Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2024-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida (848-V-son)
06.05.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2024-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz faoliyat yoʻnalishlarining oʻziga xos jihatlarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2024-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotda qayd etilgan maʼlumotlardan parlament nazoratini amalga oshirishda foydalansin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 6-may,
848-V-son
