Ishlab chiqarish muhitining biologik omillari, ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi va xavflilik sinfi boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0089-25-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida (7-son)
25.04.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI HUZURIDAGI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 26-mayda hisobga olindi, hisob raqami 348]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ishlab chiqarish muhitining biologik omillari, ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi va xavflilik sinfi boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0089-25-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2004-yil 15-oktabrda tasdiqlangan Ishlab chiqarish muhitining biologik omillari. Ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarini ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi (REK) 0167-04-son SanQvaM oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Rais B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-aprel,
7 son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2025-yil 10-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 3-aprel
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 28-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 25-apreldagi 7-son qaroriga ILOVA
Ishlab chiqarish muhitining biologik omillari, ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi va xavflilik sinfi boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0089-25-son SanQvaN)
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) ishlab chiqarish muhitining biologik omillari, ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi va xavflilik sinfi boʻyicha sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
Ushbu sanitariya qoidalari oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi hamda farmatsevtika sanoatiga nisbatan tatbiq etiladi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
biologik omil — mikro va makroorganizmlarni, ularning metabolik faolligi mahsulotlarini, shuningdek biologik sintez mahsulotlarini oʻz ichiga olgan hamda inson tanasiga va atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatish qobiliyatiga ega boʻlgan biologik obyektlar majmui;
produtsent-mikroorganizmlar — sanoatda ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan, hayot faoliyati davomida noorganik moddalardan organik moddalar ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar shtammi;
bakterial preparatlar — oʻsimliklarning oʻsishini tezlashtiruvchi, tuproq unumdorligini oshiruvchi, inson organizmining normal ichak mikroflorasini tiklash, oqava suvlarni tozalash, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari sifatida foydalaniladigan mikroorganizmlarning shtammlari yoki ularning aralashmasi;
ruxsat etilgan maksimal konsentratsiya — ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining 7 yoki 8 soatlik ish kuni va haftasiga 40 soatdan koʻp boʻlmagan ish jarayonida hamda insonlarning butun hayoti davomida sogʻligʻida salbiy oʻzgarishlarga olib kelmaydigan miqdori;
xavflilik sinfi — ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining potensial xavfliligini tasniflash uchun moʻljallangan shartli qiymat.
2-bob. Ishlab chiqarish muhitining biologik omillariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
2. Ishlab chiqarish muhitining biologik omillari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
biologik omillarning manbai boʻlgan produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlari ish joylarida hisobga olinishi;
biologik omillarning mohiyati, sifatlari, biologik tizimni tashkil etuvchi xususiyatlarining saqlanib qolinishi taʼminlanishi.
3. Ishlab chiqarish muhitidagi biologik omillarning metabolik faoliyati natijalari ish joyi havosiga taʼsir qilmasligi taʼminlanishi kerak.
3-bob. Ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasiga va xavflilik sinfiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
4. Produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi insonlarning salomatlik holatining buzilishiga olib kelmasligi lozim.
5. Produtsent-mikroorganizmlarning ish joyining havosida faqatgina aerozol shaklida mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
Bunda, produtsent-mikroorganizmlarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi 1 m3 uchun mikrob hujayralaridan kelib chiqib hisoblanishi lozim.
6. Ish joyi havosida produtsent-mikroorganizmlarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasining miqdori 50 000 kl/m3 dan oshmasligi lozim.
7. Ruxsat etilgan maksimal konsentratsiya qiymati inson organizmiga surunkali (immunotoksik, disbiotik, ichki organlarga mikroorganizmlarning tarqalishi) taʼsirning chegarasi asosida belgilanadi.
8. Produtsent mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarini xavfliligini aniqlash boʻyicha terining tirnash xususiyatini aniqlash, oʻtkir va surunkali umumiy toksik taʼsirlarning chegaralarini va sezgirligini aniqlash uchun laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazilishi lozim.
9. Ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
10. Ish joyi havosidagi bakterial preparatlarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
11. Ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlari Davlatlararo standart GOST 12.1.007-76 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Zararli moddalar. Tasniflash va xavfsizlikning umumiy talablari” boʻyicha 3 hamda 4-xavflilik sinflariga kiritilgan boʻlib, bunda ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasining miqdori 5000 kl/m3 dan oshmasa yoki unga teng boʻlsa 3-xavflilik sinfiga, 5000 kl/m3 dan oshsa 4-xavflilik sinfiga kiritilishi lozim.
12. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati ushbu sanitariya qoidalarining 3-ilovasida keltirilgan.
Ishlab chiqarish muhitining biologik omillari, ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi va xavflilik sinfi boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0089-25-son SanQvaN) 1-ILOVA
Ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi
Ishlab chiqarish muhitining biologik omillari, ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi va xavflilik sinfi boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0089-25-son SanQvaN) 2-ILOVA
Ish joyi havosidagi bakterial preparatlarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi
Ishlab chiqarish muhitining biologik omillari, ish joyi havosidagi produtsent-mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va ularning tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi va xavflilik sinfi boʻyicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0089-25-son SanQvaN) 3-ILOVA
