Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1345-son)
30.04.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-aprelda 1345-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-sonli “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida” Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-sonli “2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan 10 kun oʻtgandan soʻng kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-mart,
564-son
