“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda mahsulotlarni oʻz ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-91-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (897-V-son)
26.05.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda mahsulotlarni oʻz ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-91-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 17-mayda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda mahsulotlarni oʻz ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-91-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-may,
897-V-son
