Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (382-son)
19.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga muvofiq birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida qoʻllanadigan dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy jihozlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
a) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) hisobidan qoplanadigan tibbiy yordam tuman (shahar) darajasida ambulator sharoitda koʻrsatiladi;
b) Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari (keyingi oʻrinlarda — kafolatlangan paket) roʻyxatini shakllantiruvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi har yili 1-avgustga qadar kelgusi yil uchun kafolatlangan paket hajmlarini shakllantiradi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda talab qilinayotgan mablagʻlar miqdorini kelishadi hamda zarur mablagʻlar kelgusi yil uchun tasdiqlanadigan Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
v) Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatiga muvofiq tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan tartibda budjet soʻrovida aks ettirilib, kelgusi yilgi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunining tegishli moliya va rejali davri uchun Davlat budjeti parametrlarida “Sogʻliqni saqlash” sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi;
g) kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy yordamdan (dori vositalari, sarflash materiallari va jihozlar) tashqari tibbiy xizmatlar pulli asosda koʻrsatiladi (shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish bundan mustasno).
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
a) ikki oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
respublika va viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda Davlat budjeti hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatini;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan paket doirasida aholiga koʻrsatiladigan tibbiy yordamni (dori vositalari, sarflov materiallari va tibbiy buyumlar) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Bunda davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy qilingan hududlarda kafolatlangan paket doirasida aholiga koʻrsatiladigan tibbiy yordam uchun mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan ajratilishi inobatga olinsin;
b) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan paket doirasida aholiga koʻrsatiladigan tibbiy yordam, shuningdek, respublika va viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlarida statsionar sharoitda Davlat budjeti hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatini vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtirsin hamda uning kelgusi yillarda doimiy yangilab borilishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 30-sentabrdagi 832-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-iyun,
382-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 382-son qaroriga 1-ILOVA
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari
ROʻYXATI
T/rTibbiy yordam koʻrsatishning turlariTibbiy yordam koʻrsatishning mazmuniTibbiy yordam koʻrsatishning muddatlari1.Bemorlarni qabul qilish, tibbiy koʻrik va maslahat berish1. Tibbiyot muassasasida oilaviy shifokor, hamshira bemorni qabul qilishi, unga tibbiy maslahatlar berishi va uni tibbiy koʻrikdan (antropometriya, vizual, obyektiv va subyektiv koʻriklar va boshqalar) oʻtkazishi.Murojaat qilingan vaqtda va (yoki) oilaviy shifokorning tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha rejasi asosida2. Oilaviy shifokor, patronaj hamshira va doya bemorni uning yashash joyi yoki turgan joyida qabul qilishi, unga tibbiy maslahatlar berishi va uni tibbiy koʻrikdan (antropometriya, vizual, obyektiv va subyektiv koʻriklar va boshqalar) oʻtkazishi.Murojaat qilingan vaqtda va (yoki) oilaviy shifokorning tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha rejasi asosida2.Aholiga (jumladan, bemorlarga) tibbiy-profilaktika xizmatlarini koʻrsatish1. Oilaviy shifokor, hamshira aholiga (jumladan, bemorlarga) sogʻliqni saqlash va mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ratsional va sogʻlom ovqatlanish, kasallikni kuzatish va asoratlarining oldini olish, oilani rejalashtirish, homilador ayollarga OIV-infeksiyasi toʻgʻrisida, shuningdek, homilador va tuqqan ayollarga chaqaloqni koʻkrak suti bilan boqish va reproduktiv salomatlik masalalari boʻyicha maslahatlar berishi.Murojaat qilingan vaqtda va (yoki) oilaviy shifokorning tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha rejasi asosida2. Oilaviy shifokor, hamshira ehtiyojga koʻra ayollarga bachadon ichi vositasini qoʻyishi va olishi, shuningdek, aholiga kontratseptiv vositalarini (tabletka va inyeksiyalarni) berishi.Murojaat qilingan vaqtda va(yoki) oilaviy shifokorning tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha rejasi asosida3. Oilaviy shifokor punktida oilaviy shifokor, hamshira tomonidan aholiga (jumladan, bolalar va bemorlar) immunizatsiya va vaksinatsiya qilinishi.Oilaviy shifokorning tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha rejasi asosida4. Oilaviy shifokor, patronaj hamshirasi va doya homilador ayollarning homiladorlik yoki gestatsiya davomida uning yashash joyi yoki turgan joyida patronaj xizmatini koʻrsatish, shuningdek, davolash va profilaktika tadbirlarini nazarda tutuvchi antenatal (tugʻishgacha) parvarish qilishi.Oilaviy shifokorning tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha rejasi asosida(kamida 7-marta)5. Oilaviy shifokor, patronaj hamshirasi va doya tuqqan ayollar, chaqaloq va bolalarning yashash joyi yoki turgan joyida patronaj xizmatini koʻrsatish.Oilaviy shifokorning tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha rejasi asosida3.Profilaktik koʻriklar va skrining tekshiruvlari Oilaviy shifokorning tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha rejasi asosida:1. Oilaviy shifokor, hamshira bir yoshgacha bolalarni ularning yashash joyi yoki turgan joyida va (yoki) oilaviy shifokor punktida profilaktik koʻriklardan oʻtkazishi.bir yilda 14-marta2. Tibbiyot muassasasida oilaviy shifokor, hamshira 1 — 3 yoshli bolalarni profilaktik koʻriklardan oʻtkazishi.bir yilda 4-marta3. Tibbiyot muassasasida oilaviy shifokor, hamshira 3 — 5 yoshli bolalarni profilaktik koʻriklardan oʻtkazishi.bir yilda 2-marta4. Tibbiyot muassasasida oilaviy shifokor, hamshira 6 — 18 yoshli bolalarni profilaktik koʻriklardan oʻtkazishi.bir yilda 1-marta5. Tibbiyot muassasasida oilaviy shifokor, hamshira 18 — 40 yoshli aholini profilaktik koʻriklardan oʻtkazishi.bir yilda 1-marta6. Tibbiyot muassasasida oilaviy shifokor, hamshira 2 — 10 yoshli bolalarda gelmintozni aniqlash uchun skrining tekshiruvlaridan oʻtkazishi.bir yilda 1-marta7. Tibbiyot muassasasida oilaviy shifokor, hamshira 3 — 18 yoshli bolalarda onkogematologik kasalliklarni aniqlash uchun skrining tekshiruvlaridan oʻtkazishi.bir yilda 1-marta8. Oilaviy shifokor, hamshira 40 yosh va undan katta boʻlgan aholini uning yashash joyi yoki turgan joyida va (yoki) tibbiyot muassasasida yurak qon-tomir kasalliklari xavfini aniqlash uchun skrining tekshiruvlaridan oʻtkazishi.bir yilda 1-marta9. Oilaviy shifokor, hamshira 40 yosh va undan katta boʻlgan aholini oilaviy shifokor punktida qonda glukoza, xolesterin miqdorini aniqlash uchun skrining va elektrokardiogramma (EKG) tekshiruvlaridan oʻtkazishi.bir yilda 1-martaBunda tekshiruv natijalariga koʻra: kasallikni keltirib chiqaruvchi xavf omillari mavjud boʻlmasa yoki yurak qon-tomir kasalliklari xavfi 5 foizgacha boʻlsa, u bilan sogʻlom turmush tarzi boʻyicha suhbat oʻtkazilishi;bir yilda 1-martayurak qon-tomir kasalliklari xavfi 5 — 20 foizgacha boʻlsa, u bilan sogʻlom turmush tarzi boʻyicha suhbat oʻtkazilishi;6 oyda 1-martayurak qon-tomir kasalliklari xavfi 30 foiz va undan yuqori boʻlsa, oilaviy shifokor, hamshira tomonidan individual reja tuzilishi va uning sogʻligʻi nazorat qilib borilishi.3 oyda 1-marta10. Oilaviy shifokor, doya bachadon boʻyni saratoni skriningidan oʻtkazish uchun 35 — 55 yoshli ayollarning roʻyxatini shakllantirish va roʻyxat asosida ayollarni koʻp tarmoqli markaziy poliklinikaga ginekolog koʻrigi va qin surtmasi tahlili uchun yuborishi.3 yilda 1-marta11. Oilaviy shifokor, doya koʻkrak bezi saratoni skriningidan oʻtkazish uchun 45 — 65 yoshli ayollarning roʻyxatini shakllantirishi, koʻkrak bezini tekshirishi, bunda koʻkrak bezi saratoniga shubha paydo boʻlgan taqdirda, bemorni koʻp tarmoqli markaziy poliklinikaga onkolog koʻrigi uchun yuborishi.2 yilda 1-marta12. Oilaviy shifokor, hamshira sil kasalligi yuqishiga moyil boʻlgan xavfli guruhga mansub aholining roʻyxatini shakllantirishi va roʻyxat asosida aholini koʻp tarmoqli markaziy poliklinikaga flyuorografik tekshiruvidan oʻtkazish uchun yuborishi. Bunda hududlardagi olis, chekka, ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi aholini mobil flyuorografik tekshiruvdan oʻtkazishi.1 yilda 1-marta13. Oilaviy shifokor, hamshira surunkali kasalliklar nazoratida turgan bemorlarni (jumladan, ijtimoiy ahamiyatga molik kasallikka va atrofdagilar uchun xavf soladigan kasallikdan aziyat chekayotgan bemorlarni, shuningdek, surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlarni) ularning yashash joyi yoki turgan joyida kuzatishi va uchinchi darajali profilaktika tadbirlarini oʻtkazishi.Murojaat qilingan vaqtda va (yoki) oilaviy shifokorning tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha rejasida koʻrsatilgan muddatda14. Nikohlanuvchi shaxslarni ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarni (ruhiy, narkologik, teri-tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIV/OITS