1-modda. Tadbirkorlik
Oʻzbekiston respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisida (207-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Tadbirkorlik — mulkchilik subyektlarining mollar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish hamda foyda yoki daromad olishga qaratilgan amaldagi qonunlar doirasida tashabbuskorlik bilan faoliyat koʻrsatishidir.
Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik:
tadbirkorning shaxsiy mol-mulki asosida;
tadbirkorning boshqa jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan ajnabiy jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulklarini turli shakllarda jalb etishi asosida;
tadbirkorning davlat va jamoat tashkilotlari mol-mulklaridan foydalanish asosida;
yuqorida qayd etilgan shakllarni qoʻshib olib borish asosida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyati mulkdor tomonidan ham, shuningdek uning mol-mulkini idora qiluvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Har qanday shakldagi tadbirkorlik mulk egasining ishlab chiqarish jarayonida shaxsan bevosita ishtirok etishiga va (yoki) boshqa fuqarolarning mehnatini qoʻllash yoʻli bilan foydalanishiga asoslanishi mumkin.
