“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda oʻrmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-90-son)
30.05.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar samaradorligini oshirish, oʻrmonlar va yashil hududlar maydonini kengaytirish, ulardan samarali foydalanish va choʻllanishga qarshi kurashish ishlarini tizimli amalga oshirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishlarda yagona davlat siyosatini yuritish va muvofiqlashtirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan daraxt va buta koʻchatlarining koʻkaruvchanligi, yashovchanligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirishning 2026-yil 1-yanvardan boshlab maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
(a) davlat oʻrmon xoʻjaliklarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos daraxt turlarining zamonaviy seleksiya usullaridan foydalanib sifatli va kafolatlangan urugʻlarni yetishtirish hajmini 1,5 baravarga oshirish;
(b) urugʻchilik laboratoriyalarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos oʻsimlik turlaridan onalik plantatsiyalarini tashkil qilish;
(v) davlat oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan koʻchatlar hajmini 2 baravarga oshirish.
II. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tashabbuslar
2. 2025-yil 1-oktabrdan boshlab “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini oshirish, “Yashil makon” elektron platformasida ochiqlikni taʼminlash va raqamlashtirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy qilinsin:
(a) aholi tashabbusi bilan daraxt ekilishi mumkin boʻlgan aniq hudud (tuman (shahar), koʻcha, yer uchastkasining koordinatalari), suv taʼminoti, keyinchalik parvarish qilish imkoniyati va daraxtlarning turlarini koʻrsatish;
(b) “Yashil makon” umummilliy loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka “har bir tiyin sarflanishini kuzatish” tamoyili asosida onlayn yetkazish;
(v) daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berish yuzasidan murojaat qilgan shaxs toʻgʻrisida maʼlumot, koʻchirilishi yoki kesilishi taklif etilayotgan daraxt va koʻchirish (kesish) sababi, aniq manzili, joylashuvi, foto- va videotasvirlarini aks ettirish;
(g) oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yoʻq qilgan shaxslar tomonidan kompensatsiya sifatida ekilgan daraxt va buta koʻchatlari hisobini yuritish tizimini joriy qilish;
(d) daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesgan jismoniy va yuridik shaxslar, ushbu huquqbuzarliklar va ular yuzasidan koʻrilgan choralar boʻyicha “Yashil makon” elektron platformasiga doimiy ravishda maʼlumotlar kiritib borish.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) “Mening bogʻim” loyihasi doirasida yashil bogʻlar barpo etishga kamida bir gektar, yashil jamoat parklari uchun yarim gektardan yer maydonlari ajratiladi;
(b) kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ekiladigan daraxt va butalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) tomonidan belgilanadigan yer uchastkalarida Oʻrmon xoʻjaligi agentligi buyurtmachiligida belgilangan tartibda aniqlanadigan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan loyihalar asosida davlat oʻrmon xoʻjaliklari — pudrat tashkilotlari tomonidan ekiladi. Bunda:
(i) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kompensatsiya yoki majburiyat tarzida koʻchat ekilishi rejalashtirilgan yer uchastkalarini ajratadi;
(ii) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlari Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(iii) kompensatsiya yoki majburiyat tarzida koʻchat ekib beradigan shaxslar shartnoma asosida daraxt va buta koʻchatlarini ekish, belgilangan muddat davomida parvarishlash xarajatlarini davlat oʻrmon xoʻjaliklari — pudrat tashkilotlariga toʻlab beradi.
III. Oʻrmonlarni boshqarish va choʻllanishga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish
4. Ekologiya vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi negizida Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon agentligi) tashkil etilsin.
5. Belgilansinki, Oʻrmon agentligi:
(a) barcha oʻrmonlarning davlat hisobini hamda davlat oʻrmon kadastrini tuzadi va yuritadi;
(b) “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, koʻchatchilikni rivojlantirish, daraxt va buta koʻchatlari pitomniklarini koʻpaytirish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-noyabrdan boshlab oʻrmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladi va ularning toifasini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Quyidagilar:
(a) Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
(b) Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish, ushbu yoʻnalishda ustuvor chora-tadbirlarni belgilash va sohani rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yashil makon” elektron platformasida 2026-yil 1-sentabrga qadar choʻl va yarim choʻl hududlarida yashil maydonlarni koʻpaytirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilishining natijasini har chorakda kuzatish hamda ushbu hududlarda ekologik holatni tizimli monitoring qilib borish imkoniyati yaratilishini taʼminlasin.
