Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 20-iyundagi PF-3620-son Farmoni) (198-son)
15.08.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 20-iyundagi PF-3620-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-avgust,
198-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-avgustdagi 198-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda) 7-bandidagi “yagona soliqni” soʻzlari “yagona soliq toʻlovini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishni ragʻbatlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining oʻzaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 67-modda) 1-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshidagi “yagona soliqni”, “yagona soliq” soʻzlari tegishli ravishda “yagona soliq toʻlovini”, “yagona soliq toʻlovi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
