Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishda Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (3633-son)
23.06.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI ELEKTR ENERGIYASI, NEFT MAHSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANISHNI NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3633]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 66-son “Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishda Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq I. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 16-may,
7-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 16-may
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 15-may
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2025-yil 14-may
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 16-maydagi 7-son buyrugʻiga ILOVA
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishda Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar
ROʻYXATI
