin.
13. Universitet professor-oʻqituvchilarining sifatli malaka oshirishini tashkil etish maqsadida:
(a) har chorakda kamida bir marotaba Germaniya, Yaponiya, Malayziya, Polsha kabi davlatlar olimlari ishtirokida seminarlar;
(b) har akademik yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Italiya, AQSH, Rossiya, Xitoy, Malayziya kabi davlatlarga stajirovkalar tashkil etib borilsin.
Belgilansinki, professor-oʻqituvchilarning malaka oshirishini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar tegishlicha grantlar va homiylik mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
VI. Arxitektura va qurilish sohasining yangi yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy asoslarni yaratish
14. Universitet huzurida “Yashil” qurilish ilmi va texnologiyalarini joriy qilish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(a) energotejamkor, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ekologik qurilish materiallarini ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish;
(b) “yashil” standartlarni mintaqaning iqlim va ekologik sharoitlariga moslashtirish ilmini yaratish;
(v) “yashil” qurilish texnologiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish loyihalarini ishlab chiqish;
(g) “yashil” qurilish yoʻnalishida kadrlar tayyorlash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
(d) shaharlar va massivlarni yashillashtirish modellarini yaratish.
15. Belgilansinki:
(a) Kengash tarkibi Universitet rektori tomonidan nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari professorlari, xalqaro sertifikatga ega mutaxassislar va boshqa olimlardan shakllantiriladi;
(b) har chorakda mazkur yoʻnalishda yangi ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi;
(v) Kengash takliflari qurilish, ekologiya va energetika sohalariga masʼul davlat organlari tomonidan konsilium shaklida koʻrib chiqiladi hamda ularni amalga oshirish yuzasidan har yili qoʻshma harakatlar rejasi tasdiqlanadi.
16. Arxitektura va qurilish sohasidagi mavjud muammolarning ilmiy yechimlarini amaliyotga joriy qilish maqsadida 2025-yil 1-avgustdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) har chorakda Universitet professor-oʻqituvchilari va izlanuvchilarining qurilish sanoati korxonalari vakillari bilan ochiq muloqoti tashkil etiladi;
(b) ochiq muloqot jarayonida qurilish sohasidagi muammolar va yangi yoʻnalishlar muhokama qilinadi, natijasi boʻyicha yangi ilmiy yechimlarni joriy qilish yuzasidan Universitet va ishlab chiqaruvchi hamda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida xoʻjalik shartnomalarini tuzish imkoniyati yaratiladi;
(v) har yarim yilda:
(i) davlat buyurtmasi asosida respublika miqyosida qurilishi rejalashtirilgan xavflilik omili III-IV toifa boʻlgan obyektlar loyihalari Universitet huzuridagi Ilmiy-texnik kengashda talaba, magistrant va izlanuvchilar bilan muhokama qilinadi;
(ii) muhokamalarda yangi konstruktiv va seysmik yechimlar ishlab chiqilib, loyihalarni takomillashtirish boʻyicha takliflar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga taqdim etiladi;
(g) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi har yili 1-dekabrga qadar qurilish sohasida yangi konstruktiv yechimlar, normativ hujjatlar va muammolar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish uchun Universitetga mavzular roʻyxatini taqdim etib boradi.
VII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
17. Quyidagilar:
(a) Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga;
(b) Toshkent arxitektura-qurilish universitetini 2030-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-416-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B. Toʻlaganov, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vaxobov belgilansin.
20. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-iyul,
PQ-209-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi PQ-209-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatlariMoliyalashtirish manbalariMasʼullarI. Toshkent arxitektura-qurilish universitetini rivojlantirish chora-tadbirlari1.Toshkent arxitektura-qurilish universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash.1. Universitetning yangi ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.2. Universitet oldiga qoʻyilgan yangi maqsadlar va vazifalar yuzasidan nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribalarini tahlil qilish hamda fakultetlar, umumkasbiy va mutaxassislik kafedralari, funksional boʻlimlar tarkibini qaytadan koʻrib chiqish orqali Universitetning takomillashtirilgan tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabr-Universitet Kuzatuv kengashi,Universitet2.Universitetni uzoq va oʻrta muddatli strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.1. Strategik rivojlantirish dasturi loyihasini ishlab chiqish hamda ekspertlar muhokamasidan oʻtkazish.2. Ishlab chiqilgan dastur loyihasini Universitetning Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash.2025-yil dekabrUniversitet mablagʻlariUniversitet,Universitet Kuzatuv kengashi3.Universitetning moliyaviy barqarorligini yanada oshirish.1. Taʼlim, ilm-fan va uning natijalarini tijoratlashtirish boʻyicha tijorat va notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.Doimiy ravishdaUniversitet mablagʻlariUniversitet,Universitet Kuzatuv kengashi2. Universitetning 2026-yilda kutilayotgan daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida prognoz koʻrsatkichlarni aniqlash.2025-yil dekabr3. Milliy, xalqaro grantlar hamda homiylik va xayriya mablagʻlarini jalb qilish.Doimiy ravishda4.Universitetning 2026-yilga qadar xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning sohaviy yoxud mintaqaviy, 2030-yilga qadar global reytingiga kirishiga erishish boʻyicha tizimli va samarali ishlarni olib borish.1. Universitetni xalqaro reytinglarga kiritish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish.Doimiy ravishdaUniversitet mablagʻlariUniversitet,Universitet Kuzatuv kengashi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Tahlil natijasida Quacquarelli Symonds (QS) va Times Higher Education (THE) xalqaro reytinglarida ishtirok etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.2025-yil dekabr3. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi ustidan monitoring yuritish.Reja-jadval asosida5.Universitetning soha yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli tashkilotlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish, Universitetning oʻquv, ilmiy va boshqaruv jarayonlariga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish.1. Soha yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlar hamda ularda faoliyat olib borayotgan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish.2. Nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlardagi ilgʻor texnologiyalar bilan tanishish hamda ularni oʻquv va amaliyot jarayonlariga tatbiq etish boʻyicha kelishuvga erishish.3. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni Universitetdagi oʻquv va ilmiy jarayonlarga jalb etish.Doimiy ravishdaUniversitet mablagʻlariUniversitet,manfaatdor vazirlik va idoralar,ish beruvchi tashkilotlar6.Xorijiy investitsiyalar va tashqi begʻaraz koʻmak (grant) mablagʻlarini jalb etish va oʻzlashtirish.1. Universitetning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarning koʻmagini tashkil etish.2. Xorijiy fondlar va agentliklar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.3. Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini tizimli yoʻlga qoʻyish va investitsiyalarni jalb qilish.2025-yil sentabrdan boshlab-Universitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi7.Universitetda yoshlar oʻrtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.1. Yozgi maktablarni tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil iyulUniversitet mablagʻlariUniversitet,Yoshlar ishlari agentligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Yozgi maktablarni tashkil etishga doir xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish va ularda talaba-yoshlar ishtirokini tashkillashtirish.Doimiy ravishda3. Respublika boʻylab yozgi maktablarni targʻib qilish tadbirlarini oʻtkazish.Doimiy ravishda8.Universitetda taʼlim eksportini rivojlantirish.1. Bino va inshootlarni loyihalash va dizayn yoʻnalishlarida Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Ummon, Quvayt, Ruanda va boshqa xorijiy davlatlarda loyihalar tenderlarida ishtirok etib, ilmiy salohiyatni eksport qilish va sohaga investitsiyalarni jalb qilish choralarini koʻrish.2025-yil 1-avgustdan boshlab har yiliUniversitet mablagʻlariUniversitet2. Har yili Buyuk Britaniya (shu jumladan, Xalqaro malakalar va baholash markazi hamda IQF tashkiloti hamkorligi doirasida), Germaniya, Italiya, Xitoy, Polsha, Belarus, Qozogʻistonning arxitektura va qurilish sohasidagi nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan kamida 200 nafar talaba va magistrantlar uchun almashinuv dasturlari yoʻlga qoʻyilishi boʻyicha kelishuvlarni yakunlash.