“62-modda. Qarzdor jismoniy shaxs toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganda yoki qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda un — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1069-son)
“62-modda. Qarzdor jismoniy shaxs toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganda yoki qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi”;
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1069-son) · Sana: 16.06.2025 · Amalda
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Iqtisodiy sudning qarzdor jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi olinganda davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlaydi, bundan alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi va jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi, shuningdek undiruvni garov bilan taʼminlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro ishlari mustasno. Ijro ishini yuritishni tamomlash bilan bir vaqtda davlat ijrochisi ijro ishini yuritish davomida qarzdorning mol-mulkiga oʻzi qoʻygan xatlovlarni va ushbu mol-mulkni tasarruf qilishga doir boshqa cheklovlarni olib tashlaydi.
Ijro ishini yuritish tamomlangan ijro hujjatlari davlat ijrochisining ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxasi bilan birgalikda ijro ishini yuritish tamomlangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tegishincha tugatuvchiga, moliyaviy boshqaruvchiga yuboriladi. Davlat ijrochisi ijro hujjati tugatuvchiga yoki moliyaviy boshqaruvchiga yuborilganligi haqida undiruvchiga maʼlum qiladi”;
9) 84-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonunchilik hujjatlariga muvofiq mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanish”;
yettinchi — yigirmanchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 827-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 447-modda:
ikkinchi qismining 4-bandidagi “yuridik shaxslar uchun esa — soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami” degan soʻzlar “mavjud boʻlgan taqdirda — undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda agar sud hujjatiga asosan berilgan ijro varaqasi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlsa yoki undiruvchining iltimosnomasiga koʻra u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qogʻoz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin”;
2) 448-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, ijro varaqasi unga qogʻoz shaklida beriladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1280, 1286-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 336-modda:
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, ijro varaqasi unga qogʻoz shaklida beriladi”;
oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 337-modda:
birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, undiruvchining va qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda sud hujjati asosida beriladigan ijro varaqasi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlsa, u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qogʻoz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda, № 11, 923-modda, № 12, 1009-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 12, 1286-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 278-modda:
qoʻyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ijro varaqasi undiruvchi jismoniy shaxslarga elektron hujjat tarzida, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali — mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvchi yuridik shaxslarga esa soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, ijro varaqasi unga qogʻoz shaklida beriladi”;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 279-modda:
birinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, undiruvchining va qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda agar sud hujjatiga asosan berilgan ijro varaqasi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim boʻlsa yoki undiruvchining iltimosnomasiga koʻra u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qogʻoz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 106, 110, 111-moddalar, № 4, 346-modda, № 5, 458, 459-moddalar, № 8, 822, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076-modda, № 11, 1190-modda, № 12, 1283, 1284, 1296, 1297-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 16-moddaning uchinchi qismi “shuningdek” degan soʻzdan keyin “ijro ishini yuritish tartibida qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 55-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Majburiyatlar reyestri maʼlumotlarini vaqtincha saqlash yagona elektron bazasiga (bundan buyon matnda Majburiyatlar reyestri deb yuritiladi) kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha soliq qarzining hisobi alohida yuritiladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 60-moddaning oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umidsiz qarz — sud qarori bilan majburiyat bekor qilinganligi tufayli yoxud qarzdor bankrot deb topilganligi, tugatilganligi, vafot etganligi yoki daʼvo muddati tugaganligi oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan qarz, shuningdek Majburiyatlar reyestriga kiritilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil ichida toʻlanmagan qarz”;
4) 96-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41) Majburiyatlar reyestriga kiritilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil davomida qarzdorning mol-mulki yoki pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlanmaganda — soliq qarzining uzilmay qolgan qismi boʻyicha”;
ikkinchi qismining 1-bandidagi “1 — 3-bandlarida” degan soʻzlar “1, 2, 3 va 41-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 110-modda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha soliq qarziga mazkur ijro hujjatlari ushbu Reyestrga kiritilgan sanadan eʼtiboran penya hisoblanmaydi”;
sakkizinchi — oʻn oltinchi qismlari tegishincha toʻqqizinchi — oʻn yettinchi qismlar deb hisoblansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori ushbu Qonun 2-moddasi 9-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 2-moddasi 9-bandining uchinchi xatboshisi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran ikki oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 16-iyun,
OʻRQ-1069-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “62-modda. Qarzdor jismoniy shaxs toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganda yoki qarzdor yuridik shaxs qayta tashkil etilganda va tugatilganda undiruvni qaratish tartibi”; Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1069-son). neolex.uz/uz/laws/law-7579743/62 (lex.uz/docs/-7577420)