va boshqalar) aniqlash yuzasidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.Murojaat qilingan vaqtda15. Haj tadbirlariga boradigan aholini ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari va boshqa kasalliklarni aniqlash yuzasidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va emlash.Murojaat qilingan vaqtda16. Oilaviy shifokor, tor soha mutaxassislari, hamshiralar surunkali kasallikka chalingan bemorlarni kuzatishi va ushbu kasallikning asoratlarini oldini olishi.Oilaviy shifokorning tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha rejasida koʻrsatilgan muddatda17. Xorijda uzoq muddat (3 oydan koʻp) boʻlib, Oʻzbekistonga qaytgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi aholida tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIV/OITSni aniqlash yuzasidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.Murojaat qilingan vaqtning oʻzida18. Homilador ayollarning skrining tekshiruvi, jumladan, homila anomal oʻsishining oldini olish uchun 16 — 20 haftalik muddatlarda homilador ayollarning xavfli guruhini skrining tekshirish.Homilador ayollarning 2-marta rejali murojaat qilgan vaqtida19. Jazo muddatini oʻtab chiqqan va afv etilgan shaxslarni bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.Murojaat qilingan vaqtda(1-marta)20. Davlat taʼlim muassasalari pedagoglarini majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.Murojaat qilingan vaqtda(1 yilda 1-marta)4.Tashxis qoʻyish uchun zarur boʻlgan tekshiruvlar1. Antropometriya.2. Auskultatsiya.3. Tonometriya.4. Termometriya.5. Pulsoksimetriya.6. Oftalmoskopiya.7. Rinoskopiya.8. Otoskopiya.9. Faringoskopiya.10. Vizometriya.11. Koʻrish funksiyasini aniqlash (perimetriya, gonioskopiya, avtorefraktometriya).12. Koʻz ichi bosimini oʻlchash.13. Prenatal skrining.14. Ultratovush tekshiruvi.15. Bosh miya nervlari funksiyasini aniqlash.16. Eshitish oʻtkirligini aniqlash (kamerton).17. Audiometriya.18. Pikfloumetriya.19. Spirometriya.20. Flyuorografiya/rentgenologik tekshiruvlar.21. Veloergometriya.22. Kolposkopiya.23. Mammografiya.24. Elektrokardiogramma (EKG).25. Bosh miya funksiyasini aniqlash (elektroensefalografiya (EYEG), reoensefalografiya).26. Gastrofibroduodenoskopiya.27. Rektoskopiya.28. Exokardiografiya (ExoKG).29. Urofloumetriya.Tashxis qoʻyish va davolash standartlarida koʻrsatilgan muddatlarda5.Laboratoriya1. Qonning umumiy tahlili;2. Umumiy peshob tahlili;3. Nechiporenko boʻyicha peshob tahlili;4. Koptokchalar filtratsiyasi tezligini aniqlash;5. Najasning umumiy tahlili;6. Balgʻamni bakterioskopik tekshirish uchun namuna olish;7. Qin surtmasining mikroskopiyasi;8. Gonoreyani mikroskopik usulda aniqlash (mavjud boʻlganda);9. Koagulogramma;10. Qonning biokimyoviy tahlili:bilirubin, ALT, AST ni aniqlash;glukozani aniqlash;xolesterinni aniqlash;S-reaktiv oqsil, ASLO, revmosinamasi;mochevina, kreatinin aniqlash;umumiy oqsil;temir, kalsiy miqdorini aniqlash (mavjud boʻlganda);siydik kislotasi;lipid spektri (mavjud boʻlganda);glikirlangan gemoglobin;ishqorli fosfataza (mavjud boʻlganda);11. TTG, T3, T4 ni aniqlash (mavjud boʻlganda);12. Qon guruhi va rezus-omilni aniqlash;13. Gepatit V, S, D aniqlash (mavjud boʻlganda);14. Vasserman reaksiyasiga (RW) tekshiruv (qon namunasini olish);15. OIVga qon namunasini olish;16. Bezgakka qon namunasini olish;17. Grippga qon namunasini olish;18. Boshqa tekshiruvlar uchun qon namunalari va surtmalarni olish.Tashxis qoʻyish va davolash standartlarida koʻrsatilgan muddatlarda va miqdorda6.Davolash, muolaja va amaliyotlarOilaviy shifokor, hamshiralar tomonidan bemorga quyidagi davolash muolajalari va amaliyotlar bajariladi:hayotga xavf soladigan holatlarda (asfiksiya, yurak toʻxtashi, anafilaktik shok va boshqalar) tibbiy yordam koʻrsatish va tasdiqlangan birinchi yordam dori vositalari bilan taʼminlash;kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish (burun yoʻllari tamponadasi, quloqdan va burundan yot jismlarni olib tashlash, xirurgik bogʻlamlarni qoʻyish);immobilizatsiya (shina qoʻyish);oilaviy shifokor koʻrsatmasiga koʻra tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarida nazarda tutilgan dori vositalarini reimbursatsiya dasturi doirasida retsept asosida tayinlash;ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan aholini ushbu kasallikka oid dori vositalari bilan taʼminlash;18 yoshgacha boʻlgan bolalar, homilador ayollar, tugʻish yoshidagi ayollarni vitamin va mikronutriyentlar bilan taʼminlash;vena ichiga, mushak ichiga, teri ostiga inyeksiyalar qilish;birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida tashkil qilingan kunduzgi statsionarda tibbiy yordam koʻrsatish;kasalliklarga tashxis qoʻyish, dispanser nazoratiga olish, muntazam kuzatish va muolaja amaliyotlari;tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarida