6-modda. Fuqarolarning murojaatlariga qoʻyiladigan talablar
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (446-II-son) · Sana: 13.12.2002 · Amalda
Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi boʻlishi lozim. Murojaatga shaxsiy imzo qoʻyish imkoni boʻlmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qoʻyiladi.
Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoki u haqda soxta maʼlumotlar koʻrsatilgan, shuningdek imzo qoʻyilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va koʻrib chiqilmaydi.
