16-modda. Foydali modelga patent berilishi soʻralgan talabnoma
Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida (1062-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Foydali modelga patent berilishi soʻralgan talabnoma (matnda bundan keyin foydali modelga oid talabnoma deb yuritiladi) bitta foydali modelga yoki yagona ijodiy fikrni (foydali model birligi talabi) tashkil qilib, bir-biri bilan uzviy bogʻlangan foydali modellar guruhiga tegishli boʻlishi kerak.
Foydali modelga oid talabnoma oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
foydali model muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi soʻralayotgan shaxs (shaxslar), shuningdek ularning yashash yoki turar joyi koʻrsatilib, patent berish soʻralgan ariza;
foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq bayon etilgan tavsifi;
foydali model mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan foydali model formulasi;
basharti foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizmalar va boshqa materiallar;
referat.
