Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (3191-3-son)
24.06.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3191-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining 2019-yil 14-oktabrdagi 8-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3191, 2019-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/3191/3985-son) bilan tasdiqlangan Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻsimliklar karantini obyekti (karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizm) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjud boʻlmagan yoki cheklangan tarzda mavjud boʻlgan, tarqalishi katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin boʻlgan va karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlarga qarshi kurashish obyekti hisoblangan zararli organizm;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-iyun,
33-son
