“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2024-yil 18-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (SQ-99-V-son)
18.03.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 31-yanvar kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2024-yil 18-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2024-yil 18-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 18-mart,
SQ-99-V-son
