Energiya auditorlari uchun yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida, bino va inshootlarda energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi texnik topshiriq, dasturlar, energetika pasporti va tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejalarining namunaviy shakllarini hamda energiya auditorlariga qoʻyiladigan minimal talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida (3629-son)
16.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 16-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3629]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-oktabrdagi 690-son “Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini hamda bino va inshootlarni energiya isteʼmolini energiya auditidan oʻtkazish tartiblarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi texnik topshiriqning namunaviy shakli 1-ilovaga muvofiq;
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi dasturning namunaviy shakli 2-ilovaga muvofiq;
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi energetika pasportining namunaviy shakli 3-ilovaga muvofiq;
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi tashkiliy-texnik tadbirlar rejasining namunaviy shakli 4-ilovaga muvofiq;
Bino va inshootlarda energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi texnik topshiriqning namunaviy shakli 5-ilovaga muvofiq;
Bino va inshootlarda energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi dasturning namunaviy shakli 6-ilovaga muvofiq;
Bino va inshootlarda energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi tashkiliy-texnik tadbirlar rejasining namunaviy shakli 7-ilovaga muvofiq;
Energiya auditorlariga qoʻyiladigan minimal talablar 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi I. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-may,
8-son
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-may,
5 q/q-son
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-may,
4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga 1-ILOVA
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi texnik topshiriqning
NAMUNAVIY SHAKLI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga 2-ILOVA
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi dasturning
NAMUNAVIY SHAKLI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga 3-ILOVA
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi energetika pasportining
NAMUNAVIY SHAKLI
Elektr energiyasini hisobga olish
Korxonaning energiya balansi
Izoh:
*texnologik ehtiyojlar — ushbu mahsulot (xizmat) turini ishlab chiqarishning texnologik jarayonlariga yoqilgʻi, issiqlik va elektr energiyasi sarfi;
** oʻz ehtiyoji — asosiy texnologik asbob-uskunalarning normal ish rejimini ushlab turadigan energiya isteʼmol qiluvchi agregatlarning YOERi sarfi;
*** ishlab chiqarish (yordamchi) ehtiyojlari — mahsulot olishda texnologik jarayonni qoʻllab-quvvatlaydigan ishlab chiqarish va yordamchi energiya isteʼmol qiluvchi agregatlarning YOER isteʼmoli;
**** xoʻjalik (kommunal-maishiy) ehtiyojlari — ishlab chiqarishning xoʻjalik-maishiy ehtiyojlariga YOER sarfi.
Korxonaning energiya balansi
20___ yilda solishtirma koʻrsatkichlar oʻzgarishi dinamikasi
20___ yilda solishtirma koʻrsatkichlar oʻzgarishi dinamikasi
Yillar boʻyicha energiya koʻrsatkichlari oʻzgarishi dinamikasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga 4-ILOVA
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasining
NAMUNAVIY SHAKLI
Yoqilgʻi-energiya resurslarini tejashga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi
MAʼLUMOT
Izoh. Amalga oshirilgan ishlarning dastlabki va keyingi fotosuratlari ilova qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga 5-ILOVA
Bino va inshootlarda energiya auditidan oʻtkazishni belgilovchi texnik topshiriqning
NAMUNAVIY SHAKLI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga 6-ILOVA
Bino va inshootlarni energiya auditidan oʻtkazishning
NAMUNAVIY DASTURI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga 7-ILOVA
Bino va inshootlarni energiya auditdan oʻtkazishning tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejasining
NAMUNAVIY SHAKLI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 8-maydagi 8, 5 q/q va 4-son qaroriga 8-ILOVA
Energiya auditorlariga qoʻyiladigan
MINIMAL TALABLAR
Izoh:* — Bino va inshootlarni energiya auditdan oʻtkazishda ushbu oʻlchov vositalari talab etilmaydi.
