29-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida (1062-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Ixtironing, foydali modelning formula mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga muodil boʻlgan belgi qoʻllanilgan boʻlsa, mahsulot (buyum) patent berilgan ixtiro, foydali modeldan foydalanilgan holda tayyorlangan, ixtiro patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa, qoʻllanilgan deb hisoblanadi.
Mahsulotni olish usuliga berilgan patentning amal qilishi aynan shu usul yordamida olingan mahsulotga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Bunda inkorini isbotlovchi dalillar boʻlmasa, bu yangi mahsulot patent berilgan usulda olingan deb hisoblanadi.
Basharti mahsulotda patent berilgan sanoat namunasining barcha muhim alomatlari boʻlsa, u patent berilgan sanoat namunasidan foydalanilgan holda tayyorlangan deb eʼtirof etiladi.
