47-modda. Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish, geologik oʻrganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazoratining vazifalari
Yer osti boyliklari toʻgʻrisida (2018-XII-son) · Sana: 23.09.1994 · Kuchini yo'qotgan
Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish, geologik oʻrganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan davlat tekshiruvi va nazorati vazifalari barcha yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar yer osti boyliklaridan foydalanishning belgilangan tartibiga, yer osti boyliklaridan foydalanish hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish, yer qaʼrini geologik oʻrganish sohasidagi qonun hujjatlari, qoidalar va normalarga, ishlarni xavf-xatarsiz olib borish, ishlarning aholiga, atrof tabiiy muhitga, binolar va inshootlarga zararli taʼsir etishining oldini olish hamda bunday taʼsirni bartaraf qilishga doir talablarga, shuningdek davlat hisobini yuritish va hisobdorlik qoidalariga rioya etishlarini taʼminlashdan iborat.
