2-modda. Fuqarolarning referendumda ishtirok etish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida (417-XII-son) · Sana: 18.11.1991 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarolari referendumda qatnashish huquqiga egadirlar. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan ruhiy kasal fuqarolar, shuningdek sudning hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan yoxud jinoyat-protsessual qonunlarda belgilangan tartibda oldini olish chorasi qoʻllangan — hibsda ushlab turilgan shaxslar referendumda qatnashmaydilar.
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holati, irqi va millati, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, siyosiy va oʻzga qarashlari, muayyan joyda qancha yashayotganligi, mashgʻulot turi va xarakteriga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi.