IV. Malakali mutaxassislarni tayyorlash
9. Belgilansinki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) va unga biriktiriladigan “yashil” texnikumlarda:
(a) oʻquv jarayoni dual taʼlim tizimi asosida yoʻlga qoʻyiladi;
(b) ilmiy-amaliy mashgʻulotlarni tashkil qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bogʻlari barpo etiladi;
(v) urugʻchilik, koʻchatchilik, iqlim oʻzgarishi sohalarida qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil qilib boriladi.
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
10. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-may,
PF-90-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatining
USTUVOR YOʻNALISHLARI
Quyidagilar Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
a) oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
b) oʻrmonlarni barpo etish, qayta tiklash, oʻrmon boyliklarini koʻpaytirish, muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish;
v) oʻrmon xoʻjaligi faoliyati sohasi davlat boshqaruvi tuzilmasini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy shakllarini ishlab chiqish;
g) oʻrmon xoʻjaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda barqaror rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
d) global iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
e) oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, shu jumladan, togʻ, choʻl va yaylovlarda ozuqabop oʻsimliklar turlarini koʻpaytirish va ozuqa miqdorini boyitish, ularni muhofaza qilish hamda yerlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish, shuningdek, togʻ, choʻl va yaylovlarni muhofaza qilish boʻyicha kompleks choralarni amalga oshirish;
j) oʻrmon fondi yerlarida tabiiy holda oʻsuvchi dorivor, ozuqabop va texnik oʻsimliklarning pitomnik va plantatsiyalarini yaratish;
z) “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni tashkil etish va ijrosini taʼminlash;
i) daraxt va butalar kasalliklari hamda zararkunandalariga qarshi kurashish, ularning oldini olish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish;
k) manzarali daraxt va buta urugʻchiligi hamda koʻchat yetishtirish tizimini rivojlantirish, koʻchatchilikda “in-vitro” laboratoriyalarini keng joriy etish, manzarali daraxt va buta urugʻlari hamda koʻchatlarini sertifikatlashtirish hamda standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish;
l) choʻllanishga qarshi kurashish tadbirlarini tashkillashtirish va amalga oshirish;
m) oʻrmon xoʻjaligi sohasida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirish;
n) oʻrmonlardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni oʻrnatish, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, oʻrmonlarning yer ustida va aviatsiya yordamida qoʻriqlanishini tashkil etishni nazorat qilish;
o) sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllash orqali “Aqlli” oʻrmon xoʻjaligi (Smart forestry) va raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
p) oʻrmonlarni tiklash, qayta tiklash va himoya oʻrmonlarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish;
r) oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, ularni Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish choralarini koʻrish;
s) agrooʻrmonchilikni rivojlantirish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish;
t) oʻrmon xoʻjaligi sohasini institutsional tahlil qilish va sohaga bozor tamoyillarini joriy etish;
u) Oʻrmon agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlash hamda ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, mol-mulklarini qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida samarali boshqarish;
f) xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar tomonidan grant va qarzlar jalb qilinishini tashkil etish hamda ularning samarali oʻzlashtirilishini muvofiqlashtirish;
x) budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xorijiy konsultant va ekspertlarni belgilangan tartibda jalb qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish, ushbu yoʻnalishda ustuvor chora-tadbirlarni belgilash va sohani rivojlantirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rTadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMoliyalashtirish manbaiIjro muddatiMasʼul ijrochilar1.Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻrmon kodeksi” loyihasini ishlab chiqish.1. Kodeksni ishlab chiqish boʻyicha ishchi (ekspert) guruhi tuzish va ishlarni tashkil etish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil iyulOʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon agentligi), tegishli vazirlik va idoralar2. Kodeks loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish, muhokama qilish.2025-yil dekabr3. Kelishilgan Kodeks loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil iyun2.Oʻrmon agentligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.1. Oʻrmon agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil oktabrEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻrmon agentligi, Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar3.Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholini chang-qum boʻronlarining zararli taʼsirlaridan asrash maqsadida Toshkent shahri atrofida “Yashil belbogʻ” barpo etish loyihasini amalga oshirish.1. “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, daraxt-butalar turlarini tanlagan holda “Yashil belbogʻ” barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekologik ekspertizadan oʻtkazish.2. Loyiha boʻyicha umumiy maydoni 790 gektar boʻlgan yer uchastkalarida “Yashil belbogʻ” va ikkita “Botanika bogʻ”larini tashkil etish.Jahon bankining “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida koʻzda tutilgan va ulardan iqtisod qilingan mablagʻlar2026 — 2028-yillarOʻrmon agentligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi4.Hududiy oʻrmon xoʻjaliklarining tashkiliy va boshqaruv tizimini takomillashtirish.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazida joylashgan “tayanch” oʻrmon xoʻjaliklari roʻyxatini tasdiqlash, ularga quyidagi vakolat va vazifalarni yuklatish:Oʻrmon agentligiga tegishli hududdagi oʻrmon xoʻjaliklari hisobotlarini umumlashtirish, xoʻjalik rahbari lavozimlariga nomzodlarni, rahbarlarning lavozimiga mosligi toʻgʻrisida xulosani taqdim etish, topshiriqlar va tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish;tasdiqlangan shtat birliklari doirasida oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini monitoring qilish boʻlimini tashkil etish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil avgustOʻrmon agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari5.“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etiladigan “yashil bogʻ”, “yashil jamoat park”, “yashil belbogʻ”, “yashil qoplama” va oʻrmon barpo etish, sugʻorish tizimlarini joriy etish va ajratilgan mablagʻlarni maqsadli sarflanishini taʼminlash maqsadida Oʻrmon agentligi huzurida “Oʻrmon va yashil hududlarni yaratish direksiyasi”ni tashkil etish.1. “Oʻrmon va yashil hududlarni yaratish direksiyasi” faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil oktabrOʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar6.Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xulosa berish huquqini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.1. Xorijdan keltirilgan daraxt-butalarning nihol va koʻchatlarini respublikamiz iqlim-tuproq sharoitiga mosligi, mahalliy turdagi koʻchatlarni ekish va parvarishlash sharoitlari hamda holati toʻgʻrisida ilmiy xulosa berish huquqini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil oktabrEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Oʻrmon agentligi,Adliya vazirligi,tegishli vazirlik va idoralar7.Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish tizimini tartibga solish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.1. Ekologiya sohasiga oid boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish orqali oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan hujjatlarni aniqlash.2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.3. Loyihani Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil sentabrEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Fanlar akademiyasi8.Fargʻona viloyatida Soʻx davlat oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.1. Fargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi Soʻx oʻrmon boʻlimini alohida ajratish hisobiga oʻrmon fondi yerlarida Soʻx davlat oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil noyabrOʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar9.Oʻrmon agentligi tizimidagi 18 ta davlat oʻrmon xoʻjaliklarini ixtisoslashtirish va nizomlarini qayta koʻrib chiqish, “ilm-fan — loyiha — amaliyot” zanjirida urugʻ va koʻchatchilik bazalarini tashkil etish.1. Koʻchatchilikka ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaliklari nizomlarini qayta koʻrib chiqish, vazifalarini aniq belgilash va oʻrmon xoʻjaliklarida ijrosini tashkil etish.Hisob-kitoblar asosida2025-yil iyulOʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar2. Manzarali, noyob turdagi hamda genetik jihatdan sogʻlom daraxtlarning urugʻlarini jamgʻarishga alohida eʼtibor qaratish, roʻyxat shakllantirish.Yil davomida3. Ixtisoslashgan 18 ta davlat oʻrmon xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.Har yili fevral oyi4. Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Respublika oʻrmon urugʻchiligi markazi bilan birgalikda:2025 — 2030-yillarjamgʻarilgan urugʻlarni saqlash boʻyicha zamonaviy omborxonalar tashkil etish, seleksiya ishlarini olib borish;jamgʻarilgan urugʻlarning unuvchanligi va sifati boʻyicha laboratoriya tahlillarini oʻtkazib borish;doimiy oʻrmon urugʻchilik plantatsiyalarini tashkil etish uchun yer maydoni ajratish va ekish;vaqtinchalik oʻrmon urugʻchilik uchastkalarini tashkil etish uchun yer maydoni ajratish.Doimiy5. Intensiv niholxonalar tashkil etish hamda nihollarni parvarishlash.Har yili bahor va kuz mavsumlari10.Koʻchatchilikka ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaliklarining tashkiliy-xoʻjalik rejasini tasdiqlash.1. Koʻchatxona va niholxonalarda kompleks tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-xoʻjalik reja loyihalarini ishlab chiqish.Bunda:daraxt va butalarning nihollarini oʻstirish (urugʻ boʻlimi),daraxt va butalarning koʻchatlarini oʻstirish (“tarbiya” boʻlimi);urugʻ va qalamchalar olish uchun daraxt va butalarni yetishtirish (onalik plantatsiya);ilmiy-amaliy laboratoriyalar, issiqxonalar, tajriba maydonchasi;introduksiya qilingan va mahalliy daraxt-butalarning noyob turlari, shakllari va gibrid navlarini tayyorlash hamda yopiq ildizli yirik hajmli koʻchatlarni saqlash;yer ishlari (kompost tayyorlash, saqlash, unumdor tuproq tayyorlash);nihol-koʻchatlarni vaqtinchalik saqlash (koʻmish);koʻchatxonaning xoʻjalik (ishlab chiqarish, maishiy bino, inshootlar, omborxonalar va b.) boʻlimlarini tashkil etishni nazarda tutish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil avgustOʻrmon agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2. Tashkiliy-xoʻjalik reja asosida koʻchatchilik boʻyicha barcha tashkiliy va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish.Hisob-kitoblar asosidaDoimiy11.Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish boʻyicha har ikki yilda “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish.1. Oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirishga oid prognoz koʻrsatkichlarni oʻrmon xoʻjaliklari kesimida shakllantirish.Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarHar yili 20-yanvarOʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar2. Ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi”ni kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Har yili 30-yanvar12.Oʻrmon bilan qoplanish darajasini 4,1 mln gektarga yoki 9,07 foizga yetkazish.1. Respublika boʻyicha davlat zaxira yerlaridagi mavjud oʻrmonzorlar hisobini aniqlashtirish.2. Oʻrmon barpo etish va qayta ishlash tadbirlarini davom ettirish.3. Oʻrmon bilan qoplangan maydonlar monitoringini yuritish.Hisob-kitoblar asosida2025-yil dekabrOʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari13.Daraxtlarni suv tejovchi texnologiyalar orqali sugʻorish tizimlarini yoʻlga qoʻyish.1. Daraxtlarni innovatsion suv tejovchi texnologiyalar orqali sugʻorish usullarini joriy etish maqsadida xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish.2. Muzokaralar natijasiga koʻra daraxtlarni suv tejovchi texnologiyalar bilan sugʻorish tizimlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini koʻrish.3. Avtomobil yoʻllari boʻylarida ekilgan daraxt va butalarni tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatishni moliyalashtirish boʻyicha 2026-yil investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflarni ishlab chiqish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-2026-yillarEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari14.Oʻrmonlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklar va yongʻin hodisalarining oldini olish choralarini koʻrish.1. Oʻrmon fondi yerlarida yongʻinning oldini olish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini tasdiqlash.Huquqbuzarliklar va yongʻin hodisalarining oldini olish boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda qoʻshma tadbirlarni olib borish.1. Oʻrmon fondi yer maydonlarida yongʻin kelib chiqish ehtimoli yuqori boʻlgan hududlar roʻyxatini shakllantirish, ogohlantiruvchi bannerlarni joylashtirish manzillarini belgilash.2. Oʻrmon xoʻjaliklarini yongʻinga qarshi kurashish vositalari bilan, shu jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlari, masʼul xodimlarning himoyalangan kiyimi va ekipirovkasi bilan taʼminlash.3. Oʻrmonlarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar hamda yongʻin hodisalarining oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab, joylarda oʻquv-taktik mashgʻulotlar olib borish.4. Turkiyaning Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vazirligi hamkorligida Turkiya oʻrmon mudirligining yongʻinga qarshi kurashish oʻquv markazida oʻrmon xoʻjaliklari xodimlarini oʻqitish dasturlarini amalga oshirish.Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar2025 — 2030-yillar davomidaOʻrmon agentligi,Favqulodda vaziyatlar vazirligi,Ichki ishlar vazirligi15.1,5 ming tonna daraxt va butalar urugʻlarini tayyorlash.1. Pishib yetilish muddatiga bogʻliq holda urugʻlarni jamgʻarish va monitoringini yuritish hamda Respublika oʻrmon urugʻchiligi markazi bilan birgalikda laboratoriya tahlilidan oʻtkazilishini tashkil etish.Hisob-kitoblar asosida2026-yil yanvarOʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari2. Jamgʻarilgan urugʻlarni vaqtinchalik omborxonalarda saqlash, niholxonalarga va oʻrmon barpo qilish tadbirlari uchun ekilishini tashkil etish.2026-yil bahor va kuz-qish mavsumi16.Tuproq-iqlim sharoitiga mos ravishda jami 126 mln dona nihol va koʻchatlarni yetishtirish.1. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan yer tanlash va tayyorlash, niholxona va koʻchatxonalar tashkil etish.Hisob-kitoblar asosida2025-yil davomidaOʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari2. Agrotexnik tadbirlarni hamda parvarishlash ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirish.Doimiy17.Oʻrmon fondi hududlarida jami 253 ming gektar maydonda oʻrmon barpo etish va qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirish.1. Oʻrmon barpo etish va qayta tiklash tadbirlari uchun yer maydonlarini tanlash va tayyorlash.Hisob-kitoblar asosida2025-yil bahor va kuz-qish mavsumiOʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari2. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan tanlangan maydonlarga koʻchat ekish ishlarini tashkil etish va monitoringini yuritish. Oʻrmon barpo etilgan maydonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilishni amalga oshirish.Doimiy18.Oʻrmon fondi yerlarida 2,7 ming gektar himoya (ihota) oʻrmonzorlari barpo etish.Himoya daraxtzorlarini barpo etish boʻyicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari asosida koʻchat ekish ishlarini amalga oshirish.