nazarda tutilgan eng koʻp uchraydigan kasalliklarni davolash va reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish;bemorni uning yashash joyi yoki turgan joyida qabul qilish va zaruratga koʻra ambulator yordam koʻrsatish;tor soha mutaxassislari va statsionar tibbiy yordam uchun yoʻllanma berish;dori vositalarini tayinlash;fizioterapiya muolajalarini oʻtkazish;ambulator muolajalar, jumladan, jarohatga birlamchi ishlov berish, yumshoq toʻqimalar abssessini ochish va drenajlash, etga oʻsib kirgan tirnoqni olib tashlash, zararlangan teri va teri osti toʻqimalarini kesib olish, infeksiyalangan yoki kuygan jarohatga ishlov berish boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish;yoʻl-transport hodisalari va favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam koʻrsatish.Tor soha mutaxassislari tomonidan bemorga quyidagi davolash muolajalari va amaliyotlar bajariladi:surunkali kasalliklarga (qandli diabet, yurak ishemik kasalliklari, surunkali gepatitlar va boshqalarni) tashxis qoʻyish va ularni davolash boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish;kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish (burun yoʻllari tamponadasi, quloqdan va burundan yot jismlarni olib tashlash, xirurgik bogʻlamlarni qoʻyish);immobilizatsiya (shina va gips bogʻlam qoʻyish);jarohatga birlamchi ishlov berish, yumshoq toʻqimalar abssessini ochish va drenajlash, etga oʻsib kirgan tirnoqni olib tashlash, zararlangan teri va teri osti toʻqimalarini kesib olish, infeksiyalangan yoki kuygan jarohatga ishlov berish, sut bezini kesish va biopsiya olish, teri va teri osti toʻqimalarida bajariladigan operatsiyalar, sirkumsiziya, pararektal soha toʻqimalarida bajariladigan operatsiyalar (polip bundan mustasno), gemorroidal tugunlarda bajariladigan operatsiyalar (tugunlarni bogʻlash, kesib olish), limfa tugunlarida bajariladigan operatsiyalar (kesish, kesib olish) boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish;dori vositalarini tayinlash;fizioterapiya muolajalarini oʻtkazish;18 yoshgacha boʻlgan bolalar, homilador ayollar, tugʻish yoshidagi ayollarni vitamin va mikronutriyentlar bilan taʼminlash;vena ichiga, mushak ichiga, teri ostiga inyeksiyalar qilish;koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada tashkil qilingan kunduzgi statsionarda tibbiy yordam koʻrsatish;bemorni uning yashash joyi yoki turgan joyida qabul qilish va unga zaruratga koʻra boshqa turdagi tibbiy yordam koʻrsatish;masofaviy tibbiy xizmatlarni (maslahat berish, konsilium, operatsiya, master-klass va boshqalarni) koʻrsatish;stomatologik yordam koʻrsatish (ogʻriqsizlantirish, infeksiya oʻchoqlarini bartaraf qilish), 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda ogʻriqsizlantirish, infeksiya oʻchoqlarini bartaraf qilish hamda plomba qoʻyish.Tashxis qoʻyish va davolash standartlariga muvofiq murojaat qilingan vaqtda7.Palliativ tibbiy yordamOilaviy shifokor, hamshiralar bemorga (insult, infarkt, sil, xavfli oʻsma kasalligi va boshqa kasalliklar bilan) uning yashash joyi yoki turgan joyida va (yoki) tibbiyot muassasasida quyidagi palliativ tibbiy yordamlarni koʻrsatadi:surunkali ogʻriq sindromini bartaraf qilish (narkotik boʻlmagan ogʻriq qoldiruvchi preparatlarni tayinlash) va davolashni baholash;bemorga oziqlanishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish.Tibbiy psixologik yordam koʻrsatish.Tashxis qoʻyish va davolash standartlariga muvofiq murojaat qilingan vaqtda8.Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilishOilaviy shifokor tomonidan aholining mehnatga vaqtincha layoqatsizligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, natijaga koʻra bemorga mehnatga vaqtincha layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirish.Murojaat qilingan vaqtda9.Oʻlimni qayd qilishni rasmiylashtirishShaxsning biologik oʻlim holati tasdiqlanganidan soʻng fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi tomonidan oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilinishi uchun oilaviy shifokor tomonidan oʻlim haqida tibbiy maʼlumotnomani shakllantirish.Shaxsning biologik oʻlim holati tasdiqlangan vaqtda
Izoh. Sogʻliqni saqlash vazirligiga mazkur roʻyxatga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 382-son qaroriga 2-ILOVA
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida qoʻllanadigan dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy jihozlar
ROʻYXATI
