Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (tmek) hamda mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida (317-son)
23.06.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning Davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda TMEK ishini yaxshilash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston kasaba soyuzlari respublika Sovetining 1985-yil 4-martdagi 121-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-iyun,
317-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-iyundagi 317-son qaroriga 2-ILOVA
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa davlatlarga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketgan va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” 1993-yil 3-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq pensiya olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlagan pensiyalarni oʻtkazish tartibini belgilab beradi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomning amal qilishi mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli pensiya tayinlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet elliklarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, ular doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketgan taqdirda, tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizomning 1-bandida sanab oʻtilgan chet elga vaqtincha ketayotgan shaxslarga pensiya “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan umumiy asoslarda toʻlanadi.
II. Pensiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga oʻtkazish va ularni mablagʻ bilan taʼminlash tartibi
3. Ushbu Nizomning 1-bandida sanab oʻtilgan shaxslarga pensiya oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Pensiya quyidagi hujjatlar asosida oʻtkaziladi:
pensiyani oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
pensiya oluvchi turgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasining pensiya oluvchining doimiy yashash joyi koʻrsatilgan maʼlumotnomasi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi pensiya oluvchi doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketgandan keyin uning pensiya yigʻmajildini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Ijro etuvchi apparatiga beradi.
7. Pensiyalarni chet elga oʻtkazish tomonlarning savdoga bogʻliq boʻlmagan operatsiyalar toʻgʻrisidagi Hukumatlararo bitimiga muvofiq tomonlarning banklari tomonidan belgilanadigan korrespondentlik schyotlari orqali vazirliklar va idoralarning ikki tomonlama bitimlarida qayd etilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Pensiyalarni milliy valyutada qayta hisoblab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, operatsiyalar bajarilgan kunda amalda boʻlgan kurs boʻyicha amalga oshiriladi.
8. Pensiyalarni oʻtkazish chet elga joʻnab ketishgacha pensiya toʻlangan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi.
9. Chet elga oʻtkaziladigan pensiyalar summasi Oʻzbekiston Respublikasi pensiya qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda, agar davlatlararo bitimlar (shartnomalar) bilan oʻzgacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qayta hisoblab chiqiladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Ijro etuvchi apparati mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi tufayli tayinlangan hamda chet elga oʻtkazilishi kerak boʻlgan pensiya pullarining oʻz vaqtida erkin muomaladagi valyutaga almashtirilishini va joʻnatilishini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali taʼminlaydi. Erkin muomaladagi valyutaga almashtirish uchun resurslar Respublika valyuta jamgʻarmasi tomonidan taqdim etiladi.
