Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Xudayarovga “Aholi orasida onkologik kasalliklarning oldini olish va ularni barvaqt aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida (854-V-son)
06.05.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Xudayarovga “Aholi orasida onkologik kasalliklarning oldini olish va ularni barvaqt aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Xudayarovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 6-may,
854-V-son
