Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2773-12-son)
24.06.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2773-12]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 77-son “Bojxona maʼmuriyatchiligi tartib-taomillarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son qarori (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-may,
260-son
Kelishildi:
Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 14-may
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 12-may
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 23-maydagi 260-son buyrugʻiga ILOVA
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 22-bandning 43-kichik bandida:
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“TR.XX.KK.OO.YYYY.SUMMA”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Masalan:
300 000 000.00 soʻm miqdoridagi bojxona bojini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati 3 oyga taqdim etilganda va toʻlov sharti boʻyicha dastlabki toʻlanadigan bojxona boji iyun oyidan boshlansa, boʻlib toʻlash oyining tartib raqami, bojxona toʻlovi turi, boʻlib toʻlash muddati, har bir oy uchun boʻlib toʻlash summasi quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
1. 20 01.06.2025, 100 000 000;
2. 20 01.07.2025, 100 000 000;
3. 20 01.08.2025, 100 000 000.”;
oʻn birinchi — oʻn yettinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn oltinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“TR — boʻlib-boʻlib toʻlanadigan bojxona toʻlovlari turini toʻlash oyining tartib raqami;”;
oʻn yettinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn sakkizinchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 25-bandda:
a) 32-kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“keyingi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq avvalgi bojxona rejimi kodi (bundan bojxona tranziti bojxona rejimi mustasno). Agar avvalgi bojxona rejimi mavjud boʻlmasa yoki tovar avval faqat bojxona tranziti bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan boʻlsa “00” koʻrsatiladi;”;
b) 35-kichik bandda:
oʻttiz ikkinchi — oʻttiz toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar tovar bojxona rejimiga joylashtirilmasdan transport vositasi sifatida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” (bundan buyon ushbu bandda majburiyatnoma deb yuritiladi) rasmiylashtirilgan holda olib kirilgan boʻlsa, grafada majburiyatnoma haqida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “MB”;
majburiyatnomaning roʻyxat raqami (99999/99.99.9999/MB99999999999 — post kodi/sana/majburiyatnomaning tartib raqami). Bunda, majburiyatnomaning tartib raqamidagi harflar lotin alifbosida yoziladi;”;
oʻttiz beshinchi — oʻttiz sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
d) 43-kichik bandda:
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“TR.XX.KK.OO.YYYY.SUMMA”;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Masalan:
300 000 000.00 soʻm miqdoridagi bojxona bojini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati 3 oyga taqdim etilganda va toʻlov sharti boʻyicha dastlabki toʻlanadigan bojxona boji iyun oyidan boshlansa, boʻlib toʻlash oyi tartib raqami, bojxona toʻlovi turi, boʻlib toʻlash muddati, har bir oy uchun boʻlib toʻlash summasi quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
1. 20 01.06.2025, 100 000 000;
2. 20 01.07.2025, 100 000 000;
3. 20 01.08.2025, 100 000 000.”;
oʻn ikkinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn yettinchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“TR — boʻlib-boʻlib toʻlanadigan bojxona toʻlovlari turini toʻlash oyining tartib raqami;”;
oʻn sakkizinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn toʻqqizinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. 43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Tovarlarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirishda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYDning quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 15, 15a, 17, 17a, 18, 19, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 35, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 54 va “S”.”.
4. 45-bandda:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. BYDning 9, 11, 24, 44, 45, 46, 49, 50 va “S” grafalarini toʻldirilishi quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega:”;
b) 1-kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu grafa tovarlarni “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirmasdan keyinchalik tashqi savdo kontrakti asosida xorijga sotish nazarda tutilgan hollarda toʻldiriladi;”;
v) 11-kichik bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu grafa tovarlarni “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirmasdan keyinchalik tashqi savdo kontrakti asosida xorijga sotish nazarda tutilgan hollarda toʻldiriladi;”;
g) 12-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12) 24-grafa. “Bitim xususiyati”.
Grafaning chap boʻlmasida mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasida keltirilgan Bitim xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq bitim xususiyatining kodi koʻrsatiladi.
