38-modda. Patent idorasining Apellatsiya kengashi
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida (1062-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Apellatsiya kengashi:
talabnoma topshirilgan sanoat mulki obyektlariga doir ekspertiza xulosalari va Patent idorasining chiqargan qarorlar ustidan tushgan shikoyatlarni;
manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslarning muhofaza hujjatlari berilishiga norozilik bildirgan shikoyatlarini;
dastlabki va patentlarning amal qilishiga norozilik bildirilgan shikoyatlarni;
patentlar haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi shikoyatlarni;
boshqa turdagi shikoyatlarni koʻrib chiqadi.
Apellatsiya kengashi qarorlar qabul qilishda mustaqil boʻlib, oʻz faoliyatida ushbu Qonunga Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Apellatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Apellatsiya kengashi tarkibiga Patent idorasining rahbari, uning oʻrinbosarlari va bosh ekspertlar kiradi.
Patent idorasi vakolatlari doirasida faqat Apellatsiya kengashigina sanoat mulkining talabnoma topshirilgan yoki muhofazalangan obyektini davlat ilmiy-texnik ekspertizasidan qayta oʻtkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
