Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida (2-son)
05.01.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QarorI
Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari faoliyati samaradorligini oshirish hamda tuzilmasini takomillashtirish, ularga yuklangan funksiyalarning bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, hududiy boshqaruv organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, boshqaruv tizimida ortiqcha boshqaruv boʻgʻinlarini qisqartirish va maʼmuriyatchilik funksiyalarini cheklash maʼmuriy islohotlarni amalga oshirish va hududiy boshqaruv organlari boshqaruv xodimlarini qisqartirishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F–1791-son farmoyishi bilan tuzilgan Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasining:
viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining 1, 1a, 1b, 2, 3, 3a, 4, 4a, 5, 5a, 6-ilovalarga muvofiq namunaviy tuzilmasi toʻgʻrisidagi;
joylardagi davlat ijroiya hokimiyati organlari va mahalliy boʻysunishdagi korxonalar boshqaruv xodimlarining 7, 7b, 7v, 7g, 7d-ilovalarga muvofiq cheklangan soni toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, viloyat hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimga viloyat hokimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining taqdimiga koʻra tasdiqlanadi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
oʻn kun muddatda hokimliklar apparatlarida va tegishli tarkibiy boʻlinmalarda qisqartirilayotgan lavozimlar roʻyxatini aniqlasinlar hamda qisqartiriladigan xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilsinlar;
2004-yil 15-yanvargacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2004-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra boshqaruv apparati xodimlari sonini qisqartirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot, shuningdek xodimlarning belgilangan cheklangan soniga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borish uchun boshqaruv xodimlari, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni toʻgʻrisida har chorakda axborot taqdim etilishini taʼminlasinlar;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning joylardagi organlari bilan birgalikda boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar va bu borada koʻmaklashsinlar.
5. Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi (R.S. Azimov) viloyatlar hokimlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga viloyat, shahar, tuman hokimining oʻrinbosari maqomi tatbiq etiladigan rahbarlik lavozimlarini tartibga solish va tugatish boʻyicha takliflar kiritsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi apparati tuzilmasini ushbu qarorga muvofiqlashtirish tavsiya etilsin.
7. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga 1, 2, 3, 3a-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va tumanlar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 30-sentabrdagi 459-son qaroriga 1, 1a, 2, 2a, 3, 3a, 3b, 4, 4a-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 26-fevraldagi 82-son qaroriga 1-3-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyati tarkibida Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumanini tuzishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 206-son qaroriga 2-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar hokimliklari apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 24-noyabrdagi 461-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Samarqand viloyatining Payariq tumani bilan Chelak tumanini, Pastdargʻom tumani bilan Goʻzalkent tumanini birlashtirish toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish chora-tadbirlari haqida” 2001-yil 10-dekabrdagi 472-son qaroriga 2 va 3-ilovalar;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 4 va 8-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Qashqadaryo viloyatining Bahoriston va Usmon Yusupov tumanlarini birlashtirish toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish chora-tadbirlari haqida” 2003-yil 5-iyundagi 247-son qaroriga 2-ilova.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 5-yanvar,
2-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 1-ILOVA
Viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Izoh: * Aniq vaziyatga (holatga) qarab hokimning birinchi oʻrinbosari lavozimiga qishloq va suv xoʻjaligi masalalariga mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosar tasdiqlanishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 1a-ILOVA
Viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Izoh: * Aniq vaziyatga (holatga) qarab hokimning birinchi oʻrinbosari lavozimiga qishloq va suv xoʻjaligi masalalariga mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosar tasdiqlanishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 1b-ILOVA
Viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Izoh: * Aniq vaziyatga (holatga) qarab hokimning birinchi oʻrinbosari lavozimiga qishloq va suv xoʻjaligi masalalariga mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosar tasdiqlanishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 3-ILOVA
Viloyat markazlari boʻlgan shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 3a-ILOVA
Viloyat markazlari boʻlgan shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 4-ILOVA
Viloyat boʻysunishidagi shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Izoh: * Kapital qurilish, kommunal xoʻjalik, kommunikatsiyalar, va obodonlashtirish masalalariga mutasaddilik qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 4a-ILOVA
Viloyat boʻysunishidagi shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Izoh: * Kapital qurilish, kommunal xoʻjalik, kommunikatsiyalar, va obodonlashtirish masalalariga mutasaddilik qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 5-ILOVA
Qishloq tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Izoh: * Qishloq va suv xoʻjaligi masalalariga mutasaddilik qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 5a-ILOVA
Qishloq tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Izoh: * Qishloq va suv xoʻjaligi masalalariga mutasaddilik qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 6-ILOVA
Shahar tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 7-ILOVA
Joylardagi davlat hokimiyati organlari va mahalliy boʻysunishdagi korxonalar boshqaruv apparati xodimlarining
ChEKLANGAN SONI
(7a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-yanvardagi PQ-1456-son qarori bilan chiqarilgan — OʻR OMPA, 2011-y., 1-son, 10-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 7b-ILOVA
Viloyat markazlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti hokimliklari apparati boshqaruv xodimlarining
ChEKLANGAN SONI
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 7v-ILOVA
Viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari apparati boshqaruv xodimlarining
ChEKLANGAN SONI
*Yangiobod shahrini hisobga olgan holda.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 7g-ILOVA
Qishloq tumanlari hokimliklari apparati boshqaruv xodimlarining
ChEKLANGAN SONI
Izoh. * Shu jumladan, ilgari viloyatga boʻysungan shaharlar.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 7d-ILOVA
Shahar tumanlari hokimliklari apparati boshqaruv xodimlarining
ChEKLANGAN SONI
Izoh: * “Yoshlik” yoshlar shaharchasi hokimligini hisobga olgan holda.
