Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining yangilangan shakli amalga kiritilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgargan mahsulotlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (349-son)
04.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 14-maydagi PQ-181-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi hamda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan mahsulotlarning bojxona rasmiylashtiruvini oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining yangilangan shakli amalga kiritilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgargan mahsulotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga zarur hollarda, mahsulotlarni tasniflash yuzasidan birgalikda xulosalar berish hamda ushbu qarorga ilovada keltirilgan mahsulotlar roʻyxatiga tegishli bayonnoma rasmiylashtirish orqali oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan mahsulotlarning bojxona rasmiylashtiruvini‚ iqtisodiy siyosat choralarini‚ shu jumladan, bojxona imtiyozlarini qoʻllashni ushbu qaror qoidalarini hisobga olgan holda amalga oshirsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-iyun,
349-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-iyundagi 349-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining yangilangan shakli amalga kiritilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgargan mahsulotlar
ROʻYXATI
