21-modda. Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish
Yer osti boyliklari toʻgʻrisida (2018-XII-son) · Sana: 23.09.1994 · Kuchini yo'qotgan
Davlat boshqaruv organlarining, hokimiyat mahalliy organlarining yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar faoliyatiga aralashishlariga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqining toʻxtatib turilishi, cheklab qoʻyilishi yoki toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi qarorlarning qay darajada asosliligi, shuningdek zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Buzilgan huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi lozim. Yer osti boyliklaridan foydalanuvchiga yer qaʼridan foydalanish huquqi asossiz ravishda toʻxtatib turilishi, cheklab qoʻyilishi yoki toʻxtatilishi tufayli yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