T/rXalqaro patentlanmagan nomiShakliI. Kechiktirib boʻlmaydigan holatlar uchun qoʻllanadigan dori vositalariAnaleptiklar1.Niketamidinyeksiya uchun eritma (25%)Nonarkotik analgetiklar 2.Paratsetamoltabletkalarsiropshamchalar3.Metamizol natriyinyeksiya uchun eritma (50%)Yalligʻlanishga qarshi nosteroid vositalar4.Diklofenaktabletka (25 mg; 50 mg; 75 mg; 100 mg)inyeksiya uchun eritma (25 mg/ml 3 ml; 75 mg/ml 3 ml)gel (1% 15 g; 20 g; 25 g; 30 g; 40 g)Qusishga qarshi vositalar5.Metoklopramidinyeksiya uchun eritma (0,5% 2 ml)Allergiyaga qarshi vositalar6.Difengidramininyeksiya uchun eritmaMahalliy ogʻriqsizlantiruvchi vositalar7.Prokaininyeksiya uchun eritma (0,5%; 2%)8.Tetrakainkoʻz tomchilari (1%)Antianginal vositalar 9.Nitroglitserin sublingval tabletkalar (0,5 mg)Kardiotonik vositalar10.Digoksininyeksiya uchun eritma (0,25 mg/ml 1 ml)Sedativ vositalar11.Korvalolichish uchun tomchilarKalsiy kanallari blokatorlari12.Nifedipintabletkalar (10 mg; 20 mg; 30 mg)tomchilar (2% 5 ml; 25 ml)Vazodilator vositalar13.Magniy sulfatinyeksiya uchun eritma (25% 5ml; 10 ml)Adrenalin va adrenomimetik vositalar14.Epinefrininyeksiya uchun eritma (1,82 mg/ml 1 ml)3-guruh antiaritmik vosita15.Amiodaroninyeksiya (50 mg/ml)Qon-tomirlar, bronxlar va boshqa ichki aʼzolar silliq mushaklarini boʻshashtiruvchi miotrop spazmolitik vositalar16.Drotaverintabletkalar (40 mg)inyeksiya uchun eritma (2% 2 ml)17.Aminofillininyeksiya uchun eritma (2,4%)Antiagregantlar18.Atsetilsalitsil kislotasitabletkalar (150 mg)Antikoagulyantlar va ularning antagonistlari19.Geparin natriyinyeksiya uchun eritma (5000 XB; 25000 XB; 12500 XB 1 ml; 2ml; 5ml; 10ml)Gemostatiklar 20.Etamzilat natriyinyeksiya uchun eritma (12,5%-2 ml)Diuretik va antidiuretik vositalar21.Torasemidtabletka (2,5 mg; 5 mg; 10 mg; 20 mg)Buyrak usti bezi poʻstloq qismi gormonlari, glyukokortikoidlar22.Prednizoloninyeksiya uchun eritma (30 mg 1 ml)23.Deksametazoninyeksiya uchun eritma (0,4%; 0,5% 1ml; 2 ml)Astmaga qarshi va oʻpka surunkali obstruktiv kasalligida qoʻllanadigan vositalar24.Ipratropiy bromidingalyatsiya uchun aerozolingalyatsiya uchun eritma25.Salbutamolingalyatsiya uchun aerozolingalyatsiya uchun eritmaInsulin preparatlar26.Qisqa taʼsirli insulininyeksiya uchun eritma (flakon) (100 TB/ml 10 ml)Eritmalar27.Natriy xloridinfuziya uchun eritma (0,9% 5 ml; 10 ml; 100 ml; 200 ml)28.Natriy xlorid + kaliy xlorid + natriy atsetat (atsesol)infuziya uchun eritma Antibakterial dori vositalari (18 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllanadi)29.Benzatin benzilpenitsillininyeksiya uchun kukun30.Benzilpenitsillininyeksiya tayyorlash uchun kukun31.Amoksitsillin/klavulon kislotasitabletka (250 mg+125 mg; 500 mg+125 mg; 875mg+125 mg)suspenziya tayyorlash uchun kukun (125 mg+31,25 mg/5 ml; 250 mg+62,5 mg/5 ml)eritma tayyorlash uchun kukun (500 mg/100 mg; 1000 mg/200 mg)Regidratatsiya vositalari32.Ichish uchun tuzli regidratatsiya tarkibli vositalarichish uchun kukunParenteral oziqlantirish uchun vositalari33.Dekstrozainfuziya uchun eritma (5%)inyeksiya uchun eritma (40%)Zaharlanish va intoksikatsiyalarda qoʻllanadigan vositalar34.Faollashtirilgan koʻmirtabletkaII. Kunduzgi shifoxona va fizioterapiya muolajalari uchun qoʻllanadigan dori vositalari Mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi vositalar1.Prokaininyeksiya uchun eritma (0,5%)Eritmalar2.Natriy xloridinfuziya uchun eritma (0,9% 5 ml; 10 ml; 100 ml; 200 ml)Plazma oʻrnini bosuvchilar va tuzli eritmalar, erituvchilar3.Sorbitol + natriy laktat + natriy xlorid + kalsiy xlorid + kaliy xlorid + magniy xloridinfuziya uchun eritma4.Dekstrozainfuziya uchun eritma (5% 40%)5.Natriy xlorid + natriy atsetatinfuziya uchun eritma6.Natriy xlorid + kaliy xlorid + kalsiy xlorid + magniy xlorid + qahrabo kislotasi + natriy gidrokorbonatinfuziya uchun eritmaIII. Ambulator sharoitda aholi (bemorlar)ga beriladigan dori vositalari1. Narkotik analgetik vositalar1.Tamoksifen*tabletka (10 mg; 20 mg)2.Morfin gidroxlorid*inyeksiya uchun eritma (1% 1 ml**)3.Omnopon*inyeksiya uchun eritma (1% 1 ml**)inyeksiya uchun eritma (2% 1 ml**)4.Trimeperidin*inyeksiya uchun eritma (1% 1 ml; 2% 1 ml**)5.Tramadol*inyeksiya uchun eritma (5% 2 ml**)kapsula (50 mg)6.Nalbufin*inyeksiya uchun eritma (10 mg/1 ml**)2. Asosan markaziy nerv tizimiga taʼsir qiluvchi dori vositalariUxlatuvchi vositalar6.Lamotridjintabletka7.Karbamazepintabletka8.Benzobarbitaltabletka9.Valproat kislotasitabletkakapsulalarsiropichish uchun tomchilarbolalarga ichish uchun siropinyeksiya uchun eritma**10.Klonozepamtabletka (2 mg)3. Psixotrop dori vositalariNeyroleptik vositalar11.Aripiprazoltabletka12.Galoperidoltabletkainyeksiya uchun eritma**13.Kvetiapin tabletka14.Klozapintabletka15.Olanzapin tabletka16.Flufenazin dekanoatinyeksiya uchun eritma**17.Xlorpromazintabletkainyeksiya uchun eritma**18.Risperidontabletka19.Tioridazintabletka20.Trifluoperazintabletkainyeksiya uchun eritma**Antidepressantlar21.Amitriptilintabletkainyeksiya uchun eritma**22.Venlafaksin tabletka (37,5 mg)kapsulalar23.Paroksetintabletka (20 mg)24.Sertralin tabletka (50 mg)25.Trazadin tabletka (150 mg)26.Mirtazapin tabletka (30 mg)27.Essitalopram tabletka (10 mg)4. Meʼda-ichak tizimi patologiyalarini