“Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash va uning davomiyligini soddalashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-88-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (914-V-son)
27.05.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 13-mayda kiritilgan “Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash va uning davomiyligini soddalashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-88-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-may,
914-V-son
