3-modda. Fuqarolarning murojaat etish huquqi
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (446-II-son) · Sana: 13.12.2002 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.
Fuqarolarning murojaat etish huquqidan foydalanishlari boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
Xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.
Fuqarolar tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat etish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi.
Fuqarolarning murojaatlari, agar qonunlarda ularni koʻrib chiqishning boshqacha tartibi belgilangan boʻlsa, ushbu Qonunga muvofiq koʻrib chiqilmaydi.
