4-modda. Tadbirkorlik subyektlari
Oʻzbekiston respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisida (207-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Quyidagilar tadbirkorlik subyekti boʻlishi mumkin:
— qonunda belgilangan tartibda muomala layoqati cheklanmagan Oʻzbekiston Respublikasi har qanday fuqarosi;
— fuqarolar guruhi (sheriklar), shu jumladan davlat, kooperativ va boshqa korxonalarning mehnat jamoasi — jamoa tadbirkorlari;
— Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan vakolatlar doirasida boshqa ajnabiy davlatlarning fuqarolari yoki yuridik shaxslari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
— aralash mulk subyektlari.
Davlat hokimiyati va davlat boshqaruv idoralarining rahbar xodimlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi man etilgan shaxslarning bu faoliyat bilan shugʻullanishiga ruxsat berilmaydi.
