“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2778-6-son)
16.05.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 16-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2778-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-noyabrdagi 787-son “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish sohasidagi qonunchilik hujjatlari tizimlashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son “Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2778, 2016-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 155-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari I. NORQULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-aprel,
251-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 19-aprel
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 11-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 25-apreldagi 251-son buyrugʻiga ILOVA
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 17 — 19-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. 26 — 29-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1 — 4-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son qaroriga 26-ILOVA
Izoh: Qayta ishlash uchun olib chiqiladigan tovarlar yoki qayta ishlash mahsulotlari soni 3 va undan ortiq boʻlgan taqdirda, ular alohida roʻyxatda koʻrsatilishi mumkin.”.
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son qaroriga 27-ILOVA
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 3-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son qaroriga 28-ILOVA
Izoh: Qayta ishlash uchun olib chiqiladigan tovarlar yoki qayta ishlash mahsulotlari soni 3 va undan ortiq boʻlgan taqdirda, ular alohida roʻyxatda koʻrsatilishi mumkin.”.
“Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 4-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son qaroriga 29-ILOVA
