Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida (2606-9-son)
05.06.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 5-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2606-9]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-apreldagi 244-son “Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-son qarori (roʻyxat raqami 2606, 2014-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-yil, 32-son, 411-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning ilovasidagi “B” sahifasi 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq 2025-yil 2-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-may,
263-son
Kelishildi:
Milliy statistika qoʻmitasi raisi B. HAMRAYEV
2025-yil 20-may