“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar2025-yil bahor va kuz mavsumiOʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari,“Yashilloyiha” loyihalash instituti19.500 gektar togʻ va togʻoldi hududlari maydonida “terrasa” usulida daraxt va buta koʻchatlari ekish.1. Uzun, Sariosiyo Boysun, Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Urgut, Qoʻshrabot, Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Forish, Pop tumanlaridagi togʻ va adir qiyaliklarida 500 gektar maydonda “terrasa” usulida oʻrmon barpo etish boʻyicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.Jahon bankining kredit mablagʻi2025-yil avgustOʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari,“Yashilloyiha” loyihalash instituti2. Loyiha-smeta hujjatlari asosida “terrasa” usulida oʻrmon barpo etish ishlarini amalga oshirish.2025-yil noyabr20.Respublikada yashillik darajasini 14,1 foizga yetkazish.1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida 200 mln dona koʻchat va qalamchalar ekilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “yashil makon.eco” platformasiga kiritib borish, monitoringini yuritish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil noyabrOʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari2. Monitoring va oʻrganish natijalariga asosan yashillik darajasini aniqlash va 14,1 foizga yetkazish boʻyicha amaliy choralarni jadallashtirish.2025-yil dekabr21.Hududlarda 257 ta yashil bogʻ barpo etish choralarini koʻrish.1. Vazirlik va mahalliy hokimliklar tomonidan barpo etiladigan yashil bogʻlar toʻgʻrisidagi takliflarni olish, umumlashtirish.“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar2025-yil avgustEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish va yashil bogʻlar barpo etish ishlarini amalga oshirish.2025-yil noyabr22.“Mening bogʻim” loyihalari doirasida yashil bogʻ va yashil jamoat parklarini barpo etish.Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boshqarmalari buyurtmachiligida “Mening bogʻim” loyihalarini amalga oshirish.Bunda:Ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasidaEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari1. “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar asosida maydonlarni joyida koʻrib chiqish, talab etiladigan koʻchatlarni ekish ishlarini tashkil etish va “mening bogʻim” loyihalarini amalga oshirishni toʻliq yakunlash.2025-yil noyabr2. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi yakuniy hujjatlarni Agentlikka taqdim etish.2025-yil dekabr23.Tuman (shahar)larda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan koʻchatlarni parvarishlash tizimini takomillashtirish.1. Tuman (shahar)lar kesimida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keyingi 3 yil davomida daraxt va butalar ekiladigan hududlar manzili, ularning tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan koʻchatlar turi va soni, sugʻorish vositalariga boʻlgan talab, parvarishlash uchun masʼul tashkilotlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi “hududda yashillikni oshirish rejasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.2. Hududlarda barcha toifadagi yashil maydonlarda ushbu tizimni joriy etish.Ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida2025 — 2030-yillarQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari24.“Soyali sayr koʻchalari” dasturida yoʻlaklar boʻyida oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan koʻchatlarni ekish va parvarishlash.1. “Soyali sayr koʻchalari” dasturlarini ishlab chiqish.2. “Soyali sayr koʻchalari” dasturi asosida koʻchat ekish ishlarini amalga oshirish.Ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida2025 — 2030-yillarEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari25.Orolboʻyi hududlarida 250 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 115 ming gektar “yashil qoplama”lar barpo etish.1. “Yashil qoplama”lar barpo etishni “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida moliyalashtirish.2. “Yashil qoplama”lar barpo etish ishlarini amalga oshirish.Hisob-kitoblar asosida2025-yil dekabrOʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari26.Oʻrmon xoʻjaliklarida asal yetishtirishni koʻpaytirish.1. Oʻrmon xoʻjaliklarida xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda asalari oilalari sonini 240 mingtaga yetkazish.2. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 16 tonna asal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.Hisob-kitoblar asosida2025-yil noyabrOʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari27.Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali:Nukus, Qorakoʻl, Muborak tumanlari va Navoiy viloyatining choʻl hududlarida galofitlardan tashkil topgan bogʻlarni tashkil etish uchun loyihalash va infratuzilma obyektlarini qurish;introduksiya qilingan, urugʻidan va qalamchasidan qiyin koʻpayadigan manzarali va mevali daraxt va buta oʻsimliklari turlarini koʻpaytirish maqsadida “in-vitro” laboratoriyasini tashkil etish va qurish;2025-yilda sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash dasturi boʻyicha qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va tuproq qatlami bilan yopish, shuningdek, qayta yuklash stansiyasi uchun zarur boʻlgan bino inshootlarni qurish hamda tegishli muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash;xorijiy va mahalliy sayyohlarga turizm obyektlariga kirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda tashlanayotgan turli xildagi chiqindilarni tozalashni nazorat qilish va atrof tabiiy muhit davlat monitoringini oshirish uchun Xiva shahri “Doʻstlik” mahallasi Gulzor koʻchasi 32 uyda joylashgan binoni Situatsion markaz binosiga aylantirish ishlarini amalga oshirish.1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2. Qurilish va obodonlashtirish ishlari roʻyxatini shakllantirish.3. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.Ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida2025-yil dekabrEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Oʻrmon agentligi28.Oʻrmon agentligi tizimidagi har bir davlat oʻrmon xoʻjaligining elektron kadastr pasportini rasmiylashtirish.1. Har bir davlat oʻrmon xoʻjaligini yer va bino-inshootlarga kadastr pasporti rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish.2. Tahlil natijasiga asosan yer va bino-inshootga kadastr pasporti mavjud boʻlmagan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining kadastr pasportini rasmiylashtirish.Hisob-kitoblar asosida2025-yil davomidaOʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari,Kadastr agentligi“Oʻzbekkosmos” agentligi29.Dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklarning 2986 gektar maydonda plantatsiyalarini barpo etish va xomashyo tayyorlash hajmini 3342 tonnaga yetkazish.1. Oʻrmon fondi yerlarida dorivor oʻsimliklarni yetishtirish mumkin boʻlgan yerlarni tanlash.2. Zarur boʻlgan urugʻlik materiallarini jamgʻarish.3. Tanlangan yer maydonlarini ekishga tayyorlash va ekish ishlarini amalga oshirish.Hisob-kitoblar asosida2025-yil noyabrOʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari30.Oʻrmon agentligi huzuridagi Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida dorivor oʻsimliklar xomashyolari va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etish.1. Mavjud binolarni joriy taʼmirlash.2. Laboratoriya uskunalari bilan jihozlash.3. Xodimlarni malaka oshirish kurslarida oʻqitish.4. Laboratoriyani akkreditatsiyadan oʻtkazish ishlarini yakunlash.Hisob-kitoblar asosida2025-2026-yillarOʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari31.Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani hududida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikalarining chegara hududlarida daraxt va butalar ekish.1. Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani hududida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikalarining chegaralari tutashgan nuqtaga olib boruvchi avtomobil yoʻlining boʻylarida koʻchatlar ekiladigan hududlarni aniqlash.2. Loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish, suvsizlikka chidamli daraxt va butalar turlarini tanlash hamda ekish choralarini koʻrish.Mahalliy budjet mablagʻlari2025-2026-yillarOʻrmon agentligi, Fargʻona viloyati hokimligi32.Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar hamda xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni Davlat budjetining prognoz parametrlarida nazarda tutib borish.Amaliy chora-tadbirlar.Davlat budjeti mablagʻlari2025-yil noyabrdan boshlab, doimiyIqtisodiyot va moliya vazirligi33.Oʻrmon barpo etishning yangi texnologik xaritalarini ishlab chiqish.1. Oʻrmon barpo etish boʻyicha texnologik xaritalar ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash.2. Aniqlangan mablagʻlar hisobidan texnologik xarita ishlab chiqish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda pudrat tashkilotlarini aniqlash.Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar2025-yil noyabrOʻrmon agentligi,tegishli vazirlik va idoralar34.Mavjud yaylovlarning holatini oʻrganish, ularning samaradorligini oshirish maqsadida “GIS” dasturlari asosida yaylov maydonlari xaritalarini ishlab chiqish.1. Respublikadagi degradatsiyaga uchragan yaylov yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish orqali “GIS” elektron xaritasini yaratish.Har yili ajratiladigan2025-yil sentabrVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,Oʻrmon agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Kadastr agentligi2. Yaylov yer maydonlarini tahlil qilish orqali samaradorlik va suv bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganib chiqish, degradatsiyaga uchragan yaylov yer maydonlarini qayta tiklash choralarini koʻrish.Davlat budjeti mablagʻlari3. Jahon bankining “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi mablagʻlari hisobidan Oʻrmon agentligi tasarrufidagi barcha oʻrmon fondi yerlarini kosmik monitoring va dala xatlovi yordamida toʻliq qamrab olgan raqamli kartalarini yaratish.Jahon banki mablagʻlari35.Degradatsiyaga uchragan, qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqqan, yaylov va shoʻrlangan yerlarda tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish.1. Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqqan, yaylov va shoʻrlangan yerlarni aniqlash.2. Tajriba-sinov loyihasi sifatida 5 ming gektar maydonda suvga va shoʻrlanishga chidamli boʻlgan daraxt-butalar va choʻl yaylov urugʻlarini motodeltaplanlar yordamida ekish (aylant, qayragʻoch, saksovul, jiyda va b.) hamda koʻchatlarni mexanizatsiyalashgan tarzda ekishni tashkil etish.Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar2025-2026-yillarSamarqand, Qashqadaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, Oʻrmon agentligi36.Oʻrmon xoʻjaligi sohasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish.1. Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti maqsadli ilmiy darajali kadrlar tayyorlashi uchun 2025 — 2030-yillar davomida magistratura va doktorantura uchun kamida 40 ta kvota ajratish.2. Ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlarni tayyorlash uchun 2025-yilda 4 nafar va 2026 — 2030-yillarda 7 nafardan xodimlarning doktorlik dissertatsiya himoyalarini tashkil etish.Hisob-kitoblar asosida2025 — 2030-yillar davomidaEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi37.Urugʻlar genetik bankini (genbank) tashkil qilish.1. Oʻzining genetik xususiyatlarini oʻzgartirmagan daraxt-butalar, turli xildagi noyob oʻsimliklarning urugʻlari bazalarini aniqlash, genbank tashkil qilish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.2. Oʻrganish natijalari boʻyicha moliyaviy, tashkiliy va amaliy choralarni koʻrish.3. Oʻsimliklarning urugʻlari va genetik materiallarini yigʻish va konservatsiya qilish uchun urugʻlar genetik bankini (genbank) tashkil qilish.Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari,qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar2025-2026-yillar davomidaEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi38.Ilmiy darajaga ega boʻlgan kadrlar tayyorlashni rivojlantirish hamda ixtisoslashgan ilmiy kengashni tashkil etish.1. “Dorivor oʻsimliklar yetishtirish texnologiyasi, introduksiyasi va agrofarmakologiyasi” ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tarkibini va zarur hujjatlar portfelini shakllantirish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yil sentabrOʻrmon agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Ilmiy kengash faoliyatini tashkil etishga oid hujjatlar toʻplamini Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish.2025-yil noyabr39.Oʻrmon xoʻjaligi sohasini yosh va zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaxassislar bilan taʼminlash.1. Oʻrmon agentligi markaziy apparati xodimlari hamda tizim tashkilotlari xodimlarining huquqiy, iqtisodiy va kasbiy bilimlarini baholash boʻyicha attestatsiya oʻtkazish.Mablagʻ talab etilmaydiTasdiqlangan grafik asosidaEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Oʻrmon agentligi2. Oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha vakant lavozimlarni yosh va zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.Zaruratdan kelib chiqib3. Oʻrmon xoʻjaligi tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tanqidiy koʻrib chiqilgan va belgilangan tartibda yangi tahrirda ishlab chiqilgan oʻquv reja va dasturlarni tasdiqlash.Har yili tasdiqlangan grafik asosida40.Hududlarning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda dorivor oʻsimliklar agrotexnologiyasini ishlab chiqish.1. Dorivor oʻsimliklar turlari oʻsadigan hududlarni tanlash.2. Dorivor oʻsimliklarni parvarishlash jarayonida oʻtkaziladigan agrotexnologik jarayonlarni belgilab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.Mablagʻ talab etilmaydi2025-yildan boshlab, doimiyOʻrmon agentligi41.Stat.urmon.uz tizimini takomillashtirish orqali Agentlik markaziy apparati va hududlardagi oʻrmon xoʻjaliklarini birlashtirish.1. Ijrochi tashkilot bilan shartnoma tuzish.Ajratiladigan mablagʻlar doirasida2025-yil sentabrOʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti2. Tizimni qayta ishga tushirish.2025-yil noyabr42.Koʻchatxonalarda ekilgan daraxt-butalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni aks ettiruvchi katalogni yaratish.1. Oʻrmonchilik va koʻchatchilik yoʻnalishlari boʻyicha ijodiy yondashgan holda fotosuratlar hamda tahliliy maʼlumotlarni yigʻish.2. Katalog ishlab chiqish va chop etish.Hisob-kitoblar asosida2025-yil dekabrOʻrmon agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari43.Yangi barpo etiladigan yashil maydonlar, oʻrmon barpo etiladigan hududlarni aks ettiradigan interaktiv kartani ishlab chiqish.1. Yangi barpo etiladigan yashil maydonlar (yashil bogʻlar, yashil belbogʻ, mening bogʻim), oʻrmon barpo etiladigan hududlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish.Hisob-kitoblar asosida2025-yil sentabrOʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti2. Roʻyxat asosida yangidan barpo etiladigan hududlarini aks ettiradigan interaktiv kartalarni ishlab chiqish.2026-yil mart44.