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab3. Turli soha va yoʻnalishlarda, Universitet yoki Savdo-sanoat palatasining tashabbusiga koʻra, xorijiy davlatlar bozorlariga kirish doirasida Universitetga uning ilmiy salohiyatini eksport qilishi uchun arxitektura va qurilish sohasida xorijiy korxonalar bilan aloqalar oʻrnatishga amaliy yordam koʻrsatib borish.Har yili 1-dekabrga qadar-Savdo sanoat palatasi9.Universitetda oʻquv jarayonlarini sifatli tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.Sobiq Toshkent mashinasozlik kasb-hunar kollejining Toshkent shahri, Yunusobod tumanining 14-mavzesida joylashgan bino-inshootlarini tegishli mol-mulki, jihozlari va vositalari bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida Universitetga bepul oʻtkazish.2025/2026 oʻquv yiliga qadar-Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,UniversitetII. Universitetda taʼlim jarayonlarini sifatli va samarali tashkil etish10.Universitet oʻquv-uslubiy hujjatlarini hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasasi takliflari va xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik roʻyxatiga kirgan universitetlarning taʼlim dasturlari asosida ishlab chiqish.1. Taʼlim dasturlarini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalarining dasturlari asosida shakllantirish.2. Tanlov fanlarini kadrlar buyurtmachilari bilan shakllantirish.3. Taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari sonini oshirish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab-Universitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi11.Universitetning alohida guruhlarida darslarni xorijiy tillarda oʻtkazishni tashkil etish.1. Taʼlim jarayoni xorijiy tilda oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini belgilash.2. Xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirgan professor-oʻqituvchi va talabalarni saralab olish hamda talabalarga mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda oʻqitish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab-Universitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi12.Xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini rivojlantirish.1. Xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olingan oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabUniversitet mablagʻlari,homiylik va xayriya mablagʻlariUniversitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi2. Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarida oʻquv jarayonini xorijiy tillarda tashkil etish.3. Qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida xorijiy talabalarni jalb qilish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab2025/2026 oʻquv yilidan boshlab13.Universitetda nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish.1. Universitetga jalb qilingan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil avgustUniversitet mablagʻlari,grant mablagʻlarUniversitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,Ichki ishlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Universitetni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingiga kiritish maqsadida oʻquv va ilmiy jarayonlarga xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan yetakchi professor-oʻqituvchilar hamda mutaxassislarni jalb qilish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab3. Universitet buyurtmasiga binoan belgilangan tartibda Universitet xorijiy professor-oʻqituvchilariga hamda ularning oila aʼzolariga:kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda muddati uzaytirilishini taʼminlash.Zaruratga qarab14.Universitet bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim dasturlari) bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan oʻtkazishga tayyorlash.1. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish.2025-yil dekabrUniversitet mablagʻlariTaʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitet2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish.2026-yil may3. Xalqaro taʼlim talablariga moslashtirilgan taʼlim dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.2026/2027 oʻquv yilidan boshlab15.Universitet talabalari uchun tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar hamda malaka amaliyotlarini davlat organlari, davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida oʻtkazishni tashkil etish.1. Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarining xususiyatidan kelib chiqib, korxonalar va tashkilotlarda barcha talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha respublika hududlari kesimida talabalar taqsimot jadvalini ishlab chiqish.2. Talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish.3. Taqsimot jadvalini tasdiqlash va talabalarni amaliyotga yuborish.4. Amaliyot oʻtagan talabalar bilimini baholash.Reja-jadval asosida-Universitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi16.Oʻquv va ilmiy tadqiqot jarayonini zamonaviy darslik, oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash, talabalarga ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalaridan foydalanish uchun sharoit yaratish.1. Oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonini tegishli oʻquv va ilmiy-metodik qoʻllanmalar hamda ilmiy nashrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.2. Universitet axborot-resurs markazini ilgʻor xorijiy elektron maʼlumotlar bazalariga ulash hamda talaba va pedagoglar uchun ushbu bazalardan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.Doimiy ravishdaUniversitet mablagʻlari, grantlar, homiylik mablagʻlariUniversitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi17.Dual taʼlim shaklini joriy qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.1. Universitet kafedralarini hamkorlik doirasida qurilish sanoati korxonalariga biriktirish.2025-yil avgust-Universitet, hamkorlik doirasidagi qurilish sanoati korxonalari (kelishuvga koʻra)2. Tegishli oliy taʼlim tashkilotlari va ularning huzuridagi texnikumlar tomonidan qurilish sanoati korxonalarida amaliyot oʻtayotgan talabalar, izlanuvchilar va oʻquvchilar haqidagi maʼlumotlarni almashish uchun “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi va “HEMIS” — oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlarini oʻzaro integratsiyasini taʼminlash.