24-modda. Mansabdor shaxslarning fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligi
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (446-II-son) · Sana: 13.12.2002 · Amalda
Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishni va koʻrib chiqishni asossiz ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, qonunga zid qaror qabul qilish, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanishini hamda shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qaror bajarilishini taʼminlamaganlik, fuqaroga uning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish yoki fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, fuqaroni murojaat qilganligi uchun taʼqib qilish, shuningdek fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