davolash uchun qoʻllanadigan vositalarProton nasos ingibitorlari28.Omeprazoltabletka (20 mg, 40 mg)5. Periferik adrenergik jarayonlarga taʼsir qiluvchi vositalarAstmaga qarshi va oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligida qoʻllanadigan vositalar29.Salbutamolaerozol (100 mkg/doza 7 gr 200 doza)6. Endokrin tizimi patologiyalarini davolash uchun qoʻllanadigan vositalarYod preparatlari30.Kaliy yodidtabletka (200 mkg)Antitireoid vositalar31.Tiamazoltabletka (5 mg)Qalqonsimon bez gormonlari32.Levotiroksin natriytabletka (100 mkg)Insulin preparatlar33.Qisqa taʼsirli insulin 100 XB/10 mlinyeksiya uchun eritma**34.Qisqa taʼsirli insulin analogi 100 XB/3 mlinyeksiya uchun eritma**35.Uzoq taʼsirli insulin 100 XB/10 mlinyeksiya uchun eritma**36.Uzoq taʼsirli insulin analogi 100 XB/3 mlinyeksiya uchun eritma**37.Aralash taʼsirli insulin 100 XB/10 mlinyeksiya uchun eritma**Qandsiz diabetga qarshi vositalar38.Desmopressin burun tomchisi (100 mkg/ml 5 ml)burunga sepish uchun sprey (10 mkg/doza 5 ml)7. Balgʻam koʻchiruvchi vositalar39.Ambroksoltabletka (30 mg)8. Yurak-qon tomir tizimiga taʼsir etuvchi dori vositalariAntiaritmik vositalar40.Verapamil tabletkaAntianginal vositalar 41.Izosorbid mononitrattabletka (20 mg; 40 mg)42.Izosorbid dinitratspreytabletkaAntiagregantlar 43.Atsetilsalitsil kislotasitabletka (75 mg; 150 mg)44.Klopidogreltabletka (75 mg) 441. Tikagrelor*** tabletka (90 mg)Selektiv (kardioselektiv) β1−adrenoblokatorlar45.Bisoprolol tabletka (2,5 mg; 5 mg; 10 mg)9. Antigipertenziv vositalarKalsiy kanallari blokatorlari46.Amlodipintabletka (2,5 mg; 5 mg; 10 mg)Angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari47.Enalapril tabletka (2,5 mg; 5 mg; 10 mg; 20 mg)Gipolipidemik vositalar48.Atorvastatintabletka (10 mg; 20 mg; 40 mg; 80mg)10. Trombotsitlar aggregatsiyasi va qon ivishiga taʼsir qiladigan vositalarAntikoagulyantlar va ularning antiagonistlari49.Geparininyeksiya uchun eritma (5000 XB; 25000 XB; 12500 XB 1 ml; 2 ml; 5 ml; 10 ml**)50.Varfarintabletka (2,5 mg)11. Diuretik va antidiuretik vositalar51.Spironolaktontabletka (25 mg)52.Furosemidtabletka (40 mg)inyeksiya uchun eritma (1% 2 ml**)12. Gepatoprotektorlar (xoleolitik vositalar)53.Ursodezoksixol kislotasikapsula (250 mg)13. KontratseptivlarKontratseptiv gormonlar 54.Drospirenon + Etinilestradioltabletka14. Endokrin tizimi patologiyalarini davolash uchun qoʻllaniladigan vositalarDiabetga qarshi vositalar55.Gliklazidtabletka (30 mg; 60 mg)56.Metformintabletka (500 mg; 1000 mg)57.Empagliflozintabletka (10 mg; 25 mg)Buyrak usti bezi poʻstloq qismi gormonlari, glyukokortikoidlar58.Gidrokortizonkoʻz mazi (0,5%; 1%; 2,5%)maz (0,1%)koʻz uchun suspenziya (0,1%)59.Prednizolontabletka (5 mg)15. Vitaminlar va ularning hosilalariVitaminlar60.Foliy kislotasitabletka (1 mg; 5 mg)16. Eritropoezni stimullovchi vositalarEritropoezni stimullovchi vositalar61.Temir Fe (II) birikmalaritabletka (100 mg)kapsula (100 mg)62.Temir Fe (III) birikmalaritabletka (100 mg)kapsula (100 mg)17. Immunomodulyator va virusga qarshi dori vositalar63.Inozin pranobekstabletka (500 mg)17. Gijjalarga qarshi vositalar64.Albendazoltabletkasuspenziya18. Immunodepressantlar65.Siklosporinkapsula (25 mg; 50 mg; 100 mg)66.Takrolimuskapsula (0,5 mg; 1,0 mg; 5,0 mg)67.Mikofenolat mofetiltabletka (250 mg; 500 mg)kapsulalar (250 mg; 500 mg)68.Mikofenol kislotasitabletka (180 mg; 360 mg)19. Xolinomimetik va antixolinesteraz vositalar69.Piridostigmina bromidTabletka 60 mgIV. Tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilgan tibbiyot muassasasida bemorlarga bepul qoʻllanadigan tibbiy jihozlar va dori vositalari Tibbiy jihozlar nomi1. Bogʻlov materiallari1.Mato va nomato materialdan tayyorlangan tibbiyot bintlari (steril, nosteril)2.Tibbiyot gigroskopik, gigiyenik, jarrohlik paxtasi3.Tibbiyot gipsli bintlari5.Tibbiyot dokasi, shu jumladan paxta matoli va toʻqilgan6.Birinchi tibbiy yordam bogʻlamlari toʻplami7.Tibbiy bogʻlagʻichlar8.Dokali tibbiy salfetkalar va qirqimlar9.Tibbiy niqoblar10.Tibbiyot plastirlari11.Tibbiyot yelimlari2. Tibbiyotda qoʻllanadigan tikuv materiallari12.Soʻriladigan jarrohlik iplari (tabiiy va sintetik, ignali yoki ignasiz)13.Soʻrilmaydigan jarrohlik iplari (ipakli, lavsanli, kapronli, polimerli, ignali yoki ignasiz)3. Teshish, kesish, inyeksiya, transfuziya va soʻrib olish uchun ishlatiladigan jihozlar14.Bir marotaba qoʻllaniladigan inyeksion shpritslar15.Infuzion sistemalar16.Infuzion eritmalarni saqlash uchun konteynerlar17.Shprits-ruchkalar18.Skarifikatorlar19.Tibbiyot skalpellari4. Stomatologiyada ishlatiladigan jihozlar20.Borlar (olmosli, poʻlatli va qattiq qotishmali turbinali toʻgʻri va burchakli uchliklari uchun)21.Stomatologiya toʻplamlari22.Plombalash materiallari5. Oftalmologiya jihozlari23.Tashxis uchun oftalmologik koʻzoynak shishalari