Grafaning oʻng boʻlmasida Valyutalar tasniflagichiga muvofiq yetkazib berilayotgan tovar uchun kontragent bilan hisob-kitob valyutasining raqamli kodi koʻrsatiladi.
Hisob-kitob valyutasi deganda BYDni 9-grafasida koʻrsatilgan shaxsning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) boʻyicha hisob-kitob amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan valyuta, tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) mavjud boʻlmagan holatlarda tovarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan valyuta tushuniladi.
Ushbu grafa tovarlarni “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirmasdan keyinchalik tashqi savdo kontrakti asosida xorijga sotish nazarda tutilgan hollarda toʻldiriladi;”;
d) quyidagi mazmundagi 13-kichik band bilan toʻldirilsin:
“13) 44-grafa. “Qoʻshimcha maʼlumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafa tovarlarni olib chiqishda mazkur Yoʻriqnomaning 22-bandida, olib kirishda — 25-bandida belgilangan tartibda toʻldiriladi.
Grafada quyidagilar koʻrsatiladi (maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi):
tovarning kuzatuv hujjatlarining raqamlari (roʻyxat raqamlari);
tovarlarni bojxona omboriga joylashtirayotgan shaxs bilan bojxona ombori egasi oʻrtasidagi bitim raqami va sanasi;
bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlar (bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomalar, tovarlarni bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonlarga joylashtirilganda vakolatli shaxsning arizasi va bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanishini tasdiqlovchi hujjat nomi, raqami, sanasi, summasi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar);
905 tartib raqami ostida tovarni bojxona ombori bojxona rejimi ostida saqlanishi sabablariga oid quyidagi kodlardan biri koʻrsatiladi:
“001” — agar tovarning saqlanish sababi tegishli sertifikat olish bilan bogʻliq boʻlsa;
“002” — agar tovarning saqlanish sababi tegishli ruxsatnoma va litsenziya olish bilan bogʻliq boʻlsa;
“003” — agar tovarning saqlanish sababi bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz olish bilan bogʻliq boʻlsa;
“004” — agar tovarning saqlanish sababi tegishli shartnoma bilan bogʻliq boʻlsa;
“005” — agar tovarning saqlanish sababi moliyaviy mablagʻ yoʻqligi bilan bogʻliq boʻlsa;
“006” — agar tovarning saqlanish sababi keyinchalik tovarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan qaytarib olib chiqib ketilishi kutilayotganligi bilan bogʻliq boʻlsa;
“007” — agar tovarning saqlanish sababi tovarni boshqa shaxsga oʻtkazilishi kutilayotganligi bilan bogʻliq boʻlsa;
“008” — agar tovarning saqlanish sababi tovarga nisbatan taqiq qoʻyilganligi bilan bogʻliq boʻlsa;”;
e) 6-kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tovarlarni “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirmasdan keyinchalik tashqi savdo kontrakti asosida xorijga sotish nazarda tutilgan hollarda, 1 raqami ostida tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami;”.
5. Quyidagi mazmundagi 641-band bilan toʻldirilsin:
“641. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlanib, erkin omborga joylashtirilgan tovarlar keyingi qayta ishlash maqsadida “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtiriladi.”.
6. 78-bandning 1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada eksport kontrakti boʻyicha 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash boʻyicha xizmat qiymati koʻrsatiladi.
Begʻaraz asosda qayta ishlashda grafada “0” koʻrsatiladi.
Import kontrakti asosida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarlarni deklaratsiyalashda tovarning qiymati koʻrsatiladi.
Tovarlar va xizmatlar qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;”.
7. 81-bandning 1-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada eksport kontrakti boʻyicha 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarni qayta ishlash boʻyicha xizmat qiymati koʻrsatiladi.
Begʻaraz asosda qayta ishlashda grafada “0” koʻrsatiladi.
Import kontrakti asosida qayta ishlangan tovarlarni eksporti kontrakti asosida olib chiqishda tovar qiymati koʻrsatiladi.
Tovarlar va xizmatlar qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;”.
8. 4-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
9. 12-ilova quyidagi mazmundagi 141-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
