“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi soddalashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-80-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (876-V-son)
13.05.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartiblarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-80-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi soddalashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-may,
876-V-son