“Kelajakka nafas” shiori ostida koʻchat ekish tadbirlarini tashkil etish.1. Koʻchat ekish tadbirlarida hududlarning tabiiy-iqlim sharoitiga mos daraxt va buta koʻchatlari turlarini ekish.2. “Kelajakka nafas” shiori ostida tashkil etiladigan tadbirning respublika, viloyat, tuman va shaharlar miqyosida oʻtkazish.Har yili ajratiladiganDavlat budjeti mablagʻlari,Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarHar yilgi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidaOʻrmon agentligi,Yoshlar ishlari agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari45.Oʻrmonchilik, koʻchatchilik hamda oʻrmon muhofazasi boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.1. Oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislarining AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirishi boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.2. Oʻrmon xoʻjaligi sohasi rivojlangan davlatlarda oʻtkaziladigan xalqaro oʻquv kursi va seminarlarda belgilangan tartibda oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislari ishtirokini taʼminlash.Donor tashkilotlar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarDoimiyOʻrmon agentligi,manfaatdor vazirlik va idoralar46.Xalqaro oʻrmonlar kuniga bagʻishlangan forum tashkil etish.1. Xalqaro forum oʻtkaziladigan shahar va joyni aniqlash, boshqa tashkiliy choralarni koʻrish.Grant, donor tashkilotlar mablagʻlari,Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari2026-yil fevralEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish, innovatsiyalarni joriy etish yoʻnalishlari boʻyicha muhokamalar, yigʻilishlarni oʻtkazish.3. Forum yakuni boʻyicha bayonni rasmiylashtirish va tasdiqlash.2026-yil aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-son Farmonining 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida budjet mablagʻlari hisobidan tashkil etiladigan “yashil bogʻ”, “yashil jamoat parki”, “yashil belbogʻ”, “yashil qoplama” va himoya oʻrmonzorlarini barpo etish boʻyicha:
buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi;
loyihachi etib — “Yashilloyiha” loyihalash instituti;
pudratchi etib — “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi va uning hududiy korxonalari belgilansin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
a) 1-ilovaning “11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” boʻlimi 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 2-ilovaning 11.2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11.2. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi”;
v) 2a-ilovaning 11.2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmonining 8-bandida:
“b” kichik banddagi “2024-yil 1-oktabrdan boshlab” soʻzlari “2026-yil 1-yanvardan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “2025-yil yakuniga qadar” soʻzlari “2026-yil yakuniga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-199-son Farmonida:
4-bandning birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda” soʻzlaridan keyin “2027-yildan boshlab” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-ilovaning izoh qismi birinchi xatboshisidagi “Oʻrmon xoʻjaligi agentligi” soʻzlari “koʻchat yetishtiruvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-son Farmonining 1-bandi “v” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar monitoringi, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun inshootlar oʻrnatish, uskunalar, jihozlardan, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi boʻyicha monitoring”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmonida:
a) 8-ilovada:
7-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “may” soʻzi “oktabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
31-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 17-ilovaning 11-pozitsiyasi “Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar” ustunida:
“YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga nomzodnoma tayyorlash uchun” soʻzlaridan keyin “2025-yil iyul oyiga qadar onlayn” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“2025-yil iyul oyiga qadar” soʻzlari “2027-yil dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovaning 25-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5270-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yoʻli” xalqaro tadqiqot instituti xodimlarining mehnatga haq toʻlash miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 366-son hamda 2021-yil 27-avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 545-son qarorlariga asosan belgilansin”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-yilda Samarqand viloyatida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli roʻyxatning 120-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171-son qarorida:
a) 6-banddagi “2024-yil 1-iyuldan” soʻzlari “2026-yil 1-martdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2a-ilova quyidagi mazmundagi 6-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tashkiliy tuzilmasi
* Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligining hududlardagi boshqarmalari tugatilib, ularning vazifa va funksiyalari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
** Budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek, ajratmalar, xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar hisobidan moliyalashtiriladi”;
g) 4-ilovaning 15-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-172-son qarorining 4-bandi hamda ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qarori bilan tasdiqlangan 2023 — 2026-yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish ishlarining yigʻma parametrlarining izoh qismi birinchi xatboshisidagi “Oʻrmon xoʻjaligi agentligi” soʻzlari “koʻchat yetishtiruvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-184-son qaroriga 2-ilovaning 4-pozitsiyasidagi “Ijro muddati” ustunidagi “may” soʻzi “iyul” soʻzi bilan almashtirilsin.
