6-modda. Konchilik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishning vazifalari
Yer osti boyliklari toʻgʻrisida (2018-XII-son) · Sana: 23.09.1994 · Kuchini yo'qotgan
Konchilik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifalari:
mineral xomashyo bazasini rivojlantirishni taʼminlashdan;
foydali qazilmalarning asosiy turlarini qazib olishning hozirgi paytdagi va istiqbolga moʻljallangan hajmlarini belgilashdan;
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq va mineral xomashyoning ayrim turlariga narx belgilashdan;
yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganish va muhofaza qilish, mineral resurslardan oqilona, kompleks foydalanish, yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bexatar yuritishga doir normalar va qoidalarni belgilashdan;
yer osti boyliklaridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan, yer osti boyliklarini geologik oʻrganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan tekshiruv va nazorat tizimini tashkil etishdan iborat.
