2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida (1062-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi (matnda bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq sanoat mulki obyektlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Patent idorasi sanoat mulki obyektlariga talabnomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular boʻyicha davlat ilmiy-texnik ekspertizasini oʻtkazadi, ularni davlat roʻyxatiga oladi, muhofaza hujjatlarini beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, ushbu Qonunning qoʻllanilishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
Patent idorasining faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlashning manbai davlat budjeti mablagʻidan, patent bojlaridan, shuningdek Patent idorasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan haqdan iboratdir.
