433-modda. Majburiyatlar reyestrini yuritish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1069-son) · Sana: 16.06.2025 · Amalda
Majburiyatlar reyestrida ushbu Qonun 40-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra yuritilishi tamomlangan ijro hujjatlariga doir maʼlumotlar vaqtincha saqlanadi.
Majburiy ijro byurosi ijro hujjatlariga doir maʼlumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reyestrini yuritadi.
Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha qoʻllanilgan taqiqlar va cheklovlar ushbu Qonun 434-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan asoslar yuzaga kelganda bekor qilinadi.
Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha bajarilmagan majburiyatlar mavjudligi davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan onlayn rejimda tekshiriladi.
Davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha Majburiy ijro byurosi bilan tezkor axborot almashinuvini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