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Universitet va boshqa oliy taʼlim tashkilotlari18.Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni maxsus maqsadli (amaliyotga yoʻnaltirilgan) magistraturada tayyorlash tizimini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.Takliflarda quyidagilarni nazarda tutish:1. Kompetensiyani rivojlantirish institutida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida (yoʻnalishlarida) kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan oliy maʼlumotli mutaxassislarni (diplomi boʻyicha mutaxassisligidan qatʼiy nazar) toʻlov-kontrakt asosida maxsus maqsadli (amaliyotga yoʻnaltirilgan) magistraturada oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha asoslarni keltirish. Bunda quyidagilarni koʻzda tutish:talabgorlarni ish beruvchining (davlat tashkilotining yoki davlat ulushi mavjud korxonaning) tavsiyanomasi bilan suhbat asosida oʻqishga qabul qilish;oʻqishni maqbullashtirilgan kunduzgi yoki kechki taʼlim shakllarida tashkil etib, bir yil davomida nazariy fanlarni amaliyotga bogʻlagan holda oʻqitish;mutaxassisga oʻqishni yakunlaganidan keyin uch yilgacha buyurtmachi (yoki uning tizimidagi tashkilot)da ishlab berish majburiyati yuklash.2. Mutaxassislarni maxsus maqsadli magistraturada tayyorlashni yoʻlga qoʻyish va oʻquv jarayonlarini tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish.2025-yil iyul-Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiIII. Universitetda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash19.Universitetda ilmiy tadqiqot natijalarini nashr qilish, amaliyotga joriy etish, xalqaro va xorijiy ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish.1. Universitetda ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.2025-yil avgustUniversitet mablagʻlariUniversitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Universitetda ilmiy-tadqiqot, innovatsion va iqtidorli talabalar, tadqiqotchilar bilan ishlash faoliyatini rivojlantirish maqsadida yuqori malakali konsultantlarni jalb qilish.Doimiy ravishda3. Yuqori malakali konsultantlar tomonidan professor-oʻqituvchilarga maslahat xizmatlarini koʻrsatish va ochiq maʼruzalar tashkil etish.Reja-jadval asosida20.Universitet ilmiy-tadqiqot faoliyatiga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish samaradorligini oshirish.1. Davlat va xorijiy grantlar tanloviga ilmiy-tadqiqot loyihalarini tayyorlash va ularda ishtirok etish.2. Xoʻjalik shartnomalari asosida ishlar tashkil etish va mablagʻlarni jalb etish.3. Ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etgan oʻqituvchi va boshqa xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib borish.4. Har yilgi ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini shakllantirishda arxitektura va qurilish sohasi boʻyicha maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini nazarda tutish.Doimiy ravishdaGrant mablagʻlari, xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlarUniversitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar21.Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish.1. Mavjud barcha laboratoriya jihozlarini xatlovdan oʻtkazish va ularning texnik holatini oʻrganish.2025-yil dekabrUniversitet mablagʻlari, homiylik, xayriyalari, grant mablagʻlariUniversitet,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida amalda foydalanilayotgan normativ hujjatlar asosida Universitetning ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari uchun qoʻllanmalar ishlab chiqish va ulardan foydalanish.2026-yil aprel3. Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar bilan integratsiya aloqalarini kuchaytirish.Doimiy ravishda22.Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va diversifikatsiya qilish.1. Dunyoning yetakchi universitetlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirish.2. Professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun yangi almashinuv dasturlarini tashkil etish.3. Qoʻshma xalqaro ilmiy-tadqiqot faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil sentabrdan boshlabUniversitet mablagʻlari doirasida, homiylik, xayriyalari, grant mablagʻlariUniversitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi23.Universitet talabalarining bandligini taʼminlash va ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash.1. Talabalarning kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda haq toʻlanadigan stajirovka (amaliyot) oʻtash joylarini aniqlashtirish.Har yili yanvar-fevral-Universitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Haq toʻlanadigan stajirovka (amaliyot)larni tashkil etadigan korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.Har yili fevral-mart3. Talabalarning stajirovka (amaliyot) oʻtashlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish choralarini koʻrish.Shartnomada koʻrsatilgan muddatdaIV. Ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan oʻzaro uygʻunligini taʼminlash24.Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli sohalarning ilmiy-texnik muammolariga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.1. Sohalarning ilmiy-texnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish.2. Universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish.Har oʻquv yilining sentabr-oktabrVazirlik va idoralar mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet3. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini impakt faktori yuqori boʻlgan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish hamda amaliyotga joriy etish.Doimiy ravishda25.Universitetda talabalar, magistrantlar va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy yangiliklarini qoʻllab-quvvatlash.1. “Universitet-laboratoriya-korxona-vazirlik” ekotizimi konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Universitet kuzatuv kengashiga kiritish.2. Universitet huzurida Qurilish-muhandislari uyushmasini tashkil qilish choralarini koʻrish.2025-yil avgust-Universitet,Savdo-sanoat palatasi, Universitet,Kuzatuv kengashi26.“UniLab” platformasini ishga tushirish.1. Platformani ishga tushirish va doimiy faoliyatini taʼminlab borish.2025-yil avgustdan-Universitet2. Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yoʻnalishidagi barcha laboratoriyalari roʻyxatini shakllantirish, ularning faoliyatini raqamlashtirib, platformaga ulanishini tashkil etish.2025-yil avgustdan boshlab-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet, tegishli laboratoriyalarga ega oliy taʼlim tashkilotlar3. Joriy qilinayotgan yangi amaliyot boʻyicha ishlarni tashkil etishda Universitetga doimiy koʻmaklashib borish.Doimiy ravishda-27.Universitet tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Hududlarning arxitektura va shaharsozlik qiyofasini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil etish.1. Markaz nizomini ishlab chiqib, uning shtat birliklarini belgilash.2. Markaz mutaxassislari tomonidan olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar mavzulari roʻyxatini tasdiqlab, Markazning doimiy faoliyatini taʼminlab borish.2025-yil sentabrdan boshlab doimiyUniversitet mablagʻlariUniversitet28.“Yashil” qurilish ilmi va texnologiyalarini joriy qilish kengashi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Kengash tarkibini Universitet rektori tomonidan nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari professorlari, xalqaro sertifikatga ega mutaxassislar va boshqa olimlardan shakllantirish.2025-yil sentabrUniversitet mablagʻlariUniversitet2. Belgilangan yoʻnalishlarda yangi ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni qurilish, ekologiya va energetika sohalariga masʼul davlat organlari tomonidan konsilium shaklida koʻrib chiqish uchun taqdim etish.2025-yil oktabrdan boshlab har chorakda29.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga koʻra, Universitetda mavjud barcha ilmiy salohiyat va laboratoriyalarni safarbar qilgan holda arxitektura va qurilish sohasida ilmiy tadqiqotlarni, shu jumladan, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkillashtirish va ularni amaliyotga joriy qilish boʻyicha ilmiy yechimlarni ishlab chiqish.1. Quyidagi masalalar boʻyicha ilmiy yechimlarni ishlab chiqish:yuqori mustahkamlikka ega va energiya tejamkor qurilish materiallarini ishlab chiqarish uskunasi (avtoklav)ning milliy ilmiy asoslarini yaratish;qurilish chiqindilarini qayta ishlash va ulardan qoʻshimcha yangi mahsulot yaratish;yerosti va yerusti infratuzilma hamda kommunikatsiyalarning seysmik xavfsizligini taʼminlash;yangi qurilayotgan binolar sifatini zamonaviy texnologiyalar asosida inson omilisiz monitoring qilish;respublika hududidagi mavjud resurslar, xususan, choʻl qumlaridan (barxan qumi) qurilish materiallarini ishlab chiqish;devor yoriqlarini inyeksiya va kompozit materiallar orqali bartaraf etib, bino mustahkamligini qayta tiklash;qurilish tannarxini binoning seysmik himoyasini taʼminlagan holda 30 foizgacha qisqartirish;Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya va Sloveniya tajribalariga asosan “Aqlli va xavfsiz shahar” modelini yaratish;“Qurilishning hayot davomiyligi” tamoyilini keng joriy qilish.2026-yil yanvar-Universitet2. Mazkur masalalar doirasidagi ilmiy yechimlar natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimotni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.2026-yil fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi PQ-209-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent arxitektura-qurilish universitetini 2030-yilga qadar rivojlantirishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi PQ-209-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-416-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. 7-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Kuzatuv kengashining TARKIBI
Izoh: Universitetning Kuzatuv kengashi tarkibi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Kuzatuv kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan, zarur hollarda, uning tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin”.
