Togʻli va choʻl hududlarda turizm xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (383-son)
19.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikaning olis hududlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, turizm yoʻnalishiga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish, ekstremal turizm xizmatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali aholini daromadli ish oʻrinlari bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
a) togʻli va choʻl hududlarda umumiy masofasi 200 metrdan kam boʻlmagan ziplayn ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 100 million soʻm;
togʻli va choʻl hududlarda 150 kv metrdan kam boʻlmagan kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 80 million soʻm miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;
b) togʻli va choʻl hududlarda ziplayn hamda kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
v) subsidiya ziplayn va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmualari toʻliq foydalanishga topshirilgandan keyin ajratiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda togʻli va choʻl hududlarda ekstremal turizm obyektlarini tashkil etish xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali aholi hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng targʻibot ishlarini tashkil qilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-iyun,
383-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 383-son qaroriga 1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom 2025-yil 1-iyuldan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
ziplayn xizmatlari — poʻlat arqonning ikki uchi maxsus ustunlarga qotirib mahkamlangan attraksionda poʻlat arqon boʻylab yerdan koʻtarilgan holda tortishish kuchi taʼsirida havo orqali maxsus moslama yordamida tushish boʻyicha ekstremal turizm xizmatlari;
kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi — yer sathidan maʼlum masofa balandlikda arqonlar yordamida mahkamlangan attraksionlardan tashkil topgan, turli darajadagi qiyinchilikdagi vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan sport va sayyohlik majmuasi;
subsidiya — tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Turizm qoʻmitasi) Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan mablagʻlar;
tadbirkorlik subyekti — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
3. Subsidiya tadbirkorlik subyektlariga ularning arizalariga asosan togʻli va choʻl hududlardagi 2025-2026-yillarda har bir toʻliq foydalanishga topshirilgan ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladi.
Bunda:
togʻli va choʻl hududlarda umumiy masofasi 200 metrdan kam boʻlmagan ziplayn ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 100 million soʻm;
togʻli va choʻl hududlarda 150 kv metrdan kam boʻlmagan kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 80 million soʻm miqdorida bir martalik ragʻbatlantiruvchi subsidiya ajratiladi.
4. Togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun arizalar Turizm qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
5. Tadbirkorlik subyekti subsidiya olish uchun ariza taqdim etish vaqtida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi;
faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatilgan boʻlmasligi;
sud qarori asosida toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilinmagan boʻlmasligi.
6. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.
2-bob. Subsidiya olish uchun arizani taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi
7. Tadbirkorlik subyekti subsidiya olish uchun ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq subsidiya ajratilishi toʻgʻrisida yozma yoki elektron ravishda ariza bilan Turizm qoʻmitasiga murojaat qiladi.
Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ziplayn xizmatlari yoki kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tashkil qilingan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
ziplayn xizmatlari yoki kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasining loyiha-smeta hujjatlari nusxasi;
belgilangan tartibda tasdiqlangan qabul komissiyasining qurilishi tugallangan ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi foydalanishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining ziplayn xizmatlari yoki kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini ishga tushirish va foydalanish uchun ruxsatnomasi;
taqdimot materiallari (mavjud boʻlsa).
8. Tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan arizalar Turizm qoʻmitasida tashkil qilinadigan komissiya tomonidan kollegial tarzda uning majlislarida koʻrib chiqiladi.
9. Turizm qoʻmitasiga kelib tushgan arizalar qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida ushbu Nizom talablariga muvofiq komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi.
10. Arizani oʻrganib chiqishda qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilsa, komissiya qaroriga asosan tadbirkorlik subyektini yozma ravishda xabardor qilgan holda, arizani oʻrganib chiqish muddati qoʻshimcha oʻn ish kunga uzaytirilishi mumkin.
Bunda zaruratga koʻra, ariza komissiya vakillari yoki Turizm qoʻmitasining hududiy boshqarmalari vakillari tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.
11. Komissiya tomonidan quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
arizada koʻrsatilgan har bir yoʻnalish boʻyicha moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi;
bajarilgan ishlar uchun sarflangan mablagʻlarni asosli ekanligi.
Zaruratga koʻra arizalarni koʻrib chiqish jarayonida ularda koʻrsatilgan maʼlumotlar joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.
12. Arizani oʻrganib chiqish natijasi boʻyicha subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida komissiya qarori qabul qilinadi.
Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya qarorining nusxasi qabul qilingan kunda tadbirkorlik subyektiga yuboriladi.
13. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
subsidiya olish uchun hujjatlar va maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda;
ziplayn va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi togʻli va (yoki) choʻl hududida tashkil etilmaganda;
ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi toʻliq foydalanishga topshirilmaganda va ishga tushirilmaganda;
tadbirkorlik subyekti arizani topshirish vaqtida qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida yoxud faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatilgan boʻlsa;
tadbirkorlik subyekti ariza bergan sanasi holatiga koʻra sud qarori asosida toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan boʻlsa.
Subsidiya ajratishni ushbu bandda koʻrsatib oʻtilmagan asoslar boʻyicha rad etish mumkin emas.
14. Subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi komissiya qarori tadbirkorlik subyektiga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi va unga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntiriladi.
15. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos boʻlgan sabablar aniq koʻrsatib oʻtilgan komissiya qarori tadbirkorlik subyektiga ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida yuboriladi.
16. Tadbirkorlik subyekti komissiya qarorini olgan kundan boshlab koʻpi bilan oʻn toʻrt ish kunida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Turizm qoʻmitasiga takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
17. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida qayta koʻrib chiqiladi. Bunda:
tadbirkorlik subyekti tomonidan komissiyaning avvalgi qarorida keltirilgan kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgani tasdiqlanganidan soʻng subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi;
tadbirkorlik subyekti tomonidan komissiyaning avvalgi qarorida keltirilgan kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgan taqdirda, avval koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
3-bob. Subsidiya ajratish tartibi
19. Koʻrib chiqish natijasi boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan har bir ariza boʻyicha komissiya tomonidan alohida ish jildi shakllantiriladi.
20. Subsidiya tadbirkorlik subyektining arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisida komissiya qarori qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni muddatda Turizm qoʻmitasi tomonidan Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
21. Arizalarga muvofiq ajratilishi lozim boʻlgan subsidiya tadbirkorlik subyektining unga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklardagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning haqqoniyligiga tadbirkorlik subyekti masʼul hisoblanadi.
23. Turizm qoʻmitasi subsidiya ajratish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish, ajratilgan mablagʻlarning yetkazilishi yuzasidan masʼul hisoblanadi.
24. Tadbirkorlik subyekti davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
SubyektlarTadbirlarBajarish muddatiTadbirkorlik subyektiTegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Turizm qoʻmitasiga subsidiya olish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.Xohishiga koʻraTurizm qoʻmitasiArizani oʻrganib chiqadi.10 ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda — 20 ish kunidaTurizm qoʻmitasiSubsidiya ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va tadbirkorlik subyektiga yuboradi.1 ish kunidaTadbirkorlik subyektiSubsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olganda, qarorda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, Turizm qoʻmitasiga takroran ariza bilan murojaat qiladi.14 ish kunidaTurizm qoʻmitasiAriza takroran taqdim etilganda, uni qayta koʻrib chiqadi.7 ish kunidaTurizm qoʻmitasiSubsidiya ajratish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror asosida mablagʻlarni tadbirkorlik subyektining unga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.10 ish kunida
Tadbirkorlik subyektlarining togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasigaSubsidiya ajratish toʻgʻrisidaARIZA_________________________________________________________________________________________ (tadbirkorlik subyektini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq ariza beruvchining toʻliq nomi)__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (manzili, telefon, faks, elektron pochta)_____________________________________________________________ manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan_______________________________________________________________________________ manzilida (viloyat, tuman, shahar, koʻcha, uy raqami)joylashgan togʻli va (yoki) choʻl hududida ziplayn xizmatlari yoki kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish uchun yoʻnaltirilgan xarajatlarining bir qismini qoplash uchunjami: __________________________________ soʻm miqdorida subsidiya ajratishingizni soʻrayman.Dalolatnoma olingan sana va raqami: _______________________________________________________Tadbirkorlik subyektining joylashgan joyi (pochta manzili):________________________________________________________________________________________STIR: __________________________Elektron pochta manzili: __________________________________________________________________Bank hisobvaragʻi maʼlumotlari:Xizmat koʻrsatuvchi bank nomi: ____________________________________________MFO: ____________Ilova: ______ varaqda_______________________________________________________(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O)(shaxsiy imzo)20___ yil _______________
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 383-son qaroriga 2-ILOVA
Togʻli va choʻl hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar
ROʻYXATI
T/rHudud nomiTuman (shahar) nomi1.Qoraqalpogʻiston RespublikasiAmudaryo tumani2.Moʻynoq tumani3.Taxtakoʻpir tumani4.Ellikqalʼa tumani5.Andijon viloyatiXoʻjaobod tumani6.Xonobod shahri7.Buxoro viloyatiKogon tumani8.Gʻijduvon tumani9.Romitan tumani10.Jizzax viloyatiArnasoy tumani11.Baxmal tumani12.Zomin tumani13.Forish tumani14.Qashqadaryo viloyatiKitob tumani15.Shahrisabz tumani16.Navoiy viloyatiKonimex tumani17.Nurota tumani18.Xatirchi tumani19.Zarafshon shahri20.Uchquduq tumani21.Tomdi tumani22.Namangan viloyatiKosonsoy tumani23.Pop tumani24.Chortoq tumani25.Chust tumani26.Samarqand viloyatiSamarqand tumani27.Urgut tumani28.Surxondaryo viloyatiBoysun tumani29.Sariosiyo tumani30.Sirdaryo viloyatiSayxunobod tumani31.Toshkent viloyatiAngren shahri32.Boʻstonliq tumani33.Ohangaron tumani34.Parkent tumani35.Fargʻona viloyatiSoʻx tumani36.Fargʻona tumani37.Xorazm viloyatiBogʻot tumani38.Tuproqqalʼa tumani39.Xiva tumani40.Urganch tumani41Yangibozor tumani
