22-modda. Ovoz berish byulleteni
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida (417-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Ovoz berish byulletenida referendumga qoʻyilgan masalaning yoki qaror loyihasining matni hamda ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari yozib qoʻyiladi.
Referendumga qaror loyihalarining bir necha muqobillari qoʻyilgan taqdirda ularning hammasi bitta byulletenga kiritiladi, ketma-ket raqamlab chiqiladi, biri ikkinchisidan yotiq chiziqlar bilan ajratiladi va ularga alohida-alohida ovoz beriladi.
Ovoz berish byulletenlarining namunasi va matni referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiya tomonidan referendum kunidan kamida 30 kun oldin tasdiqlanadi.
Okrug komissiyalari uchastka komissiyalarini ovoz berish byulletenlari bilan referendum kunidan kamida 15 kun oldin taʼminlaydi.
Referendumda ovoz berish byulleteni davlat tilida, millatlararo muomala tilida, referendum oʻtkazuvchi Markaziy komissiya belgilagan tartibda va uning nazorati ostida chop etiladi.
