“175-4-modda. Ish haqini taqiqlangan shakllarda toʻlash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (271-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Ish haqini taqiqlangan shakllarda (alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari, shuningdek roʻyxati qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan boshqa tovarlar tarzida) toʻlash
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 257-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga quyidagilar haqlidirlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning oʻrinbosarlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari, tumanlarga boʻlingan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari va suv transportidagi havzalar bosh davlat sanitariya vrachlari;
tumanlarning, tumanlarga boʻlinmagan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari hamda suv transportidagi portlar va suv yoʻllari uchastkalari bosh davlat sanitariya vrachlari”;
4) 264-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
