Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (651-V-son)
17.03.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2025-yil 18-mart kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2024-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2024-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 2024-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;
Oʻzbekiston Ekologik partiyasining 2024-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-mart,
651-V-son