toʻplamlari24.Optik sinov linzalari toʻplami va koʻrish qobiliyatini moslovchi jihozlar6. Akusherlik va ginekologiya, urologiya uchun jihozlar25.Bir marotaba ishlatiladigan polimer qin koʻzgulari26.Bachadon halqalari27.Urologik va siydik yoʻli uchun kateterlar7. Otorinolaringologiya uchun jihozlar28.Shaxsiy ingalyatorlar29.Bir marotaba qoʻllaniladigan shpatellar, burun koʻzgulari va quloq voronkalari8. Tashxis qoʻyish uchun vositalar30.Rentgenografiya va flyuorografiya plyonkalari31.Biopsiya va punksiya uchun ignalar va moslamalar32.Tibbiyot termometrlari33.Auskultatsiya va perkussiya uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar (tonometr, fonendoskop, stetoskop, akusherlik stetoskopi)34.Kontakt va ultratovush tashxisi uchun gellar35.Nevrologik bolgʻacha36.Pulsoksimetr37.Antropometriya oʻlchov vositalari (santimetr lenta, boʻy oʻlchagich, bolalar va kattalar tarozisi va boshqalar)38.Tashxis qoʻyish asbob-uskunalari va sarflash vositalari9. Rezina, rezina matoli, lateksli, polimerli va boshqa tibbiy jihozlar39.Qoʻlqoplar (steril, nosteril)40.Jgutlar41.Boʻsh rezinali jihozlar (grelkalar, muz uchun qopchalar)10. Kontratseptivlar42.Spirallar, prezervativlar11. Kasallarni parvarishlash uchun jihozlar43.Taglik kleyonkalar44.Uchliklar45.Siydik va najas qabul qilgichlar46.Tuvaklar47.Buyraksimon tibbiyot lotoklari48.Tibbiyot pipetkalari49.Tibbiy bankalar50.Tibbiyot aravachalari12. In vitro tashxis jihozlari: tashxis qoʻyish toʻplamlari, reagentlar va boshqa laboratoriya tashxis qoʻyish vositalari51.Immunologik tashxis uchun reagentlar toʻplami52.Serologik tashxis uchun reagentlar toʻplami53.Biokimyoviy tashxis uchun reagentlar toʻplami54.Gemostaz tizimini baholash uchun reagentlar toʻplami55.Ekspress-testlar, indikatorli sistemalar56.Yopiq turdagi analizatorlar uchun reagentlar57.Laboratoriya sarflash vositalari (tibbiyot probirkalari, buyus oynachalari, shtativ, dozator va laboratoriya boʻyoqlari)13. Antiseptik vositalar58.70% Etanol eritmasi59.5% Yod eritmasi60.10% Polividon-yod eritmasi61.3% Vodorod peroksid eritmasi62.10% Ammiak eritmasi
Izoh.
* Onkologik kasalliklar, ruhiy asab kasalliklari bilan dispanser nazoratida turadigan bemorlar uchun ambulator sharoitda davolanishda taʼminlanadigan narkotik analgetik dori vositalari hamda OIV kasalligini yuqtirganlar uchun dori vositalari bemorlarga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
** Ambulator sharoitda inyeksion shaklda beriladigan dori vositalarini tibbiyot muassasasida bemorga qoʻllanishiga mazkur dori vositalariga elektron retsept rasmiylashtirgan shifokor masʼul hisoblanadi.
*** Ushbu dori vositasi faqat koronar arteriyalarni stentlash amaliyotidan keyin qoʻllash uchun buyuriladi.
Reimbursatsiya dasturi doirasida bemorlarga elektron retsept asosida beriladigan dori vositalari roʻyxati Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga beriladigan dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari mavjud tibbiyot muassasalari hamda alohida dasturlar asosida xarid qilingan zaxiralari tugatilgandan soʻng reimbursatsiya dasturi asosida dorixonalar orqali bemorlarga beriladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligiga mazkur roʻyxatga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 382-son qaroriga 3-ILOVA
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — kafolatlangan paket) shakllantirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning qoidalari birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ambulator sharoitda tibbiy yordam koʻrsatishga nisbatan tatbiq etiladi (shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam bundan mustasno).
3. Quyidagilar tibbiy koʻrsatmalar boʻlganda kafolatlangan paketga kiritilgan ambulator tibbiy yordam hamda tasdiqlangan kasalliklar roʻyxati asosida statsionar tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqiga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etilgan chet el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
2-bob. Tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini aniqlash prinsiplari va mezonlari
4. Tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini aniqlash prinsiplari quyidagilardan iborat:
aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan foydalana olishi;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida amalga oshiriladigan profilaktika chora-tadbirlari va koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning ustuvorligi;
ambulator tibbiy xizmatlarning tuman (shahar) darajasida ambulator sharoitda koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga muvofiqligi;
statsionar tibbiy xizmatlarning tibbiyot muassasalari darajalariga koʻra statsionar sharoitda davolanadigan kasalliklar roʻyxatiga muvofiqligi;
tibbiy xizmatlardan foydalanish va ularni koʻrsatish jarayonining oshkoraligi.
