9-modda. Referendum toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida (417-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining referendumda qatnashish, tashviqot yuritish huquqidan erkin foydalanishlariga zoʻravonlik bilan, aldash, tahdid qilish yoki oʻzga yoʻl bilan qarshilik qiluvchi shaxslar, shuningdek referendum hujjatlarini soxtalashtirgan, ovozlarni ataylab notoʻgʻri hisoblagan, yashirin ovoz berish prinsipini buzgan yoki ushbu Qonunni oʻzgacha tarzda buzgan referendum oʻtkazuvchi komissiyaning aʼzolari, davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, siyosiy partiyalar va harakatlarning vakillari, tashabbuskor guruhning aʼzolari, imzo toʻplayotgan shaxslar qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar. Referendum oʻtkazuvchi komissiyaning aʼzolariga nisbatan haqoratlovchi munosabatda boʻlgan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.