5. Kafolatlangan paketga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini kiritishda:
moliyalashtirishda aholi salomatligi koʻrsatkichlarining yuqori darajasiga erishishni, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarini bajarishni taʼminlaydigan tibbiy yordam turlariga eʼtibor beriladi;
tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ustuvor tartibda profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari va palliativ yordam xizmatlarini qamrab olishi, shuningdek, oʻlim va nogironlik koʻrsatkichlari boʻyicha yetakchi boʻlgan asosiy kasalliklarning oldini olish va ularni davolashga qaratilgan boʻlishi kerak.
3-bob. Kafolatlangan paketni shakllantirish
6. Kafolatlangan paket tibbiy yordamning quyidagi turlari boʻyicha shakllantiriladi:
shoshilinch tibbiy yordam;
rejali tibbiy (shu jumladan, birlamchi tibbiy-sanitariya) yordam;
palliativ tibbiy yordam.
Bunda bemorlarning statsionar sharoitda davolanishi tasdiqlangan tashxis qoʻyish va davolash standartlari hamda milliy klinik protokollar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Sogʻliqni saqlash vazirligi) tomonidan tasdiqlanadigan tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda Davlat budjeti hisobidan davolanadigan kasalliklar roʻyxatiga muvofiq tashkil etiladi.
7. Kafolatlangan paketga tibbiy xizmatlarning aniq turlari, shu jumladan, dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy jihozlar hamda reagentlar bilan taʼminlash choralari kiritiladi.
8. Kafolatlangan paketni shakllantirishda shoshilinch tibbiy yordamning hajmi cheklanishi mumkin emasligi hisobga olinadi.
Bunda shoshilinch yordam koʻrsatishni asossiz rad etgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
9. Kafolatlangan paket ambulator tibbiy xizmatlar turlari va hajmlari asosida ustuvor ravishda aholi orasida tarqalgan eng koʻp uchraydigan kasalliklar boʻyicha shakllantiriladi.
10. Kafolatlangan paketni shoshilinch tibbiy yordam hajmlari boʻyicha shakllantirishda quyidagi xarajat turlari hisobga olinadi:
bemorni shoshilinch yordam koʻrsatiladigan joyga, shuningdek, shoshilinch yoki kechiktirib boʻlmaydigan koʻrsatmalar boʻyicha bir tibbiyot muassasasidan boshqasiga transportda olib borish, bemorga tashxis qoʻyish, uni davolash hamda zarur dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash;
shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan koʻrsatkichlar va holatlar boʻyicha tibbiyot muassasasida boʻlish hamda ovqatlanish.
11. Kafolatlangan paketni birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ambulator sharoitda va kunduzgi statsionarda koʻrsatiladigan rejali tibbiy yordam hajmlari boʻyicha shakllantirishda quyidagi xarajatlar hisobga olinadi:
40 yosh va undan katta boʻlgan aholini hamda nikohlanuvchi shaxslarni davriy va profilaktik tibbiy koʻriklardan oʻtkazish;
ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar va atrofdagilar uchun xavf soladigan kasalliklar boʻyicha, shuningdek, surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan shaxslarni dispanserda kuzatish;
Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga qabul qilish boʻyicha chaqiruv komissiyalari yoʻllanmalari boʻyicha chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yosh) shaxslarni tekshirish va davolash;
reproduktiv yoshdagi ayollar, onalar va bolalarni davriy va profilaktik tibbiy koʻriklardan oʻtkazish hamda ularga tibbiy yordam koʻrsatish;
dasturli va ommaviy skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish;
Milliy emlash taqvimiga muvofiq emlash;
davlat tashkilotlarida ishlovchi pedagog, tarbiyachi, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini tibbiyot muassasalarida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
12. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokori yoʻllanmasi asosida statsionar sharoitda ixtisoslashgan (shu jumladan, yuqori texnologik) tibbiy yordam tasdiqlangan kasalliklar roʻyxati doirasida bemorlarni navbatga qoʻyish orqali koʻrsatiladi.
13. Kafolatlangan paketni palliativ yordam hajmlari boʻyicha shakllantirishda quyidagi xarajat turlari hisobga olinadi:
zarur hajmlarda dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash;
mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, statsionar (xospis) tashkil etilgan hollarda, unda boʻlish bilan bogʻliq xarajatlar (koyka-oʻrin xarajatlari);
belgilangan normalarga muvofiq ovqatlanish.
4-bob. Kafolatlangan paketni moliyalashtirish
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan paket roʻyxatini shakllantiruvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi har yili 1-avgustga qadar kelgusi yil uchun kafolatlangan paket hajmlarini shakllantiradi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda talab qilinayotgan mablagʻlar miqdorini kelishadi hamda zarur mablagʻlar kelgusi yil uchun tasdiqlanadigan Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
15. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatiga muvofiq tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan tartibda budjet soʻrovida aks ettirilib, kelgusi yilgi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunining tegishli moliya va rejali davr uchun Davlat budjeti parametrlarida “Sogʻliqni saqlash” sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi.
16. Kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy yordam (dori vositalari, sarflov materiallari va jihozlar)dan tashqari tibbiy xizmatlar pulli asosda koʻrsatiladi (shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish bundan mustasno).
5-bob. Yakunlovchi qoida
17. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
